65
Suv va bug‘ ta’siri.
Jun tolasiga suv va bug„ intensivllik bilan shimiladi.
Quruq tola namlikni juda faollik bilan shimib oladi
va bunda issiqlik ajralib
chiqadi. Asosan tola ko„ndalang kesimi bo„yicha namlikni so„rib oladi, tola to„liq
to„yinganda uning ko„ndalang kesimining o„lchami 118-120 % ga (boshlang„ichga
nisbatan) yetib boradi. Uzunligi bo„yicha esa faqat 1-2 % ga o„zgaradi xolos.
Namlikni tola ichiga sorblanishi zanjirlar orasidagi bog„lanish kuchlarini
susaytiradi, bundan tashqari ikki xil zaryadlangan molekulalarni o„zaro tortilishini
ham kamaytiradi. Natijada tolaning mexanik xossasi o„zgaradi, shuningdek
tortilishga bo„lgan qarshiligi ham kamayadi. Suv ta‟sirida
tolaning chiziqli
o„lchamlarini o„zgarishi bilan bir qatorda muhit harorati va davomiyligiga bog„liq
ravishda jun parchalana boshlaydi, bunda uning 0,25 % massasi yo„qoladi (ikki
soat distillangan suvda qaynatishda). 99-100
0
C da uch soat bug„ ta‟sirida
boshlang„ich mustahkamligi 18 % ga kamayadi: 6 soatda 23 % ga va 60 soatda 74
% ga. Suv bilan 80-110
0
C va bug„ bilan 110-115
0
C haroratgacha ta‟sir etish
mumkin. Bunda yuqori haroratda jun tolasini parchalanishi (buzilishi) kuzatiladi.
Kislota ta’siri.
Jun tolasi xossalariga kislota quyidagicha ta‟sir qiladi:
- kichik konsentratsiyali kislota eritmalari xona haroratida (junga
nisbatan
10 % miqdorda) jun tolasi pishiqligini ortiradi.
- qisqa vaqt ichida konsentrlangan kislota eritmalari (junga nisbatan 80 %
gacha) xona haroratida jun pishiqligiga ta‟sir etmaydi.
- konsentrlangan kislota eritmalari jun tolasini parchalaydi. Parchalash
darajasi muhit harorati va davomiyligiga bog„liq.
- bir xil sharoitda organik kislotalar mineral kislotalarga nisbatan kam ta‟sir
etadi.
Ishqor ta’siri.
Ishqor nafaqat ko„ndalang har xil zaryadlangan
molekulalar orasidagi bog„lar, xatto sistin bog„larga ham ta‟sir ko„rsatadi.
Ishqor
ta‟sirida junning mexanik xossasi yomonlashadi, sarg„ayadi oltingugurt miqdori
kamayadi, bu o„zgarishlarning darajasi ta‟sir
etish harorati, davomiyligi, ishqor
xarakteri va uning konsentratsiyasiga bog„liq. 3 % - li o„yuvchi
ishqorlarda junni
qaynatsa, u darhol erib ketadi. Past haroratda ishqor ta‟sirida
junning pishiqligi
66
ortadi. 15 % - li konsentratsiyagacha junning pishiqligi kamayib boradi. Undan
ortishi bilan pishiqlik ham ortib boradi. 38 % - li bo„lganda junning pishiqligi
boshlang„ichga nisbatan 30 % ga ortadi. Ishqor tola yuzasiga ta‟sir etib, uning
ichki strukturasiga kirib bormaydi (yuqori konsentratsiyali ishqor qisqa vaqt
ichida). Bobina hosil qiluvchi tolalar yuzasi bo„yicha
parchalanadi va siqib
quritilgach yanada pishiqroq o„zaro birikib qoladi. Ishqor jun tolasidagi sistin
bog„larga ta‟sir etadi va ularni buzadi.
Tuzlar ta’siri.
Ishqoriy va ishqoriy ietal tuzlari junga kam miqdorda
sorblanadi. Shuning uchun ularning suvli eritmalari junga suv kabi ta‟sir etadi.
Tuzlarning konsentratsiyasi 5 % dan ortsa va qaynatilsa
junni parchalanishi
boshlanadi (keratin ma‟lum miqdorda eriydi, pishiqligi kamayadi, tola dag„allashib
qoladi). Qaynatish davomida suvdagi kalsiy va magniy tuzlari junni sarg„aytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: