1-
MAVZU
Agrosanoat majmuasidagi don omborlari elivatorlar meva –
sabzavot omborlarining tuzilishi tovar ishlov berish uskunalari bilan
tanishish.
Ishning maqsadi:
don va meva-sabzavotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan
omborxonalar, mahsulotni saqlash va is’temolga chiqarishdan oldin tovar ishlov
berish uchun mo‘ljallangan uskunalar bilan tanishish.
Don omborxonalarining tasnifi-
Elevator sanoatining korxonalari donni
saqlash usuli va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi.
Turlarga bo‘lishda donni saqlash davomiyligi ham hisobga olinadi.
Don uyum holida va idishlarda saqlanadi. Yumshoq idishlarda faqat urug’lik
donlar hamda saqlashga kam miqdorda keltirilgan ba’zi o‘simliklarning donlari
saqlanadi. Bir qator mamlakatlarda donni tashish uchun qattiq taralar —
konteynerlardan foydalaniladi.
Donni uyum holida saqlash ikki turga bo‘linadi: yerda va siloslarda. Birinchi
usulda uyumning balandligi 5—6 m, siloslarda esa don uyumining balandligi 40 m
gacha yetadi.
Korxonalarda donni vaqtinchalik va uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan
omborxonalar bo‘lishi mumkin. Vaqtinchalik omborxonalar don ommaviy tarzda
keltirilganda va uzoq muddatli saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar to‘lganda
kerak bo‘ladi.
Mexanizatsiyalashtirish
darajasiga
qarab
omborxonalar
mexanizatsiyalashtirilmagan va mexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo‘linadi.
Mexanizatsiyalashtirilmagan omborxonalar gorizontal va qiya polli bo‘lishi kerak.
Ikkinchi turdagi omborxonalar o‘z-o‘zidan bo‘shatiladigan hisoblanadi. Gorizontal
polli omborxonalar pastki konveyerga o‘z oqimi bilan faqat qisman bo‘shatiladi.
Omborxonalarning (elevatorlarga nisbatan) afzalliklariga qurilish tannarxining
pastligi (mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar), mahalliy qurilish materiallaridan
foydalanish imkoniyatining mavjudligi, tez qurib bitkazilishi, nisbatan namligi
yuqori bo‘lgan donni saqlash imkoniyatining mavjudligi kiradi.
Elevatorlar — siloslarga ega hamda
to‘liq
mexanizatsiyalashtirilgan
don
omborxonalari bo‘lib, donni yaxshi saqlanuvchanligini ta’minlaydi.
Elevatorlarning afzalliklariga don bilan
bog‘liq jarayonlarning
to‘liq
mexanizatsiyalashtirilganligi, donning saqlanuvchanligini ta’minlash bo‘yicha
amalga oshiriladigan ishlarga kam mehnat sarflanishi, qurilish hajmidan yaxshi
foydalanish, donning kam yo‘qotilishi, donning tashqi muhitdan yaxshi
ajratilganligi, qurilish maydonining kichikligi kiradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalarni qurishga sarflanadigan harajatlar
ishchi va bo‘shatish minoralari, birlashtiruvchi ayvonlar, temiryo‘l va
avtomobillarning kirish joylarini uzaytirish, maydonning kattalashishini hisobga
olganda elevatorlarni qurish tannarxiga mos keladi. Bunda shuni hisobga olish
kerakki, omborxonalarning xizmat qilish muddati elevatorlarnikidan kam, ulardan
foydalanish xarajatlari esa katta bo‘ladi.
Don omborxonalarini qurishda qurilish materiali sifatida asosan yog‘och va
temir- betondan foydalaniladi. Yog‘och omborxonalar bir qator afzalliklarga
(issiqlik o‘tkazuvchanligining kichikligi, yaxshi gigroskopikligi, ishlov berishning
osonligi, qurilishning tezligi va oddiyligi) ega bo‘lishiga qaramasdan yong‘in
xavfining mavjudligi va kam muddat xizmat qilganligi sababli hozirda qurilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |