Klassik iqtisodiy maktabning yakunlanishi Reja: J. S. Millning iqtisodiy qarashlari


-MAVZU  M a r j in a l iz m iq tiso d iy TA’LIMOTI



Download 351,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.02.2022
Hajmi351,51 Kb.
#473162
1   2   3   4
Bog'liq
3-maruza matni

8-MAVZU 
M a r j in a l iz m iq tiso d iy TA’LIMOTI. 
Reja: 
1. Marjinalizm va me ’yorii foydalilik nazariyasi.
2. Matinal unumdoriik nazariyasi 
 3. S. Jevons, K. Menger va L. Valras matinal nazariyaning birinchi avlodlari. 
4. Fridrix fon Vizer iqtisodiy qarashlari. 
 5. AQSH va Angliyaning mashxw iqtisodchisi logan fon Bem-Baveгk. 
1-savol Marjinalizm va me’yorli foydalilik nazariyasi. XIX asming 70-yillariga 
kelib klassik siyosiy iqtisod o’rniga iqtisodiy fanda yangi sub’ektiv yo’nalish kelib 
chiqdi. Iqtisodiy fan taraqqiyotida katta o’zgarish yuz berdi. O’sha davrda iqtisodiy 
jarayonlarni tahlil qilishga yangicha sub’ektiv yondashuv asosini solgan (bir-
biridan mustaqil holda) uch iqtisodchining asarlari birdaniga vujudga keldi. Ular 
ingliz Stenli Jevons (1835-1882), avstriyalik Karl Menger (1840-1921), asosan 
Shveytsariyada yashagan frantsuz Leon Valras (1834-1910). Ularning tahlili 
asosida ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni (taklif) emas, balki talabning 
shakllanishi, tovar va xizmatlarning foy-daliligi tadqiqoti yotadi. Sub’ektiv 
yo’nalish vakillarining tadqiqotidagi asosiy dastak - bu me’yorli (marginal) tahlil 
bo’lib, mazkur maktabning nomi ham (marjinalizm) shundan kelib chiqqan. 
F.Vizer, E.Bem-Baverk, A.Marshall, K.Viksell va ko’plab boshqa atoqli 
iqtisodchilar marjinalizm metodologiyasidan foydalanadilar va uni rivojlantiradilar. 
Me’yorli tahlil hanuzgacha iqtisodiy fanda keng qo’llanib kelinmoqda. XIX 
asrning so'nggi 30 yillarida neoklassik mikroiqtisodiyot nazariyasining yuzaga 
kelishi boshlandi. Bu vaqt davomida yangi tahliliy usullar klassik iqtisodning 
neoklassik iqtisodga aylanishiga sababchi bo'ldi. Bu usullarning eng muhimi 
me'yoriy tahlil metodi edi. U nafaqat iqtisodiyotdagi aniq ko'rinib turgan natijalari 
uchun, balki metodologik jihatdan iqtisodiy tahlilda matematikadan foydalanish 
usullarini rivojlantirgani uchun ham muhim edi. Me'yoriy tahlilni qabul qilish va 
uning ahamiyatini to'liq anglab yetish birdaniga sodir bo'lmadi. U1870-yildan 
1900- yillargacha sekin asta rivojlandi. Me'yoriy tahlilning birinchi sezilarli tadbiq 
qilinishi talab nazariyasidan boshlandi. 1870-yillarda 3 ta iqtisodchi mustaqil 
ravishda me'yoriy tahlilni talab nazariyasiga qo'llashni boshladilar va me'yoriy 
naflilik tushunchasini rivojlantirishdi. Ulardan ikkitasi Leon Valras va Karl 
Menger me’yoriy tahlilni korxona nazariyasiga nisbatan qo‘llashdi. Valras hattoki 


me'yoriy tahlil nazariyasini qo'llagan holda umumiy muvozanatlik nazariyasini 
shakllantirdi. Bu haqda 11-bo'limda fikr yuritamiz.1 Metodologiya. Marjinalizm 
nazariyasiga iqtisodiy jarayonlarni sub’ektiv - psixologik metod asosida tahlil 
qilish xosdir. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar kishilarning psixologiyasi, sub’ektiv 
talqinga asoslanib tushuntirilib beriladi. Masalan, klassiklar bo’yicha, tovar 
qiymati kishilarning ongi va xohishiga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv miqdor 
hisoblansa, marjinalistlar bo’yicha, qiymat sub’ektiv talqin, istak, hissiyot bilan 
aniqlanadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli foydalilik, me’yorli 
unumdorlik, me’yorli xarajatlar va boshqalar. Bu nazariya ishlab chiqarish 
xarajatlarini, talab, taklif, narx va boshqalarni sub’ektiv baho berish asosida 
tushuntiradi. 
Bozor xo’jaligida ishlab chiqaruvchi tovar ishlab chiqarishda turli resurslardan har 
birining me’yorli foydaliligiga baho bergan holda eng keraklisini tanlaydi. 
Iste’molchi o’zining cheklangan daromadlarini ehtiyojlarni ko’proq qondiradigan 
qilib tovarlarni sotib olishga taqsimlaydi. Demak, marjinalizm naza- riyasi 
markazida o’z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) 
va xarid qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida 
iste’molchi turadi. Me’yorli foydalilik nazariyasi va buyumning sub’ektiv qimmati. 
Asosiy e’tibor ishlab chiqarish va taklifni o’rganishga qaratilgan klassik iqtisodiy 
nazariyadan farqli o’laroq, marjinalistlar, eng avvalo, iste’mol va talabni tahlil 
qildilar. Shu bois, ular iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishni kishilarning ehtiyojini 
o’rganishdan, buyumning foydalilik mezonini qidirishdan boshladilar. Buyumning 
qimmatini aniqlashda marjinalistlar klassiklarga nisbatan butunlay boshqacha 
yondashdilar. Agar klassiklar tovar qiymatini (qimmatini) uni ishlab chiqarishga 
ketgan xarajatlar bilan aniqlagan bo’lsalar, marjinalistlar tovar qimmati asosida 
ikki omil - foydalilik va buyumlarning kamyobligi yotadi deb hisobladilar. Bu 
bilan A.Smitning buyumning qiymatini (qimmatini) foydalilik bilan aniqlash 
mumkin emas, negaki hayotda eng foydali bo’lgan havo va suvning qiymati yo’q, 
degan «Smitcha ziddiyat»ga barham berildi. «Hech bir narsa suvdan ko’ra foydali 
emas, - deb yozadi A.Smit, - lekin unga u - bu narsani sotib olish amri mahol... 
Brilliant esa, aksincha, uni bevosita foydalanish nuqtai nazardan nihoyatda 
qimmati kam, ammo unga juda katta miqdordagi boshqa tovarlarni olish mumkin». 
Marjinalistlarning aytishicha, haqiqatan ham, havo yoki suvning umumiy 
foydaliligi brilliantning umumiy foydaliligidan tasavvur qilib bo’lmaydigan 
darajada ko’p. Lekin havo va suvga qaraganda qimmatli toshlar ancha kamyob. 
Shuning uchun uning qimmati ancha yuqori. «Qimmat, - deb yozadi E.BemBaverk, 
narsalarning aynan cheklangan miqdorda bo’lishini taqozo etadi, qimmatning 
yo’qligi esa, ularning mo’l-ko’lligini taqozo etadi». Qimmat esa buyumning 


umumiy foydaliligi bilan emas, balki «oxirgi birlik» foydaliligi bilan aniqlanadi. 
Foydalilikka asoslangan bu nazariyaning boshlang’ich nuqtasi - ehtiyojlarning 
to’yinish qonuni (Gossenning birinchi qonuni)ni bildiradi: inson ehtiyojining 
to’yinish darajasi oshib borishi bilan iste’moldan bo’lgan qoniqish pasayib boradi 
yoki iste’mol qilinadigan tovar miqdori ko’payib borishi bilan uning foydaliligi 
kamayib boradi. Shunga muvofiq iste’mol qilinadigan mazkur buyumning oxirgi 
qismining iste’mol uchun bo’lgan foydaliligi boshqa qismlariga nasbatan ancha 
past. Buyumning oxirgi qismining foydaliligi - bu me’yorli foydalilikdir. Aynan u, 
marjinalistlarning fikriga ko’ra, tovar qiymati shakllanishining asosini tashkil 
etuvchi ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar xatti - harakatini tartibga solib 
turuvchi kuch hisoblanadi. E.BemBaverkning yozishicha: «Me’yorli foydalilik 
g’oyasi - bu iqtisodiy hayotning eng murakkab ko’rinishlarini yechishga kalit va 
ilmning eng chigal muammolarini hal etishga imkon beruvchi formula - «Ochil 
dasturxondir». 
3-savol S. Jevons, K. Menger va L. Valras marjinal nazariyaning birinchi avlodlari. 
Stenli Jevons (1835-1882 y.) Me’yoriy tahlil neoklassik nazariyaning asosiy 
elementi bo‘lib xizmat qiladi. 
1871 va 1874-yillar oralig'ida, Jevons, Menger va Valras ortodoks iqtisodiy 
nazariyaning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan kitoblar nashr qildilar. Ularning 
ta'siri birdaniga amalga oshmadi, balki asrning so'nggi choragi davomida sekin asta 
rivojlandi, keyingi me'yoriy naflilik nazariyachilarining kurashishi orqali sekin asta 
yangi g'oyalarning tan olinishiga erishilgan. Pirovard mahsulotlarning qiymatini va 
narxini aniqlashda Jevons, Menger va Valrasning fikrlari o'xshash bo'lgani uchun 
biz ularning fikrlarini alohida o'rganmay, umumiy ravishda mavzular bo'yicha 
yoritib ketamiz. Ayrim me'yoriy tahlilni rivojlantiruvchilarning fikrlarida sezilarli 
farqlar mavjud bo'lib, biz ularni keyinroq o'rganib chiqamiz. Xususan, ularning 
iqtisodiy usullar bo'yicha qarashlari har hil edi. Menger va xozirgi 
Avstriyaliklarning intelektual manbai alohida e'tirofga sazovor bo'ldi. Ammo 
Valrasning umumiqtisodiy muvozanatlik nazariyasi va unda me'yoriy tahlilni 
ishlatishi o'ziga xos burilish edi. Chunki u keyingi mikroiqtisodiyot nazariyasining 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu nazariyalarning hammasi iqtisodiy 
nazariya fanida yangi bo'lim ochishga yetarli darajada zarur edi. Nazariyada 
burilish? Bir-biridan mustaqil ravishda ijod qilgan bu 3 ta iqtisodchilar qiyosiy 
narxlarni belgilab beruvchi kuchlarning o'ziga hos revolyutsion tahlilni yaratdik 
deb ishonishgan edi. Jevons buni juda aniq va lo'nda shunday izohladi: Takror va 
takror fikrlash va izlanish meni qiymat to'laligicha naflilikga bog'liq ekan degan 
yangi fikrga yetakladi. Avvalgi qarashlarda qiymatning manbaasi naflilikda emas, 


balki ishchi kuchidadir degan fikrlar keng tarqalgan va hatto mehnat qiymat kelib 
chiqishining yagona sababi degan qarashlar ham bor edi5. Mengerning fikri 
milliylik ruhida bo'lishiga qaramay, eng kamtarona edi: Bu yerda bizning 
fanimizning umumiy tamoyillarini o'z ichiga olgan ushbu soha Germaniya siyosiy 
iqtisodiyotidagi yaqin davrdagi rivojlanishning mahsulotidan xech ham kam 
emasligi va bizning fanimizning eng muhim Karl Menger (1840-1921 y.) K. 
Menger hattoki naflilik so‘zini ham ishlatmay, o‘rniga “qoniqishning muhimligi” 
so‘zini ishlatdi..... 
5-savol AQSH va Angliyaning mashxur iqtisodchisi Iogan fon Bem-Baverk 
Bem-Baverk va Vizer bir xil yoshda bo'lib, ikkalasi ham Mengerning talabalari edi 
va ular ham do'st, ham qarindosh edilar. Vizer Avstriya va Germaniyada taniqli 
bo'lsa, Bem-Baverk ko'proq AQSh va Angliyada mashhur edi. Uning birinchi 
kitobining nashr qilinishi bilan u Angliyada o'zining izdoshi Vilyam Smartni topdi. 
1890-yilda ustozining “Kapital va Foiz” asarini, 1891- yilda “Kapitalning ijobiy 
nazariyasi” asarini tarjima qilgan. Mengerning “Tamoyillar” kitobi 1950-yilgacha 
ingliz tiliga tarjima qilinmagan edi. Shuning uchun ingliz tilida gaplashuvchi 
davlatlarda uning ta'siri kam bo'lgan. Bem- Baverk eng mashxur iqtisodchilardan 
edi, uning kapital va foiz sohasidagi asari 3 tomda nashrdan chiqarildi. Birinchisi, 
“Kapital va foiz: iqtisodiy nazariyaning tanqidiy tarixi” asari, qadimgi yunonlardan 
boshlab 150 dan ko'proq yozuvchilarni qamrab oladi. U Avstriyaning hokimiyatida 
muhim lavozimga ega bo'lganligi sababli trilogiyasini tugatish uchun 20 yil vaqt 
ketkazgan. Uning iqtisodga qo'shgan hissasi 7-bo'limda aytib o'tilgan. Marks 
haqidagi kitobi Mengerning me'yoriy naflilik haqidagi nazariyalarining ochib 
berilishi o'zining kapital va foiz nazariyasining rivojlantirilishini o'z ichiga oladi. 
O'zining ustozi Menger va do'sti Vizerga o'xshab u matematikadan foydalanmadi. 
U o'zining qiymat va narx shakllanishi haqidagi qarashlarini keyinchalik 
zamonaviy iqtisodiy ta'limotda asos bo'lib qoluvchi Valras va Marshal tomoniddan 
ochib berilgan o'zaro bog'liqlik tamoyilini qo'llamay bir tomonlama mantiqiy 
o'ylash asosida kengaytirdi. Avstriya maktabining namoyandalari va avvalo Byom-
Baverk qiymatning mehnat nazariyasini K.Marks ta’limotining ilk negizi deb bilib, 
shu nazariyadagi qo‘shimcha qiymat ta’limotiga xuruj qilib, «Kapital» ning 
birinchi va uchinchi tomlari o‘rtasida ziddiyat borligini isbotlashga urindilar (bu 
haqda oldingi mavzuda aytib o‘tilgan edi). Qiymat (qimmat) nazariyasi Avstriya 
maktabining konsepsiyalarida markaziy o‘rinni oldi. Bu nazariya «eng yuqori 
foydalilik» nomini oldi. Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» 
toifalari ijtimoiy mazmundan mahrum bo‘lgan ne’mat va qiymat tushunchalari 
bilan almashtirildi. K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat - ijtimoiy 
zarur mehnatning ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manbai ekanligi 


to‘g‘risidagi qoidani noto‘g‘ri deb e’lon qildilar. Ular qiymat toifasini sub’ektiv 
mazmun bilan to‘ldirdilar. Uning ustun omili sifatida iste’mol qiymati yoki 
moddiy ne’matlarning foydaliligi qabul etildi. Byom-Baverkning fikricha, Avstriya 
maktabi iste’mol qiymatiga murojaat etish orqali qiymatni «lozim bo‘lgan 
daraxtdan, ildizning o‘zidan» tahlil eta boshladi.
Jevons, Menger va Valrasning keyingi iqtisodchilarga ta'siri Bu iqtisodchilar 
iqtisodiyotning metodini va predmetini o'zgartirib yubordilar. Xo'sh ularning 
keyingi iqtisodiy nazariyachilariga to'g'ridan to'g'ri ta'siri qanday edi. Jevons 
o'zidan keyin izdoshlar qoldirmadi, shuning uchun iqtisodiy ta'limotlarning Jevons 
maktabi yuzaga kelmadi. Marshalning Britan iqtisodiy ta'limotidagi mashxurligi 
uning har qanday qo'shgan xissasini bo'g'ib qo'yar edi. Jevonsning o'zidan keyin 
izdosh qoldirmaganligini 46 yoshida suzish halokatida yosh vafot etgani bilan 
izohlanishi mumkin. Valrasning me'yoriy tahlilga qo'shgan hissasi uning 
umumiqtisodiy muvozanatlik nazariyasining soyasida qolib ketar edi. Mengerning 
yozuvchilarga va iqtisodiy rivojlanishning keyingi bosqichiga ta'siri haligacha 
o'rganilyapti. Menger tomonidan ta'sir qilingan bir qancha iqtisodchilar Germaniya, 
Angliya va AQShda dars berishadi va izlanish olib borishadi: ularning keksalari 
Mizes va Shumpeterlarni, yoshroq guruhlari esa Fridrix fon Hayekni (1899-1992), 
Gotfrid Haberlerni (1900-1995) va Oskar Morgenstern (1902-1977) larni o'z ichiga 
oladi.Bu iqtisodchilarning ba'zilari o'zlarining yo'llaridan ketishgan va Avstriya 
odatlariga ergashmadi, boshqalari esa umumiy odatlarga bo'ysunib, xozirgacha shu 
fikrlarni davom ettirib kelmoqdalar. Menger tomonidan qo'llab quvvatlangan 
metodologiya ko'proq matematikaga va statistikaga o'rgangan hukmron iqtisodiy 
ta'limotchilari tomonidan qabul qilinmadi. Ammo Avstriya metodologiyasi 
yetarlicha qiziqishga ega bo'lgan. Mengerdan ta'sirlangan bir nechta iqdisodchilar 
bozor orqali boshqariladigan iqtisodiyot tarafdorlaridir va sotsialistlar taklif etgan 
muqobil variantni tanqid qiladilar. Mizes va Hayek 1920 yilda boshlangan 
(1)sotsialistik iqtisodiyotning resurslarni samarali taqsimlay olish qobiliyati va (2) 
kapitalizm, sotsializm va iqtisodiy-siyosiy erkinlik o'rtasidagi bog'liqlik haqidagi 
muhokamalarida muhim rol o'ynashdi. Biz bu muxokamalarga kapitalizm va 
sotsializm to'g'risida yozgan Avstriyalik va boshqa yozuvchilar haqida fikr 
yuritganimizda to'xtalib o'tamiz. 

Download 351,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish