16.
Real investitsiyani batafsil yoritib bering.
17.
O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonuni
nechta moddadan iborat?
18.
Obligatsiyalarning xususiyatlarini talqin qiling.
19.
Obligatsiyalarning joriy daromadliligi qanday hisoblanadi?
20.
Investitsiyalar hisobining uslubiy muammolari deganda nimani tushunasiz?
21.
Investitsiyalar auditi deganda nimani tushunasiz?
22.
Investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifa nima hisoblanadi?
23.
Investitsion faoliyatni boshqarish jarayonida sub’ektni nechta izchil
bosqichga ajratish mumkin?, ularni sanab bering.
24.
Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobi ichki va tashqi
qanaqa.
24
II-Bob. INVESTITSIYALAR HISOBI VA AUDITINING
MUAMMOLARI.
2.1. Investitsiyalar hisobining uslubiy muammolari
Xo’jalik sub’ektlari bilan uning tashqi va ichki manbalari o’rtasida
investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta’minlash borasida qaror qabul
qilish investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun
moliyaviy investitsiyalar resurlari oqimini boshqarish investitsiya faoliyatini
boshqarishdagi markaziy masala hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida sub’ektni uchta izchil
bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig’ish va to’plash; uni audit va tahlil
qilish; boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish.
Bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobi ichki va tashqi
foydalanuvchilarga eng muhim ma’lumotlarni etkazib beruvchi vazifasini o’tab,
maqbul boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga) ko’maklashadi, bunday qarorlar
amalga tatbiq etlishi natijasida korxonaning ishlab chiqarish potentsiali oshadi va
raqobat bozorida uning mavqei ko’tariladi. Biroq tezkor boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqish, hisobot yuritish tizimida mavjud bo’lgan va buxgalteriya hisobi
hisob varaqlarida, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan ma’lumotlarda
umuman etishmaydi.
Buxgalteriya hisobi moliyaviy investitsiyalarni hisobini yuritishning
mustaqil ob’ekti sifatida ko’radi. Bunday yondoshuv harajatlarni joriy asosiy
faoliyat (ishlab chiqarish va muomala xarajatlari) bilan bog’liq xarajatlar va uzoq
muddatli qo’yilmalarga bo’lish kontseptsiyasiga asoslangan.
Axborotlar tizimi orqali olingan iqtisodiy ma’lumotlarni) muayyan
ko’rsatmani vujudga keltiradigan xolatga etkazish uchun uni tayyorlash, ya’ni
to’plash, tekshirish va qayta ishlash kabi qo’shimcha ishlarni amalga oshirish
zarur, bu esa auditorlik faoliyatining asosiy mazmuni va taxlil ishlarining
bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, audit tekshiruvidan o’tkazishning
maqsadi auditorning moliyaviy hisobot va amaldagi qonunchilik talablariga
muvofiq tayorlangani, buxgalteriya hisobi standartlariga mosligi, undagi
25
ma’lumotlarning xaqqoniyligi axborot mavjud bo’lganida ham darxol investitsion
qaror qabul qilish mumkin emas.
Olingan axborotni chuqur mulohaza qilish yo’li orqali boshqarilayotgan
ob’ekt holati va uning rivojlanish tamoyillarini, amalga oshirilayotgan xo’jalik
jarayonlari mohiyatini tushunishga erishiladi. Faqat moliyaviy hisobot
ma’lumotlari va boshqaruv «yuragi»ni tashkil etadigan buxgalteriya hisobida
boshqa axborot manbalarini chuqur tahlil qilish yo’li bilangina to’g’ri boshqaruv,
investitsion qarorini qabul qilish mumkin. Mana shuning uchun ham auditor,
moliyaviy hisobot elementlarining haqqoniyligini aniqlagandan so’ng o’z ishini
tugallamaydi, balki tahlil ishlarini amalga oshiradi.
Auditorlar moliyaviy hisobot haqida o’z fikrlarini bildirishdan oldin
tekshirilayotgan xo’jalik sub’ekti ishlariga chuqurroq nazar tashlashlari, uning
faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlashlari hamda moliyaviy yo’qotishlarning oldini
olish
va
auditdan
o’tkazilayotgan sub’ektning bozorda barqarorligini
mustahkamlashga qaratilgan tegishli tavsiyalarni ishlab chiqishlari zarur. Bunga
esa ular, bizningcha, faqatgina iqtisodiy tahlil usullariga tayangan holda ish olib
borsalargina erishishlari mumkin.
Boshqaruv nuqtai-nazaridan audit va moliyaviy taxlil qaror qabul qilishdan
oldingi bosqich bo’lib, uning maqsadi: boshqarilayotgan ob’ekt holatiga to’g’ri
baho berish va bu xolatning talab qilinayotgan xolatdan qanchalik farq qilinishini
ko’rsatib berish; ob’ektni amaldagi vaziyatdan talab qilinayotgan holatga o’tkazish
imkoniyatlari va yo’llarini aniqlash; maqbul qarorlar qabul qilish uchun materiallar
tayorlashdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, investitsiyalarni boshqarish
tizimida audit va tahlil axborot olish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish
o’rtasidagi oraliq joyni egallaydi. Ular boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosi
bo’lib hisoblanadi, qaror qabul qilishning o’zi esa boshqaruv tizimida etakchi o’rin
tutadi. Xo’jalik sub’ektining investitsiya faoliyatini boshqarish tizimida
buxgalteriya hisobi, taxlil va auditning tutgan o’rni quyidagi chizmada
ko’rsatilgan.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |