1- mavzu agrosanoat majmuasidagi don omborlari elivatorlar meva – sabzavot omborlarining tuzilishi tovar ishlov berish uskunalari bilan tanishish. Ishning maqsadi


Oddiy don omborxonalarining tasnifi va asosiy ko‘rsatkichlari -



Download 494,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana26.02.2022
Hajmi494,89 Kb.
#473413
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-амалий

Oddiy don omborxonalarining tasnifi va asosiy ko‘rsatkichlari - 
Don 
omborxonasi — bu gorizontal yoki qiya polli inshoot bo‘lib, bu yerda don uyum 
holida saqlanadi. 
Kam miqdorda sement va metall sarflab hamda mahalliy materiallardan 
foydalanib, elevatorlarga nisbatan omborxonalarni tezroq qurish mumkin. 
Foydalanishning dastlabki davrida oddiy harakatlanuvchi mashinalardan 
foydalaniladi. Biroq keyinchalik omborxonalar elevatorlarga qaraganda xarajat ko‘p 
talab qiladi, qo‘l mehnatidan ko‘proq foydalaniladi. Hudud maydoni, temiryo’llar, 
avtomobil yo’llarining uzunligi katta bo‘ladi. Don bilan amalga oshiriladigan 
jarayonlarni qisman avtomatlashtirish mumkin. Bundan tashqari, omborxonalarda 1 
t sig‘imga 2,5...3 m
3
xona, elevatorlarda esa 1,5...1,7 m
3
xona to‘g‘ri keladi. 
Don omborxonalari donni joylashtirish usuli, bo‘shatish — yuklash ishlarini 
mexanizatsiyalashtirish darajasi, donning saqlanish muddati va qurilish 
materialining turiga qarab tavsiflanadi (1-rasm). 
Don omborxonalarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ularda 
qurilish va loyihalashning ko‘p yillik tajribasi umumlashtirilgan. Tekis polli 
zamonaviy omborxonalarning sig’imi 3200 va 5500 t, qiya polli omborxonalarniki 
7500 t. 
Qurilish vaqtida va foydalanishda kamxarajatli bo‘lishi omborxonalarga 
qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Omborxonalarning eng ko‘p 
tarqalgani to‘rtburchak shaklidir. Unda devor uchun mahalliy materiallar (g‘isht, 
beton yoki shlakobloklar, chig‘anoq-tosh, yig‘ma temir-beton), tomning karkasi 
uchun esa yog‘och, yig‘ma temir-beton yoki po‘lat konstruksiyalardan 
foydalaniladi. Tomning karkasi odatda yog‘ochdan yoki yig‘ma temir-betondan 
quriladi. 
Omborxonalarning asosiy o‘lchamlari donning saqlanuvchanligini ta’minlash 
uchun qurilish me’yorlari va foydalanish sharoitlari talablarining bajarilishi 
hisoblashlaridan topiladi. O‘tga chidamsiz omborxonalarning maydoni 1200 m
2


bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘lib, o‘tga chidamli omborxonalar maydoni o‘lchami 
har xil bo‘ladi. Birinchi omborxonalar 20 m uzunlikda quriladi. Omborxonalar 
maydonida temiryo‘llar va avtomobil yo‘llari ko‘payishi bilan birlashtiruvchi 
ayvonlarga ham ehtiyoj tug‘iladi. 
Omborxonalardan foydalanishda uyumning balandligi donning sifatiga qarab, 
lekin hisoblashdagidan yuqori bo‘lmagan holda (devorlar yonida 2,5 m va o‘rtasida 
5 m) qabul qilinadi. Brandmauer oldidagi don uyumining balandligi 2,5 m dan ortiq 
bo‘lmasligi kerak. 

Download 494,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish