1- mavzu agrosanoat majmuasidagi don omborlari elivatorlar meva – sabzavot omborlarining tuzilishi tovar ishlov berish uskunalari bilan tanishish. Ishning maqsadi



Download 494,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana26.02.2022
Hajmi494,89 Kb.
#473413
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-амалий



1-
MAVZU 
Agrosanoat majmuasidagi don omborlari elivatorlar meva –
sabzavot omborlarining tuzilishi tovar ishlov berish uskunalari bilan 
tanishish. 
Ishning maqsadi: 
don va meva-sabzavotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan 
omborxonalar, mahsulotni saqlash va is’temolga chiqarishdan oldin tovar ishlov 
berish uchun mo‘ljallangan uskunalar bilan tanishish. 
Don omborxonalarining tasnifi-
Elevator sanoatining korxonalari donni 
saqlash usuli va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. 
Turlarga bo‘lishda donni saqlash davomiyligi ham hisobga olinadi. 
Don uyum holida va idishlarda saqlanadi. Yumshoq idishlarda faqat urug’lik 
donlar hamda saqlashga kam miqdorda keltirilgan ba’zi o‘simliklarning donlari 
saqlanadi. Bir qator mamlakatlarda donni tashish uchun qattiq taralar — 
konteynerlardan foydalaniladi. 
Donni uyum holida saqlash ikki turga bo‘linadi: yerda va siloslarda. Birinchi 
usulda uyumning balandligi 5—6 m, siloslarda esa don uyumining balandligi 40 m 
gacha yetadi. 
Korxonalarda donni vaqtinchalik va uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan 
omborxonalar bo‘lishi mumkin. Vaqtinchalik omborxonalar don ommaviy tarzda 
keltirilganda va uzoq muddatli saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar to‘lganda 
kerak bo‘ladi. 
Mexanizatsiyalashtirish 
darajasiga 
qarab 
omborxonalar 
mexanizatsiyalashtirilmagan va mexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo‘linadi. 
Mexanizatsiyalashtirilmagan omborxonalar gorizontal va qiya polli bo‘lishi kerak. 
Ikkinchi turdagi omborxonalar o‘z-o‘zidan bo‘shatiladigan hisoblanadi. Gorizontal 
polli omborxonalar pastki konveyerga o‘z oqimi bilan faqat qisman bo‘shatiladi. 
Omborxonalarning (elevatorlarga nisbatan) afzalliklariga qurilish tannarxining 
pastligi (mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar), mahalliy qurilish materiallaridan 
foydalanish imkoniyatining mavjudligi, tez qurib bitkazilishi, nisbatan namligi 
yuqori bo‘lgan donni saqlash imkoniyatining mavjudligi kiradi. 
Elevatorlar — siloslarga ega hamda 
to‘liq 
mexanizatsiyalashtirilgan 
don 
omborxonalari bo‘lib, donni yaxshi saqlanuvchanligini ta’minlaydi. 
Elevatorlarning afzalliklariga don bilan 
bog‘liq jarayonlarning
to‘liq 
mexanizatsiyalashtirilganligi, donning saqlanuvchanligini ta’minlash bo‘yicha 
amalga oshiriladigan ishlarga kam mehnat sarflanishi, qurilish hajmidan yaxshi 
foydalanish, donning kam yo‘qotilishi, donning tashqi muhitdan yaxshi 
ajratilganligi, qurilish maydonining kichikligi kiradi. 


Mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalarni qurishga sarflanadigan harajatlar 
ishchi va bo‘shatish minoralari, birlashtiruvchi ayvonlar, temiryo‘l va 
avtomobillarning kirish joylarini uzaytirish, maydonning kattalashishini hisobga 
olganda elevatorlarni qurish tannarxiga mos keladi. Bunda shuni hisobga olish 
kerakki, omborxonalarning xizmat qilish muddati elevatorlarnikidan kam, ulardan 
foydalanish xarajatlari esa katta bo‘ladi. 
Don omborxonalarini qurishda qurilish materiali sifatida asosan yog‘och va 
temir- betondan foydalaniladi. Yog‘och omborxonalar bir qator afzalliklarga 
(issiqlik o‘tkazuvchanligining kichikligi, yaxshi gigroskopikligi, ishlov berishning 
osonligi, qurilishning tezligi va oddiyligi) ega bo‘lishiga qaramasdan yong‘in 
xavfining mavjudligi va kam muddat xizmat qilganligi sababli hozirda qurilmaydi. 

Download 494,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish