Investitsion faoliyatni me’yoriy tartibga solish
Audit va moliyaviy tahlil axborot olish va investitsion qaror qabul qilish
o’rtasidagi oraliq bo’g’inni egallagani holda, birinchidan, xo’jalik yuritish
samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va undan foydalanish,
ikkinchidan, boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash, uchinchidan, barcha boshqaruv
vazifalarini bajarish, to’rtinchidan, investitsiya mexanizmini takomillashtirish,
beshinchidan, xo’jalik sub’ektlari xodimlarini iqtisodiy tarbiyalash quroli bo’lib
xizmat qiladi.
Mazkur investitsion siyosatini amalga oshirishdagi tadbirlarni to’g’ri
yuritilishini ta’minlashda buxgalteriya hisobini zamon talabi darajasida va
buxgalteriya hisobining milliy hamda xalqaro standartlari asosida yuritilishini
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksi
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari
1. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»;
2. «Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat yuritish mexanizmi to’g’risida»;
3. Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»;
4. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»;
5. «Chet el investorlarining kafolatlari va ularning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»;
6. «Investitsiya faoliyati to’g’risida»;
7. «Auditorlik faoliyati to’g’risida».
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy
standartlari:
8-sonli «Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’ba xo’jalik yurituvchi :
jamiyatlarida sarmoyalarni hisobga olish»;
12-sonli «Moliyavi investitsiyalar hisobini yuritish»;
17-sonli «Kapital qurilishda pudrat shartnomalari»;
21-sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati
hisobvaraqlar rejasi»
Korxona, tashkilot va muassasalarning hisob siyosatlari.
27
tashkil qilish zarurdir.
Bizga ma’lumki, investitsiyalar - ma’lum davr davomida iqtisodiy foyda
ko’rish maqsadida qo’yilgan kapitalni bildiradi. Investitsiyalarning tarkibiy qismi
bo’lgan moliyaviy investitsiyalar bu daromad olish va asosiy kapital qiymatini
ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida qisqa va uzoq muddatli investitsiyalarga
ajratilgandir.
Moliyaviy investitsiyalar hisobini zamon talablari va makon amaliyoti
talablari darajasida tashkil qilish uchun, avvalo ularni hisobga olishning vazifalari
quyidagilardir:
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni hamda ular bo’yicha
olingan daromadlarni o’z vaqtida to’g’ri aniqlash;
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun ajratilgan
mablag’larni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
-moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda BHMA va BHXAlarini keng
qo’llash;
-uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning
korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash;
-moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli
qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, soliq kodeksining talabiga muvofiq to’g’ri
hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z vaqtida o’tkazishni
ta’minlash;
-uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobiga kelib tushgan
mablag’lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi extiyoji
uchun ishlatishni ta’minlash.
Korxonalarda moliyaviy investitsiyalar hisobi yuzasidan ko’pgina
muammolar tug’ilmoqda. Quyida ushbu muammolarning ba’zilariga to’xtalib
o’tamiz:
1. Qimmatli qog’ozlarni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari
bo’yicha foizlar hisobi.
Schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha yo’riqnomada xarid qilib olingan
28
qimmatli qog’ozlar qiymatiga «xarid qilingan qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya
hisobiga qabul qilgungacha ularni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari
bo’yicha to’langan foizlar» ham xarid qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga
(tannarxiga) qo’shilishi ko’zda tutilgan. Bunda yuqorida keltirilgan tartibdan
qo’yidagi xulosaga kelish mumkin: qarz mablag’lari bo’yicha foizlarni xarid
qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga qo’shish uchun, qarz mablag’lari qimmatli
qog’ozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirgungacha ishlatilishi lozim.
Bu erda qarz mablag’larining ishlatilishi deyilganda, qimmatli qog’ozlar
qiymatining to’lanilishi tushuniladi. Ammo, Moliyaviy investitsiyalar har bir turini
baholash va qayta baholash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Quyida ushbu
xususiyatlarning ayrimlariga to’xtalamiz.
Qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy investitsiyalar. Ushbu turdagi
investitsiyalarni baholashda ikkita sana muhim rol o’ynaydi:
1.Sotib olish sanasi.
2.Keyingi sanalar.
Sotib olish sanasi deganda, qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy
investitsiyalarni sotib olish, ya’ni ularni qabul qilib olish sanasi tushuniladi.
“Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilish chog’ida, ular xarid qiymati bo’yicha
baholanadi va bu qiymatga brokerlik xizmati uchun to’langan xaq, bank xizmati
uchun to’lovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi.
Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt qimmatli qog’ozlarni sotib oldi.
Qimmatli qog’ozlarning sotib olish qiymati 500000 so’m, brokerga to’langan
komission haq 15000 so’m.
Qimmatli qog’ozlarning sotib olish uchun brokerga 500000 so’m pul to’langanda
quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi:
Dt 0610 “Uzoq muddatli investitsiyalar” scheti 500 000
Kt 5110 “Hisob-kitob” scheti 500 000
Brokerga to’langan komission haq summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi
beriladi:
Dt 0610 “Uzoq muddatli investitsiyalar” scheti 15 000
29
Kt 5110 “Hisob-kitob” scheti 15 000
Agar investitsiya, aktsiyalarni emissiya qilish va boshqa qimmatli qog’ozlar
chiqarish yo’li bilan to’laligicha yoki qisman olinayotgan bo’lsa, u holda xarid
qiymati qimmatli qog’ozlarning nominal qiymatiga emas, balki chiqarilgan
qimmatli qog’ozlarning joriy qiymatiga teng bo’ladi. Agar investitsiya boshqa
aktivga ayrboshlash yo’li bilan to’la yoki qisman olingan bo’lsa, u holda
investitsiya qiymati, topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab aniqlanadi”
10
Agar sotib olish sanasida sotib olish qiymatiga ma’lum sanagacha bo’lgan davr
uchun hisoblangan dividendlar va foizlar xissasi kiritilgan bo’lsa, qimmatli
qog’ozlarga yo’naltirilgan investitsiyaning balans qiymati o’tkazib berilgan
summadan sotuvchi tomonidan bo’nak sifatida to’langan foiz va dividentlar
summasini chegirishdan keyin qolgan qiymatda aks ettirilishi lozim. Chunki, sotib
olish vaqtida olingan summa va sotib olish qiymati o’rtasidagi farq investorning
investitsiya kiritgan mablag’lari uchun avans tariqasida olgan daromadi
hisoblanadi. Bu avans summa investitsiyani sotib olishdan to qaytarilgunicha
bo’lgan davrda investir tomonidan doimiy daromad sifatida bir maromda hisobdan
chiqarib borilishi kerak.
Keyingi sanalar deganda, sotib olingandan keyin balans sanalari tushuniladi.
Ushbu sanalarda qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy investitsiyalar
balansda turli qiymatda baholanishi mumkin. Jumladan, uzoq muddatli aktivlar
sifatida tasnif etilgan investitsiyalar buxgalteriya hisobida:
-xarid qiymati bo’yicha;
-qayta baxolangan qiymati bo’yicha;
-xarid va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli bo’yicha aniqlangan, eng
kam bahosi bo’yicha xisobga olinadi.
Qisqa muddatli aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya
balansida:
-bozor qiymati bo’yicha;
10
12-сон “молиявий инвестициялар” номли БҲМС. ЎБАМА.2003й. 117 б.
30
-xarid qiymati va bozor qiymati kabi ikki qiymatning eng kami bo’yicha hisobga
olinishi kerak
11
.
Masalan, 1 aprelda korxona 500,000 so’m qimmatli qog’ozni sotib oldi,
bunda brokerga 2,000 to’landi.
1 aprel
Do'stlaringiz bilan baham: |