2-savol ► T.Maltusning iqtisodiy qarashlari
Marksistik iqtisodiy fanda «marksist» bo’lmagan mualliflarni sharmanda qilish
«an’anasi» bor edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan ingliz olimi
Tomas Robert Maltus g’oyalari bo’lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi:
kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlarning dushmani, fashizm ideologi. Eng
qiziqarli joyi shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlarning, balki
ularning asosiy muxolifatlari bo’lgan erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning
mutlaq ustunliklariga ishongan liberallarning ham g’azabini qo’zg’atgan. Nega
T.Maltusni shunchalik yomon ko’rishgan? Pessimizmi uchun, aholi farovonligini
ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham,
liberallar ham «baxtli kelajakka» ishongan. Birinchisi, xo’jalik jarayonlarini ongli
ravishda ijtimoiy tartibga solish tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid
qilgan bo’lsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor mexanizmining amal
qilishi va xususiy manfaatdorlik kuchi bilan ta’minlanishiga ishongan. Unisiga
ham, bunisiga ham pessimizm yot bo’lgan. Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert
Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug’ilgan. Kembrij universitetini
tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807 yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi.
Uning asosiy asarlari «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» (1798), «Yer rentasining
tabiati va o’sishi to’g’risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy iqtisodning printsiplari»
(1820) hisoblanadi. Tomas Robert Maltus (1766-1834y.) Ingliz iqtisodchisi
dvoryan oilasida tug’ilgan va Kembrij universitetida ta’lim olgan.
«Nufus qonuni». T.Maltus resurslaming cheklanganligi va ehtiyojlarning
cheksizligi sharoitida aholi extiyojlarini qondirish muammosiga o’ziga xos tarzda
yondashdi. U o’zining “Nufus qonuni to’g’risida tajriba” asarida aholi soni juda tez
ko’payib boradi, oziq-ovqat mahsulotlarning o’sishi esa, ancha orqada qolib ketadi
deb ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko’payishini cheklovchi muayyan
chora-tadbirlar qo’llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch keladi deb xulosa
qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo’lini taklif etadi: birinchisi -
epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida aholining kamayishi, bunda tabiatning
o’zi kishilar bilan ularning yashash vositalari o’rtasida me’yorli nisbatning
o’rnatilishiga qisman yordam beradi, ikkinchi yo’l - nikohdan voz kechish yoki
kech turmush ko’rish, tug’ilishni kamaytirish.
Maltusning Aholi Nazariyasi (Nufus qonuni)
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillariga amal qilinayotgan bir paytda
iqtisodchilar uchun aholining ko'payishi muammosi dolzar hisoblanar edi, ular
aholi sonining oshib ketishining dahshatli natijalaridan qutilish uchun Maltusning
nazariyasida keltirilgan oilalarda homiladorlikdan saqlanish vositalaridan
foydalanishni taklif qila boshladilar. Bu xulosalar aholining homiladorlikdan
saqlanish vositalariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi
sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Makkuloxdan tashqari, o'sha davrdagi
yetakchi iqtisodchilarining ko'pchiligining shaxsiy qarashlari homiladorlikdan
saqlanishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo'lishgan, lekin ular o'z
fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo'lishgan. Nassau Senior o'z
davrining odatiy iqtisodchilaridan bo'lgan, chunki u bir vaqtning o'zida
Maltusinning aholi soni borasidagi qarashlarini qo'llab- quvvatlagan va rad etgan.
U Maltusni nazariyasini 1826 yilda iqtisodiyot ilmini tashkil etilishi tayanchi deb
ta'riflashiga qaramay, 1829 yilda o'zining Maltus bilan bo'lgan yozishmalarini e'lon
qiladi va ma'ruzalarida Maltusning mahsulot o'sishidan ko'ra, aholi soni tezroq
o'sishi fikrlariga e'tiroz bildiradi. Seniorning fikricha, tarixiy dalillar shuni
ko'rsatadiki, aholi sonining ortishidan ko'ra mahsulotlar ishlab chiqarish tezroq
o'sadi. Rikardoning tahliliy tizimida, Maltusning aholi borasidagi g'oyasi muhim
element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi daromadning
taqsimlanishini belgilovchi omillarni izohlashi kerak degan fikrga ega bo'lgan va u
ayniqsa uzoq vaqt oralig'ida daromadning taqsimlanishiga ta'sir eta oluvchi
kuchlarga qiziqish bildirgan. U bu muammoni daromad taqsimlanishi qoldiq
qiymati nazariyasi bilan hal qilishga harakat qilgan. Yer uchun to'lanadigan renta
miqdori ijara haqqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish haqqi va
foydani tashkil etadi. Bu vaziyatda Maltusnning “Nufus qonunidagi” g'oyaslari
asosiy rol o'ynaydi. Uzoq davom etadigan vaqt mobaynida ish haqi darajasi Maltus
ta'limotiga ko'ra ish haqi darajasi aholining yashash darajasi minimumiga teng
bo'ladi va qolgan daromad ijara haqi va foydaga bo'linadi.
Iqtisodiyot sohasiga aloqador bo‘lmaganlarni odatda Maltus o‘zining aholining
ko‘payish nazariyasini rivojlantirishi bilangina o‘z atrofida to‘playdi. Keynsning
yozuvlari Maltusning iqtisodiy nazariyalariga qiziqish uyg‘otmaguncha ko‘plab
iqtisodchilar shunday qilganlar. Maltus o‘zining bir qancha kitobchalarida va
ayniqsa dastlab 1820 yilda chop etilgan Siyosiy iqtisodiyot prinsiplarida
Rikardonikidan bir necha punktlari bilan farq qiluvchi qitisodiy nazariyasini olg‘a
surdi. Bizning hozirgi kundagi qiziqishlarimiz Maltusning jamg‘arishning iqtisodiy
ahamiyati yoki kapitalni oshirish to‘g‘risidagi qarashlari bilan bog‘liq. Bu
qarashlar Maltus prinsiplarida, ayniqsa II kitob birinchi “Boylikni ko‘paytirish”
nomli bo‘limida ilgari surilgan.(Ikkinchi kitobning birinchi bo‘limi Maltus uchun
Prinsiplarining 1836 yilda chop etilgan ikkinchi nashriga yo‘l ochgan. Bu eng tez
bajarsa bo‘ladigan nashr. Bu bo‘lim mazmunan olganda 1820 yildagi birinchi
nashming yettinchi bo‘limiga o‘xshaydi.) Smit iqtisodiy o‘sish ishchi kuchining
ko‘lami va samaradorligiga, tabiiy resurslarning soni va sifatiga, moliyaviy tizim
va Smit iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omili deb hisoblaydigan kapital xajmi
kabilarga bog‘liq degan xulosaga keldi. Rikardo ham kapitalni ko‘paytirish axoli
boyligini o‘stirishning bosh omili ekanligiga e’tibor qaratgan. Bu tajriba yalpi
taklifga asos qilib olingan: o‘sish faqatgina axoli ishchi kuchi,kapital va tabiiy
rerurslarini oshira olish darajasi bilan cheklanadi. Lekin agar tayyor mahsulotga
yalpi talab tushsa yalpi taklif yetishmovchiligi, resurslardan foydalanish
darajasidan ishlab chiqarishning pastligi yoki depressiya xolatida nima sodir
bo‘ladi? Adam Smit ba’zi iste’molni kamaytirish va ishlab chiqarishni oshirish
imkoniyatini o‘stirgan merkantalistlar ularning vaziyatini rad etishi orqali rad
etganligi ta’sir ko‘rsatdi. Shunga qaramay 1800 yilning boshlarida bunday
qarashlar yanada o‘sdi. Lord Lauderdeyl (1759-1839), Jamiyat boyligining tabiati
va kelib chiqishi haqida savol asarida va Jean Charlis Sismondi Nouveaux
principes d’economie politique (1819) da, iqtisodiyotning ishlab chiqarishda
resurslardan avtomatik tarzda to‘liq foydalanish qobiliyatini tekshirganlar. Maltus
ham bu muammoni ko‘targan va natijada Rikardo bilan uning o‘rtasida hammaga
ma’lum baxs kelib chiqqan. Maltus 1836 yilda nashr qilingan ikkinchi prinsiplar
kitobida iqtisodiy o‘sishning tasdiqlangan sabablarini tekshirgan va ularning bir
biriga mos emasligini,talab uchun zarur deb xisoblangan yoki u “maqsadga
erishtiruvchi talab” deb nomlagan qo‘llab quvvatlashni tanqid qilgan. Maltus xech
qachon maqsadli talab orqali nimani nazarda tutganligini aniq bayon qilmagan va
uning qarashlar haqidagi tushunchasi Sey qonuni orqali o‘sgan. U hali mehnat
rerurslaridan to‘liq foydalanishda qiyinchiliklar bo‘lganligini tushunmagan, xatto
bu qiyinchiliklarning tabiati xaqida aniq tushunchaga ega bo‘lmagan. Kapitalni
ko‘paytirish to‘g‘risidagi munozarasida Maltus oddiy va ishchi kuchini to‘liq
saqlash muommosining yuqori tajribali tekshiruvlarini namoyish etdi. Uning eng
oddiy dalili bu ishchilaming butun mahsulotni qabul qilmasligi va shuningdek
mehnat talabi tayyor mahsulotni maqbul narxda sotib olishga uning o‘zi qodir
emas. Uning aytishicha mehnat resursi aqliy qobiliyatga ega, lekin sotuvda
muxtojliklari bor, kapitalistlar sotuv kuchiga ega bo‘lsalar-da, aqliy kamchilikka
ega. Bu albatta to‘g‘ri, lekin agar kapitalistlar tovar ishlab chiqaruvchilarning
rasmiy talabi bilan zaxiralarni bozorga qaytarsa, yalpi talabda yetishmovchilik
bo‘lmaydi. Maltus jamg‘arish zaxira to‘plashni anglatmaydi va bu jamg‘arma
bozorga investitsion sarflar sifatida oqib keladi degan tushunchani tan oldi. U
bazan pulning boshqa funksiyalarini taklif etadi va Rikardoning pul faqatgina
ayriboshlash vositasi va xech kim sotuv kuchini rad etmaydi degan qarashlarini
tekshirgan, lekin u xech qachon bu fikrlarni takomillashtirmadi. Uning aqliy
tajribasi iqtisodiyotning aniq muammolariga yechim sifatida turg‘unlikka olib
boruvchi boshqaruvsiz investitsion jamg‘arma protsessi cheksiz davom
etolmasligini taklif etadi. U yetarli miqdorda jamg‘arilgan kapitalning mavjudligi
iqtisodiyotni amortizatsiyalashga qodir va juda ko‘p jamg‘arma va investitsiya
qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Jamg‘arish xolati tovarlar iste’molchilari uchun
talabni pasaytiradi, investitsion vaziyat tovar iste’molchilarining kelajakdagi
maxsulotlarini ta’minlaydi. Maltus kapitalistik tizimda resurslardan to‘liq
foydalanishning qo‘llab quvvatlanishidan tashqari, mahsulot va iste’mol darajasi
miqdori kengaytirilishi kerakligi bilan tanishdi. Qizil qirolicha Levis Karrolning
Shishaga qarash davomida aytganidek, “Hozir shu yerda ko‘rasiz bir xil joyda siz
qila oladiganning hammasini oladi.” Maltus mexnat rerurslari va kapitalistlar
tomonidan maqsadli talab yetarli bo‘lmaganligi, iste’ol qiladigan va lekin ishlab
chiqarmaydigan jamiyat xosil qilgan bo‘shliqni to‘ldirish kerakligi sabab ishga
yakun yasaydi. Bu noishlab chiqaruvchi iste’molchilar xizmatlarni ta’minlovchi
(o‘qituvchilar, xizmatchilar, jamoa boshqaruvchilari va boshqalar) va yer egalaridir.
Shuning uchun yer egalarining ijtimoiy funksiyalaridan biri ishlab chiqarmasdan
istemol qilish va shunday qilib iqtisodiyotning yakuniy turg‘unligi va
depressiyaning oldini olishga yordam berishdir.
F.Bastianing eng asosiy g'oyasi jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning mavjudligini
inkor etishdir. Uningcha, o'sha davrdagi jamiyat dunyodagi «eng go'zal,
mukammal, mustahkam butunjahon assosiasiyalaridandir. Barcha qonuniy
manfaatlar uyg'unlashgandir». F.Bastia 1850 yilda «Iqtisodiy garmoniyalar»
kitobini chop etdi. Unda u garmoniya (uyg'unlik)ning asosini almashuv va sof,
hech narsa bilan cheklanmagan raqobatda ko'radi. F.Bastia o'z g'oyasini
isbotlashda Seyning fikridan foydalangan bo'lib, xizmatlar nazariyasi bunga mos
keladi, ya'ni almashuv, xarid - savdo o'zaro teng «xizmatlar»ni almashish demakdir.
Sey bo'yicha bu «xizmatlar» nafaqat odamlar, balki buyumlar va tabiat kuchlari
tomonidan ko'rsatilsa ham, Bastia jamiyat hayotining qanday sohasida bo'lmasin,
faqat shaxsiy xizmatlarni ustun qo'yadi. «Xizmat» deganda ishlab chiqarish
davomida real mehnat sarfinigina emas, balki shu xizmatdan foyda keltiruvchi har
qanday harakat, faoliyat va kuch tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bo'lib qoladiki,
qimmat yaratishda ishlab chiqarishga faqat ishchilar emas, balki kapitalist va er
egalari ham katta «xizmat» ko'rsatadilar. Kapitalistning «xizmati» unga foiz olish
imkoniyatini berishini F.Bastia shunday ko'radiki, kapitalist kapitalni avans yoki
ssuda tarzida sarflab, iste'molni orqaga suradi va uni kapitalistning «qurboni» deb
hisoblaydi. Bu yuqorida biz keltirgan Seniorning tiyilish nazariyasining o'zidir.
«Tiyilish» so'zi o'rniga «orqaga surish» so'zi qo'yilgan, xolos. Mehnat va kapital
o'rtasidagi uyg'unlik, ya'ni garmoniyani yanada to'laroq isbotlash maqsadida Bastia
o'zining kapital jamg'arilishi «qonuni»ni yaratdi va unda Rikardoning foyda va ish
haqining bir-biriga qarama-qarshi ekanligi to'g'risidagi ta'limotini inkor etishga
harakat qildi. F.Bastianing bu «qonuni»ga ko'ra, mehnat va kapital manfaatlari oliy
darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va ishchining maoshi bir
vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto ishchilarning hissasi kapitalistlarnikidan
tezroq o'sar ekan, demak, oqibatda kapitalistning foydasi nisbatan kamayadi. U bu
fikrni isbotlashga urinib ham o'tirmaydi. Uningcha foyda normasi va
kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi masalalarini qorishtirib yuborgan.
Foyda normasining pasayib borish tendensiyasi ishchilarni ekspluatasiya qilishning
kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak kapitalistlarning milliy daromaddagi
hissasi ham oshib borishini kutish mumkin. F.Bastia o'zining bu nazariyasi
yordamida kapitalistlar va er egalari o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal etadi. U
er rentasini er egasining yoki uning ota-bobolarining shu erni ishlash va yaxshilash
xizmati uchun berilgan mukofot deb hisoblaydi. Shunday qilib kapital va er egaligi
o'rtasidagi uyg'unlik shu bilan hal etiladiki, er rentasi erga qo'yilgan kapital
foizining bir ko'rinishiga aylantiriladi.
3-savol ►
Jan Batist Sey (1767-1832) Klassik maktab konsepsiyalarini- ng rivojlanishida
A.Smitdan keyin Fransiyada Jan Batist Sey, A.Smitning davomchisi hisoblanadi.
J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti Evropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda
va AQShda butun XIX asr davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm
bilan o’rin almashish davriga qadar, klassik maktab g’oyalarining va
kontseptsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta’limoti asos bo’lib keldi. Shu
ma’noda Frantsiyada A.Smit g’oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan
Batist Sey (1767-1832) hisoblanadi. U 1767 yil, 5 yanvarda Lionda savdogar
oilasida tug’ildi. Oilaviy tadbirkorlik an’analarni davom ettirish uchun zarur
bo’lgan bilimni olish bilan birga, J.B.Sey o’z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa,
siyosiy iqtisodni o’rganish bilan shug’ullandi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, u
A.Smitning “Odamlar boyligi” asariga asosiy e’tibor qaratgan. Undagi g’oyalarni
ommaviylashtirish, uning fikricha, Frantsiya manfaatlariga ham, shuningdek,
barcha insoniyat manfaatlariga ham xizmat qiladi. J.B.Sey hayotda har xil
mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo’lib ishladi,
Frantsiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat
muassasalarida ishladi. Ammo uning hayotidagi asosiy ishi - iqtisodiy bilim
sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit
kontseptsiyasini tizimlashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib
berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning yuksalishiga va xalq boyligini
ko’paytirishga to’sqinlik qiluvchi “man etuvchi tizim”ga qarshi chiqdi.
«Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning
iqtisodiyotga va xo’jalik hayotini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risida
g’oyaning amalga oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Frantsiya
hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi. Napoleon “Traktat”
bilan tanishib chiqqach, uning muallifini suhbatga chaqirgan va unga o’z asarini
tubdan qayta ishlashni taklif qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy
“sahnadan” ketishga majbur bo’ldi. Ammo tinib-tinchimas J.B.Sey o’zining
xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813 yili uni sotib, topgan
puliga «Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar
1814 yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 1819 va
1826 yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima qilindi.
Frantsiyada Napoleon tuzumining emirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar
J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib,
siyosiy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko’p lektsiyalar
o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini tizimlashtirish va ommaviylashtirish
mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy
fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va
statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi. «Sey qonuni». J.B.Sey A.Smitning
erkin bozor, bahoning erkin shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning
cheklanmagan erkin raqobati va protektsionizmning har qanday qo’rinishiga yo’l
qo’ymaslik tamoyillarini qo’llab-quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi. Agar bu
tamoyillar qo’llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko’ra, ortiqcha ishlab chiqarish ham,
ijtimoiy mahsulotni to’la iste’mol qilmaslik ham bo’lmaydi, ya’ni iqtisodiy
inqirozlarning ob’ektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib,
o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi. U “Sey qonuni” deb ataladi. Bu qonunning
mohiyatiga ko’ra, har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu
daromadlarga qiymati ularga teng bo’lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa
hamisha yalpi taklifga teng bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, tovarlar taklifi o’zi
uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya’ni o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi
ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib
olinadi). Napoleon (1804-1815) Fransi yani ng Ayachcho shahrida tug’ilgan.
Sey Qonuni Klassik Ortodoks iqtisodchilari Lauderdeyl, Sismodi va Maltusning
tarqidlarini rad etishadi. Ularning vaziyati mahsulot ishlab chiqarish, bozorda
tovarni qoniqarli narxlarda olish uchun qoniqarli sotuv qobilsyati vujudga
keltirilgan protsess ustida baxs olib borgan J.B.Sey, Jeyms Mill va Rikardolar
tomonidan eng ta’sirli va tushunarli tarzda rivojlantirilgan. Ular to‘yintirilgan deb
ataydigan yoki oxirgi mahsulotni, bozorning ma’lum qismida sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan, lekin butun iqtisodiyot uchun umumiy oxirgi ishlab chiqarishga
ega bo‘lish imkonsiz ekanligini qo‘llab quvvatlaydi. Pasayishda iqtisodiy
faoliyatning umumiy darajasi qisqa vaqt davom etganda bozor avtomatik tarzda
resurslaridan to‘liq foydalanish tizimiga qaytgan bo‘lardi. Shunday qilib klassiklar
qat’iyat bilan takidladilarki, uzoq foydalanishda xaddan tashqari kapital
jamg‘arilishi bo‘lmasdi. Taxminan olganda ishlab chiqarilgan avtomobil 20,000
dollar sotilsa va biz ishlab chiqarishning har xil qaktorlari uchun xarajatlarni
chegirib tashlasak, qoldiq nolga teng bo‘ladi. Bu tajribaga ko‘ra to‘g‘ri, chunki ish
xaqlari, ijara to‘lovi yoki daromad sifatida kapital kiritishga qiziqish. Hozir
ishchilar, yer egalari va kapitalistlar cho‘ntagida sotuv qobiliyatining qiymati
20,000 dollar. Yaxlit iqtisodiyot uchun bir xilda egalik qilish; iqtisodiyot a’zolari
tomonidan sotuv qobiliyati sifatida qabul qilingan yillik mahsulot qiymatidir.
Bunda muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin bozorga mahsulotni doimiy ishlab
chiqarish uchun qoniqarli sotuv kuchi vujudga keltiriladi. Klassiklar ayrim
bozorlarda talab va taklif o‘zaro mutanosib bo‘lmasligi mumkinligi va sanoat
ishlab chiqarishda ayrim turdagi tovarlarda taklif ortiqchaligi bo‘lishi
mumkinligini o‘rgandilar. Sanoatda bunday to‘yinganlik ishda bozor kuchlari,
talab yoki taklif tomonlaridan birining namoyishi hisoblanadi. Lekin sanoatning bir
tarmog‘ida ortiqchalik boshqa sanoat tarmog‘ining tovari uchun talab ham ortiqcha
bo‘lishi kerakligini anglatadi. Narxlar elastikligi va resurslar noturg‘unligi, ishlab
chiqarish omillari taklif ortiqchaligi bo‘lgan sanoatni tark etadi va talabning
ortiqchaligi bo‘lgan sanoatga oqib o‘tadi. Shunday qilib, resurslardan to‘liq
foydalanish ularning uzoq davom etishini kafolatlaydi. Agarda hamma ishlab
chiqarilgan tovarlarni bozorga yetkazish uchun yetarli sotuv kuchi vujudga
keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan foydalanilishini nima kafolatlaydi? Sey
qonunida quyidagi oddiy javob keltioilgan: taklif o‘z talabini o‘zi yaratadi. Bunda
muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin taklif potensial talab yaratadi, biroq potensial
talab bozorda haqiqiy talab sifatida qo‘llanilish yoki qo‘llanilmasligini hal qilish
kerak. Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv qobiliyati
istemolchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun talab sifatida bozorga qaytarilgan
degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar. Mantiqan olganda ular Smitning
investitsiya kiritish qarorini saqlab qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira
to‘plash imkoniyatini rad etdilar, ya’ni xech kim oltinni qutida qulflab saqlolmaydi.
Ularning tizimida pul faqatgina ayriboshlash vositasi bo‘lgan, shunday qilib ular
depressiya yoki turg‘unlikning pulga oid sabablarining extimolini rad etganlar.
Klassiklar izoxiga ko‘ra Sey qonunining kamchiliklari bor, Maltus xech qachon bu
qiyinchiliklarni aniq namoyish etmagan. U qabul qilingan taxminlar o‘z isbotiga
muxtoj bo‘lishi narariyasini rad etishga uringan. U bu nazariya noto‘g‘ri bo‘lgan
deb gumon qilgan, lekin u xech qachon bunday tanqid yoki daromadlar miqdori va
iqtisodiy o‘sish darajasining hal qiluvchi omillarining muqobil nazariyasini aniq
ifodalab berolmagan.4 Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi,
ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat ayrim
tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga vujudga keladi.
Boshqacha qilib aytganda, ko’p ishlab chiqarishdan qo’rqmaslik kerak, faqat ayrim
tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish xavfi tug’ilishi mumkin. «Sey qonuni»
nomini olgan bu qoida klassiklarning makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil
etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning
tasdiqlashicha, odamlar daromadlarning barchasini iste’molga sarflamaydilar, balki
ularning bir qismini jamg’arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq ravishda yalpi
talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat
Sey qonunining noto’g’ri ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga
muvofiq iste’molga sarflanishi kerak bo’lgan daromadning bir qismi jamg’armaga
ajratiladi. Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o’rtasidagi
muvozanat buziladi. Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki,
iqtisodiy liberalizmning barcha printsiplariga jamiyat tomonidan rioya qilinsa,
ishlab chiqarish (taklif) o’ziga mos ravishda iste’molni (talabni) keltirib chiqaradi,
ya’ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning «tabiiy tartib» (pulning
passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini ayirboshlash) sharoitida, albatta,
shunday daromadlarni keltirib chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin
amalga oshiriladi. Iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasining barcha tarafdorlari
tomonidan «Sey qonuni» shu ko’rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning
erkin tashkil topishi xo’jalik kon’yunkturasidagi o’zgarishga darhol moslasha oladi,
iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb hisoblagan.
Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan barterli iqtisodiyot
amal qiladi desak, unda taklif miqdori talab miqdoriga teng bo’ladi, ortiqcha ishlab
chiqarish bo’lmaydi. Bu Sey qonunining mohiyatini tashkil etadi. Qiymat va ishlab
chiqarish omillari nazariyalari. Klassik iqtisodiy maktab vakillari ichida
J.B.Seyning qiymat nazariyasi o’ziga hosligi bilan ajralib turiladi. A.Smit,
D.Rikardo, ijtimoiyist-utopistlar, S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator
iqtisodchilar tovar qiymatining yagona manbai mehnat deb hisoblaganlar.
J.B.Seyda bu muammoga ikki xil yondashuv mavjud: u bir joyda, tovar qiymati
kapitalga, ish haqiga va er rentasiga bo’lgan xarajatlaridan tashkil topadi degan
bo’lsa, ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan aniqlanadi deydi. J.B.Sey
foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni
aniq qilib ko’rsatib berdi. «Foydalilik - bu qimmat o’lchovidir», - deb yozadi
J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning
foydalilik darajasi bilan ham o’lchanishi mumkinligini aytib berdi. Lekin bu
xususda iqtisodiy taTimotlar tarixi bo’yicha yirik mutaxassis M.Blaugning
yozishicha, «talabning to’yinish darajasini izohlab berishda foydalilikning pasayib
borishi tushunchasi ishlatilmagan foydalilikka asoslangan qimmat kontseptsiyasini
bahoning shakllanish nazariyasi hisoblash noo’rin». J.B.Sey tovar qiymatining
yaratilishida ishlab chiqarishning uch omiliga (mehnat, kapital, yer) alohida e’tibor
bergan.
Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolyusiyasini ilmiy-iqtisodiy
adabiytda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX asrning 40-60-yillarini
o'z ichiga olib «Eski tarixiy maktab» yoki oddiygina «Tarixiy maktab» davri deb
nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va B.Gildebrand bu davrning asosiy mualliflaridir.
Ikkinchi davr XIX asrning 70-90 yillariga to'g'ri kelib «Yangi tarixiy maktab»
davri deb nomlanadi. G.Shmoller va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir.
Uchinchi davr XX asrning 30-yillarigacha davom etib «Eng yangi tarixiy maktab»
davri yoki qisqacha «ijtimoiy yo'nalish» nomini oldi. V.Zombart va M.Veberlar
uning asosiy mualliflari edilar. Biz ushbu maktablar namoyondalarining
qarashlarini o'rganishdan boshlaymiz. «Yangi tarixiy maktab» va «ijtimoiy
yo'nalish»ni esa ularning ko'pgina qarash va fikrlarining yaqinligi sababli
birgalikda ko'rib chiqamiz. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanida tarixiy maktabni uch
taniqli olimlar: Rosher, Knis va Gildebrandlarnng ijodi bilan bog'lab o'rganilsa-da,
bu yo'nalishda yana boshqa ko'pgina olimlar ham ish olib borganliklarini
aytishimiz zarurdir. Shunday bo'lsa ham, bu professorlar tarixiy maktabning asosiy
namoyandalari bo'lib, iqtisodiy nazariyaga katta hissa qo'shdilar. Gettingem va
Leypsig dorilfununlarining professori Vilgelm Georg Fridrix Rosher (1817-1894)
Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi hisoblanadi. 1843 yilda u «Tarixiy
usul nuqtai nazaridan siyosiy iqtisod kursining qisqa asoslari» kitobini chiqardi.
Iqtisodiy qonunlarning ob'ektivligini rad qilish bu ta'limotning o'zagidir. V.Rosher
ijtimoiy iqtisodiyotning umumiy qonuniyati yo'q, balki faqat iqtisodiy omillar
taraqqiyotininggina qonunlari bor, deb da'vo qilgan edi. Siyosiy iqtisod millat
oldida burch tuyg'usiga ega bo'lgan ma'naviy fandir. V.Rosher siyosiy iqtisod
predmetini ta'riflashda Listning sistemasini to'la-to'kis qabul qilib olib, jamiyat
asta-sekin rivojlanadi deb hisobladi va sinfiy kurash mavjudligini inkor etdi.
Rosher urushning madhiyachisi edi, u urushni tabiiy holat deb hisobladi va
Germaniyani mustamlakalar va ta'sir doiralarini bosib olishga chaqirdi. Rosher
tarixiy fiziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu usul kapitalizm
taraqqiyotining prusscha yo'lini, unga xos bo'lgan feodal sarqitlarni (dehqonlarning
er egalariga bo'ysunishi, xunarmandlarning uyushmalariga va tabaqalariga xos
cheklashlarini) tarixan oqlashdan va ko'klarga ko'tarib maqtashdan, faktlarni
to'plashdan va shu faktlarni tarixiy o'xshashliklar asosida izohlashdan iborat.
O'zining nazariy qoidalarida Rosher qiymatni iste'mol qiymatidan (foydalilikdan)
iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste'mol uchun mo'ljallangan har qanday
mehnatni tushundi. J.V.Seyning ishlab chiqarishning uch omili nazariyasini
V.Rosher tarixiy usul pozisiyalarida turib talqin etdi. Foydani kapitalistlar
mehnatining natijasi deb e'lon qilib, daromadlarni taqsimlashda uyg'unlik
hukmronlik qiladi, tenglik esa iqtisodiy taraqqiyot omili bo'lib xizmat qiladi deb
hisobladi
4-savol ►
P.J.Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi va K.Rodbertusning iqtisodiy g’oyalari.
Prudonizm Per Jozef Prudon (1809-1865) - fransuz publisti, mayda ishlab
chiqarish nazariyotchisi, kambag'al kosib oilasida tug'ilgan. Moddiy jihatdan
nochorligi sababli kolejdagi o'qishni tugatmagan, sherik hamkorining mablag'i
hisobiga kichik bir bosmaxonani ishlatib, zo'r berib o'z ma'lumotini oshirish bilan
shug'ullangan. Ilmu-fanni o'rganishni avvalo muhtojlikdan qutulish usuli deb
bilgan.
Pyer Jozef Prudon (1809-1865). Mashhur fransuz sotsialistlaridan biri hisoblanadi.
1838 yilda P.Prudon Bezanson akademiyasi tomonidan kam ta'minlangan yosh
olimlarga ajratilgan uch yillik stipendiyani olib Parijga ko'chib o'tdi. Parijda u
J.B.Sey, S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen-Simon, Sh.Fure va boshqa iqtisodchi
olimlar asarlari bilan yaqindan tanishdi. 1840 yilda P.Prudonning «Mulkchilik
nima?» nomli mashhur asari e'lon qilindi. Ushbu asarda kapitalizmni tanqid bosh
mavzu bo'lsada, hali olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 1846 yilda
P.Prudonning «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki qoshshoqlik falsafasi» nomli yana
bir asari e'lon qilindi. Asarda olim kapitalizmni isloh qilishning amaliy dasturini
ishlab chiqishga, siyosiy kurashning behudaligini asoslashga urindi. 1848 yilda
nashrdan chiqqan «Ijtimoiy masalalarning Xal etilini» nomli yangi asarida olim har
qanday inqilobiy chiqishlarni keskin qoralaydi. P. J. Prudon Xalq banklari
konsepsiyasini e'lon qilib xalqni ijtimoiy islohotlarga chorlaydi. P.Prudon siyosiy
iqtisodni «aql-zakovatning abadiy qonunlari» to'g'risidagi fan deb biladi. P.Prudon
va S.Sismondi nazariy qarashlarida biz juda yaqinlik va o'xshashlik hollarini
uchratishimiz mumkin. Ayniqsa ularning uslubiyotlarida bu holat quyidagicha aks
etadi: Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib, boshqarish
mumkin bo'lgan raqobatni topib tashkil etish. Ikkinchidan, xo'jalik hayotini tahlil
qilish jaranida iqtisodiy ko'rsatkich va manbalarni asosiy deb hisoblamasdan, balki
mehribonlik, ahloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalarni, shuningdek
inson hayotining eng oliy ne'mati tenglik va tinchlikni asosiy deb hisoblash.
Uchinchidan, ko'p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda iqtisodiy hodisalarga
nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub qilib olinib, unga alohida e'tibor
berildi. P.Prudon o'zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib chiqqan
islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko'p masalalar xususidagi
fikrlarni bayon etadi. mehnat taqsimoti, tovarning xususiyati, ish haqi, mulkchilik,
daromad va takror ishlab chiqarish kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi.
P.Prudon o'zining eng muhim asarlaridan biri - «Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi....» da
avvalgi mehnat taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan
boylikning ko'payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka,
kambag'allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, mehnat
taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va zararli
xususiyatlarini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o'rinda ijtimoiy
jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari yondashuv sezilib
turadi. Prudon tovarning xususiyatini ham mana shunday pozisiyalardan turib
«tadqiq» qiladi. Uning fikricha, qiymatning abadiy g'oyasi mavjud, bu g'oya
iste'mol qiymati talab va kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati esa taklif va mo'l-
ko'lchilik bilan belgilanadi. Talab bilan taklif o'rtasidagi kurashda tovarning
qiymati yoki narxi belgilanadi. Nazariy jihatdan olganda bu haddan tashqari vulgar
konstruksiyadir: qiymat ayirboshlashda vujudga keladi, u ob'ektiv asosdan mahrum.
U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g'ayriilmiy pozisiyalardan
turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini oshirish uchun kurashiga qarshi
chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning yoppasiga ko'tarilishiga yoki
muhtojlikning kuchayishiga olib borar emish. P.Prudon yollanma ishchini
ekspluatasiya qilish mexanizmini tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni
aynan bir narsa deb talqin etib, butun kapitalning harakatini uning prosent
keltiradigan qismi harakatidan iborat deb talqin etadi. Ssuda kapitalning harakatini
Prudon qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o'rtasidagi bitim deb hisobladi. U
mahsulotning bir qismini kapitalist o'zlashtirib olishini ishlab chiqarish chiqimlari
eniga kapitaldan foydalanganlik uchun prosent qo'shish zarurligi bilan izohlaydi.
Prudonning nazariy sistemasida prosent mehnatni ekspluatasiya qilishning asosiy
shakli tarzida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga u prosent bilan yollanma ishchini
ekspluatasiya qilish mexanizmi o'rtasidagi o'zaro aloqani tushunmaydi. P.Prudon
«belgilangan qiymat» nazariyasini o'zining butun iqtisodiy negizi deb hisobladi.
Bunda klassik maktabdan o'zib ketish pinhona istagigina emas, shu bilan birga
ijtimoiy o'zgartirishlarning yo'llarini belgilash istagi ham namoyon bo'ldi. Tovar
ishlab chiqarishini Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy
mustaqilligining cho'qqisi deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi bo'lgan Prudon
bozor mexanizmining ba'zi bir salbiy jihatlarini: mollarning qalashib ketishini,
nomunosiblikni, xonavayron bo'lish va shu kabilarni tan oladi. Prudon asosiy
iqtisodiy ziddiyatlarni «qiymat»ning ichki ziddiyatlaridan: iste'mol va ayirboshlash
qiymati g'oyalaridan iborat deb biladi. «Belgilangan yoki sun'iy» qiymat murosaga
keltiruvchi timsol bo'lib ko'rinadi. Bunday qiymat ayirboshlashda vujudga keladi.
U tovarning ijtimoiy boylik tarkibiga bemalol kirib borishini bildiradi. Binobarin
tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini bartaraf qilish uchun har bir
tovarga yo belgilangan qiymat qo'yib qo'yish, yoki uning bozorda sotilishiga
kafolat berish, tovar bilan pul o'rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla
bilan kumushni «belgilangan» qiymatga ega bo'lgan dastlabki tovarlar deb ataydi.
P.Prudonning hukumatni bekor qilish g'oyasi islohotlarni amalga oshirish davrida
sinflarning umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o'z mehnatini haqiqiy haqini
oladigan sinfini yuzaga kelishi o'z navbatida hukumat faoliyatini keraksiz qilib
qo'yadi (anarxizm g'oyasi). Prudon kapitalizmni isloh qilish loyihasida mayda
tovar ishlab chiqaruvchining o'z moli sotilishiga kafolat olish, mayda
do'kondorning foizsiz kreditning olish to'g'risidagi asriy orzusini, burjua
ziyolisining kapitalizm sharoitida mutlaq mehnat erkinligi, qiymat qonuni asosida
tenglik imkoniyati to'g'risidagi xomxayollarini ifodalagan edi. Prudonning
«sosializm»i tovar bilan pul o'rtasidagi aloqani soxtalashtirishga asoslangan. Shu
loyihaning muallifi xususiy ishlab chiqarishni tovarni saqlab qolishga, ammo pulni,
ayirboshlashni, ayirboshlash qiymatini yo'q qilib tashlashga intilgan edi. Prudon va
prudonizm o'z davrida ishchilar xarakatiga jiddiy hatar solganligi sababli proletar
ta'limotining asoschilari Prudonning mayda ishlab chiqarish reformizmiga
(islohotchiligiga) qarshi murosasiz kurashdilar. Uni proletariatga dushman va
revolyusion harakatga halaqit beruvchi bir oqim deb fosh qildilar.Bu kurashni
K.Marks XIX asrning 40-yillari o'rtalaridayoq «Falsafa qashshoqligi» asarini
tayyorlashdan boshladi va marksizm rivojining keyingi davrlarida ham shu kurash
davom etdi.
5-savol ► K.Rodbertusning iqtisodiy g’oyalari
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada, Shimoliy
Greyfsvoldda 1805 yilda tug'ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida huquqdan
tahsil olib, shu mutaxassislik bo'yicha ma'lum vaqt ishladi. Burjua demokratik
revolyusiyasi yillarida parlament a'zosi, keyinchalik vazir (ministr) lavozimlarida
faoliyat ko'rsatdi. K.Rodbertus Germaniya mayda burjua iqtisodiy ta'limoti vakili
bo'lib, Sen-Simon va sosialist-rikardochilar g'oyalari ta'sirida edi. U xayoliy
sosializm va konservativ reformizm g'oyalari asosida o'zining eklektik
konsepsiyasini yaratdi. 1842 yilda K.Rodbertus «Davlat-xo'jalik tizimimizni bilish
yo'lida» deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sosial xatlar»
shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo'shimcha qiymat nazariyasini ko'rsatib
o'tdi. U o'z fikrlarini yakunlab, shunday deb yozadi: «Agar ishlab chiqarish
qanchalik yuqori Karl Iogann Rodbertus- Yagesov (1805- 1875y.)
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o'lchovi sifatida oltin va kumushdan
yuqori turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |