5
Uning barcha asarlari borliqni o‘rganishga qaratilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini
“Organon” (“Kurol”) nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va
amaliy fanlarga bo‘lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo‘l-yo‘riqko‘rsatishga, biror bir foydali ishni
amalga oshirishga yo‘naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga — falsafa (metafizika),
matematika va fizikaga ajratgan. 'J Faylasuf ta’limotiga ko‘ra, olamdagi narsa va hodisalar to‘rtta
sababga ega. Bular —
moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl;
yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha,
harakat manbaidi|3) Masalan. ota va ona bolaning ulg‘ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab
(maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‘lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi
bo‘lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o‘zining abadiy sababi, ya’ni
harakatlantiruvchi kuchiga ega. Arastuning jamiyat va davlat to‘g‘risidagi ta’limoti “Davlat”,
“Siyosat” kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va
farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo‘l-ko‘lchilik
bilan belgilanmaydi, balki ma’murlik ma’naviy boylik bilan uyg‘un bo‘lgandagina, jamiyat baxtli
hayot kechiradi.
Davlatning boyligi, asosan, o‘rtacha mulkka ega bo‘lgan fuqarolarning mehnati
bilan ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o‘rta
biznes sohasini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir.
3-masala.
O‘zbekistondagi ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududi Xorazm, Sug‘d,
Farg‘ona, Usrushana, Chag‘oniyon kabi o‘lkalardan tashkil topgan bo‘lib, gavjum Sharq bilan
G‘arb mamlakatlarini bog‘lab turuvchi “Ipak yo‘li” markazida joylashgan va madaniy jihatdan
ancha rivojlangan, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchiligi serqirra, yaqin
va uzoq mamlakatlar bilan
savdo-sotiq aloqalari avj olgan mintaqalardan iborat edi.
VII—VIII asrlarda Markaziy Osiyo ham Qutayba ibn Muslim boshchiligida arablar
tomonidan bosib olinib. xalifalikka bo‘ysundirildi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so‘zi
arabcha so‘z bo‘lib tangriga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish, tinchlik kabi ma’nolarni anglatadi.
Islom dini bayrog‘i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek
qo‘yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. Kur’on va hadislarda islomiy
ta’limotning asosi bayon kilingan. Qur’on — muqaddas kitob. Unda islom qonun-qoidalari,
iymon-e’tiqod talablari, xuquqiy va axloqiy me’yorlar o‘z ifodasini topgan. U 114 sura va ular
tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan. “Sunna” esa hadislar majmui bo‘lib, Qur’ondan keyin turadi
va uni to‘ldiradi. Unda Muhammad payg‘ambarning so‘zlari, xattiharakatlari
naqllar va hadis
shaklida jamlangan. Qur’on va sunnadan keyingi muhim manba — shariatdir. Shariat (to‘g‘ri yo‘l,
ilohiy yo‘l demakdir) islomda huquqiy, axloqiy me’yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi
asosiy yunalishlar — sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot, marosimchilik, axloqiy-
xukuqiy me’yorlarga oid masalalarda o‘zaro farqlanib turadi. Islomda ilk oqim tarafdorlari sifatida
xorijiylar (arab. — isyonchi ajralib chiqqan) harakati vujudga kelgan. Ular taxt uchun kurashda
xalifa Ali ibn Abu Tolib (661 yilda o‘ldirilgan)ning Muoviya tarafdorlari (ummaviylar) bilan
muzokaralar olib borishga ko‘nganligini qoralab chiqqanlar. Ali qo‘l ostidagi qo‘shinning bir
qismi (12 ming kishi) uni kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib chiqqan hamda bir vaqtning
o‘zida Ali va Muoviya tarafdorlariga qarshi keskin kurash olib borgan. Xorijiylar yo‘nalishi o‘rta
asrlar davrida ko‘pgina oqimlarga bo‘linib, keyinchalik yo‘qolib ketgan. Faqat ibodiylar
(abodiylar) oqimi sakdanib qolgan. Sunniylik va shialik hokimiyat masalasida (sunniylik xalifalik
hokimiyati, shialik esa imomat hokimiyati tarafdori), ayrim diniy marosim va an’analarda bir-
biridan farq qiladi. Islomdagi oqimlar aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan
ajralib turadigan diniy guruxdardir. Shialikdan qarmatlar,
ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar,
aliilohiylar va boshqalar ajralib chiqqan. Shialar sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb e’tirof
etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan, deb hisoblaydilar. Ular
Qur’onning mazmunini majoziy talqin qiladilar. sunnada esa, faqat Ali nomi bilan bog‘liq bo‘lgan
hadislarni tan oladilar, imomlar hokimiyatini (imomat) e’tirof etadilar. Dastlabki xalifalardan Abu
Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik bilan qo‘lga olgan shaxslar sifatida qoralaydilar,
6
Makka va Madina bilan birgalikda Karbalo va Najaf shaharlarini muqaddas ziyoratgoxdar deb
biladilar. imom Husaynga motam tutadilar. Shialar jahonda musulmonlarning taxminan 10 foizini
tashkil etadi.
Sunniylik jahonda keng tarqalgan mazhab bo‘lib, musulmonlarning 90 foizini tashkil etadi.
U tavhid (Ollohning yagonaligi), adl (uning odil ekanligi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat
yoki ma’od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), ilk xalifalar — choriyorlarni
“Xulafo ar-Roshidin” (“to‘g‘ri yo‘ldan borgan xalifalar”), Qur’onni muqaddas kitob,
Makka va
Madinani muqaddas sajdagohlar deb hisoblaydilar. Sunniylikdan ravshaniylar, ahmadiya, jangari
vahhobiylar, mahdiylar ajralib chiqqan. Mazhabchilik ilohiyot masalalari bo‘yicha yuzaga kelgan
o‘zaro kelishmovchiliklar natijasidir. Islomda hanafiylik. ash’ariylar, jabariylar, qadariylar,
sifatiylar, murji’iylar, mu’taziliylar kabi mazhablar mavjud. Qadariylar inson iroda erkinligini
yoqlab chiqib, uni tan olmagan jabariylarga qarshi chiqqan. Mutakallimlar aristotelchilik falsafasi
usul va vositalaridan foydalanib, islomning diniyaqidaviy ta’limotini asoslab berishga uringan.
Bunday
ma’naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda
Do'stlaringiz bilan baham: