Klassik iqtisodiy maktabning yakunlanishi
Reja:
1. J.S. Millning iqtisodiy qarashlari
2. T.Maltusning iqtisodiy qarashlari, (Aholi nazariyasi yoki Nufus qonuni)
3. J.B. Seyning iqtisodiy ta’limoti. Sey qonuni.
4. P.J. Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi. K. Rodbertusning iqtisodiy
g’oyalari.
5. K. Marks uslubiyoti. K.Marksning qiymatning mehnat nazariyasi.
Mavzuning qisqacha tafsiloti. Millning iqtisodiy faoliyat doirasi va metodik
yondoshuvini 1836 yilda nashr qilingan Seniorning “Siyosiy iqtisodiyot haqida”
ocherki va Millning 1848 yilda nashr qilingan “Siyosiy iqtisodiyotning bir necha
o‘matilmagan savollari”1 asarlarida metodikadagi yondoshuvlari ochib berilgan.
Mill iqtisodni gipotezlardan iborat fan deb hisoblagan, qildi va shunday
tahminlardan hulosalar chiqardi. Chunki tajribali metod iqtisodiyotchilar uchun
yaroqli emas, ular deduktiv metodga javob berishlari kerak va tabiiy fanlarda shu
darajada samarali bo‘lgan induktiv metodlardan foydalana olmaydi. Ammo Mill
iqtisodchilar hayotni faktlar bilan taqqoslanish orqali ajratilishi kerak bo‘lgan
deduktiv madellarini , keltirib chiqardi degan hulosalarni bergan.
J.S. Millning iqtisodiy qarashlari
Jon Styuart Mill (1806-18733.) Klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri.
J.S. Mill (1806 -1873) faqatgina iqtisodiyotga emas shuningdek siyosiy fanga va
filosofiyaga sezilarli darajada hissasini qo’shgan eng g’ayrioddiy va tug’ma
qobiliyat faylasuf edi. Uning ulkan zakovatli kuchlarini yakka keng va shiddatli
ta’lim orqali to’ldirdi.Uning otasi James Mill bolani hayotini qiyinlashtirib o’g’liga
ta’limning ro’li qay darajada ekanligini ko’rsatdi. U 3 yoshligida Grek tilini
o’rganayotgandi va 8 yoshligida Lotin tilini boshladi. Matematika, kimyo, fizika,
logika ilmini o’rgangandan so’ng u 13 yoshida siyosiy iqtisodiyotni o’rganishni
boshladi. Uning rasmiy ta’limi 15 yoshigacha tugallandi va keyingi 4 yilini
Benhamning 5 tomli asarini yozish bilan sarfladi. Keyinchalik biz bu mavzu uning
ta’sirini ko’ramiz. Bu noodatiy kuchli ta’limning psixologik ta’siri oxiyri uning 20
yoshida ruhiy tushkinlik orqali ko’rindi. Ammo kuchli depressiya davri Millning
yanada kuchayishiga sabab bo’lib, uni hamma davrning yetakchi aql idrok egasi
bo’lib qoldishiga xizmat qildi. Garchi J Mill yuksak darajada iqtisodiy
nazariyaning eksperti bo’lishiga qaramay, uning aqliy holatini
iqtisodiyotchilarning odatdagi muroojatidan ko’ra ancha kengroq ijtimoiy
masalalariga yo’naltirdi. Uning otasi va Rikardo uning pessimism holatida u
yahshiroq jamiyatni rivojlantirishni hayoliga keltirilgan ehtiyotkor optimizmni
rivojlantirdi. Garchi u kengroq o’qishiga qaramay uning otasi va David Rikardo va
Smithning klassik iqtisodiyotida uning dastlabki mashg’uloti edi; Sharl Fure va
Sen Simon ijtimoiy yozishmalari, Fransua Kont ba’zida jamiyatshunoslikning otasi
deyilgan, Komtening yozishmalari ya’ni Millni inson ijtimoiy faoliyatini bir
ko’rinishi sifati iqtisodiyotchilarni ko’rsatishiga bosh bo’ldi va nihoyat uning
do’sti keyinchalik uning rafiqasi bo’lgan, Millga uning davrdagi insoniy ijtimoiy
g’oyalarga o’ch bo’lishni o’rgatdi. Mill ikkala klassik liberal va ijtimoiy islohatchi
edi. James Millning iqtisodiy g’oyalaridagi holatini belgilash qiyin bo’ldi. U
klassic davrning ohirida yozdi, ammo uning keng fikrliligi uni bir necha yo’llarda
klassik tamoyilni o’zgartirishga imkoniyat berdi. Uning iqtisodiyoti iqtisodiy
fikrning rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi va klassik holatidagi uning
eng o’sgan holatidir. Uning ikki yildan kamroq vaqtda yozilgan “Siyosiy
iqtisodiyot tamoyillari” asari birinchi bo’lib 1848 yilda nashr qilindi va asrning
ohiriga qadar shu sohada standart uning kelgusi 7 ta nashrlariga me’zon bo’lib
qoldi. Kitobni yozish uchun Mill tomonidan sarflangan qisqa vaqt uning
qarashlariga ta’sir qildi ya’ni fan bir necha yechilishi kerak bo’lgan masalalarni
shu darajada rivojlantirdi. U ishonadiki uning asosiy vazifalari Rikardo
faoliyatining tasvirlashini yozish va 19 chi asrda paydo bo’lgan yangi g’oyalarni
uning ichiga birlashtirish edi. Ammo u talab va taklif nazariyasini tahlil qilish bilan
birga xalqaro savdo tamoyillarida ta’kidlanmagan muhim ulushlarni yaratgan asl
faylasuf edi. “Siyosiy xo’jalikning tamoyillari” 1848 y.
Jon Styuart Millning iqtisodiy ta'limotlar rivojidagi o'rnini aniqlash qiyin. U
klassik davrning oxirida ijod qildi, ammo uning keng doirada fikrlay olishi klassik
iqtisodchilar ta'limotlarini o'zgartirishga sabab bo'ldi. Uning iqtisodiy fikrlari bir
vaqtning o'zida klassik iqtisodiyotni yetuklik davri hamda iqtisodiy g'oyalarning
rivojlanishidagi yangi davrning boshlanishi hisoblanadi. Uning ikki yildan kamroq
vaqtda yozilgan “Siyosiy iqtisodiyot tamoyillari” asari birinchi marta 1848 yilda
nashr qilindi va keyingi 7 ta nashrlariga hamda o'z asrining oxiriga qadar shu
sohada standart me'zon bo'lib qoldi. Kitobni yozish uchun Mill tomonidan qisqa
vaqt sarflangan bo'lsada, kitobda uning iqtisodiy qarashlari yaxshi yoritilishi bilan
bir qatorda ushbu fanda yechilishi kerak bo'lgan bir necha muammolar mavjudligi
ta'kidlab o'tilgan. Mill, Rikardo ta'limotini yanada aniqlashtirish hamda bu
ta'limotlarga 19 asrning ikkinchi chorigida paydo bo'lgan yangi ta'limotlarni
qo'shishni o'zining asosiy vazifasi deb hisoblagan. U talab va taklifni tahlil qilishni
rivojlantirish bilan birga xalqaro savdo nazariyalarini rivojlantirishga hissa
qo'shgan buyuk tafakkur egasi bo'lgan. Jon Styuart Mill o'zining “Siyosiy
xo'jalikning tamoyillari” (1848 y) asarida, D.Rikardo tomonidan 1817 yilda
“Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqqa tortish” asarini nashridan so'ng
boshlangan kuchli tanqidlardan D. Rikardoning iqtisodiy ta'limotlaridagi muhim
g'oyalarini qutqarishga harakat qilgan. Millning asarlari uning g'oyalarini eng
yuqori nuqtaga yetganligi bilan ajralib turadi, chunki uning asarlarida klassik
iqtisodiy ta'limotning jiddiy qaytadan ko'rib chiqishini, hamda Rikardonning
ta'limotlarini saqlash uning asosiy kamchiliklarini bartaraf etilishini ko'rishimiz
mumkin. Millni iqtisodiyotga qo'shgan xissasini aytishdan oldin, Rikardo
ta'limotini ko'plab tanqidlaridan bir nechasiga Millning bergan javoblarini tahlil
qilish zarur. Ular uchta asosiy manbaga asoslangan. Birinchisi ingliz iqtisodiyoti
borasida to'plangan amaliy ma'lumotlar va Rikaro iqtisodiy ta'limotlari o'rtasidagi
farqlarning o'sib borayotganligi. Jumladan, Rikardo g'oyasining asosini tashkil
qilgan Maltusning “Nufus qonuni”ga zid ravishda, aholi sonining oshib borishi
bilan kishi boshiga daromadning o'sib borayotganligi, “Nufus qonuni”ga ko'ra
kamayishi kerak edi. Texnologiyalarninng tez rivojlanishi natijasida qishloq
xo'jaligining o'sib borayotganligi, kamaymayotganligi. Ikkinchidan, iqtisodiyot
fani borgan sari kasbga aylanib bormoqda va mos ravishda qabul qilingan
ta'limotlarga ko'proq tanqidiy fikrlar bildiriladi. Akademiklar Rikardoning nazariy
g'oyalari, ya'ni qiymatning mehnat nazariyasi va narxlarning belgilashda foydaning
rolini hamda uning talabga bo'lgan ta'sirini aniqlash asosida ishlashni boshlashdi.
Uchinchidan iqtisodiy g'oyalarning texnik tarkibiga e'tibor bermasdan kelyotgan
bir qator gumanitar va jamiyatshunos yozuvchilar, Rikardoning iqtisodiy
ta'limotlarini o'zida aks ettirgan va rivojlanayotgan kapitalistik iqtisodiyot
ta'limotlarni tanqid qilishdi. Bir qator iqtisodiy ta'limotlar va hodisalar D.Rikardo
ta'limotlarini tanqidi natijasida vujudga keldi. Sey qonuni, D.Rikardo va Djemis
Milllar tomonidan ilgari surilgan nazariya ya'ni, iqtisodiyot avtomatik ravishda
to'liq bandlikni ta'minlashi, talab va taklif asosida o'zini-o'zi tartibga solishi, ba'zi
ortodaksal iqtisodchilar jumladan, K.Marks tomonidan rad qilindi. Bundan tashqari
Fransiya, Shvetsariya, Germaniya va Angliya sotsial adabiyoti namoyondalari
tomonidan, klassik ta'limot ya'ni, iqtisodiy kelishuv kapitalistik iqtisodiyotning
to'siqlardan holi bo'lishi orqali eng yaxshi natijalarga erishishiga shubha bildiriladi.
19 asrdagi bu ta'limotning eng kulminatsiasi Marksning “Kapital”i edi.1 John
Stuart Mill 1817 yildagi nashridan so’ng tezda boshlangan tanqidning
kuchliligidan Rikardoning tamoyillarini muhim g’oyalarini qutqarishga harakat
qilgan. Millning ishi uning eng yuqori nuqtaga yetganligi bilan birga mumtoz
iqtisodiy tamoyiling jiddiy qaytadan ko’rib chiqishini namoyish qilgan, chunki
Rikardonning tamoyilini saqlash uning katta kamchiliklarini tuzatish maqsadi edi.
Millning xissalarini tekshirishdan ilgari shuningdek Rikardo daktarinasining bir
necha ko’plab tanqidlariga javob berayotgan Millning bayonoti zarur edi. Uchta
asosiy manbaga asoslangan ular quyidagilardir. Birinchisi ingliz iqtisodiyotining
operatsiyasidan yig’ilgan amaliy dalil va Ricaro doktarinasi o’rtasidagi farqlarning
o’sib borayotganligi dalili edi. Maltusning aholi nazariyasiga zid, ya’ni Rikardo
g’oyasining asosiy qismi bo’lgan, kishi boshiga daromatning o’sayotganligi yoki
o’smasligi, shuningdek aholi sonining o’sganligi va shiddatli rivojlanib borayotgan
qishloq xo’jaligi tajribasining o’sib borayotganligi, unumdorlikni o’sib borayotgani
dalili edi. Ikkinchidan, iqtisodiyot kasbiy jihatdan o’sib borardi va natijada qabul
qilingan doktarina ko’proq tanqid bo’lardi. Akademiklar Rikardoning nazariy
g’oyalari asosida ishlashni boshlashdi ya’niki uning qiymatning ishchi kuchi
nazariyasi va narxlarning belgilashda foydalarning ro’lini va uning talabga bo’lgan
munosabatini topishdi. Uchunchidan iqtisodiy fikrlardan mamnun holatda
texnikani e’tiborsiz qoldirayotgan bir necha gumanitar va jamiyatshunos
yozuvchilar Ricardoning nazariy strukturasini namoyish qilgan aniq kapitalistik
iqtisodiyotning asoslariga hujum qildi. Iqtisodiyot farazidagi bir necha kelgusi
rivojlanishlar Rikardioning farazining shunday tanqididan aniqlandi. Seyning
qonuni- Say rivojlantirgan nazariya ya’ni, iqtisodiyot avtomatik ravishda talab va
taklif asosida o’zini-o’zi tartibga solishi. Klassik tushunca ya’ni, iqtisodiy kelishuv
kapitalistik iqtisodiyotning to’siqlardan holi bo’lishi orqali eng yahshi natijalarga
erishildi. Bu farazning eng kulminatsiasi Marksning kapitali edi. Tanqidning asosiy
qismi ko’proq iqtisodiyotni o’rganayotgan kishilarga to’g’ri keladi. Ular
iqtisodiyotning asosiy faoliyat doirasi va metodini batavsil anglashga va klassik
tizimining asosiy unsurlarini aniqlashga harakat qildi. Ularning asosiy maqsadi
Maltusning aholi doktarinasini, ya’ni qishloq xo’jaligining unumdorligini tushib
borayotganligi va oylik maosh fond doktarinasi, nisbiy narxlar oshganligini
bilishda talab va taklifning roli va foydalar narxlar orqali belgilanishida
qiymatning mehnat kuchi nazariyasini, qiymat nazariyasi bilan qayta isbotlash edi.
Uzoq davr mobaynida tovar bahosi uning ishlab chiqarish xarajatlardan past
bo’lishi mumkin emas, negaki hech kim o’z zarariga ishlashni xohlamaydi.
Shuning uchun talab va taklif o’rtasidagi barqaror muvozanat «qachonki buyumlar
bir-biriga faqat ularning ishlab chiqarish xarajatlariga mos ravishda
ayirboshlangandagina o’rnatiladi». Kapital va foyda nazariyasi. J.S.Mill jamg’arish
natijasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari zaxirasini kapital deb atagan.
Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan chegaralanadi. Kapitalning har bir
ko’payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib keladi. Agar mehnat qilishga
qobiliyatli kishilar topilsa va ular eyishi uchun ovqat bo’lsa, ulardan qandaydir
ishlab chiqarishda doimo foydalanish mumkin. Chunki investitsiyaning asosi
sifatida kapitalning tashkil topishi ish bilan bandlik doirasini kengaytirish imkonini
beradi va agar «boylarning unumsiz xarajatlari» hisobga olinmasa, ishsizlikka
barham berishi mumkin. Ammo J.S.Millning ta’kidlashicha, kapitalning
rivojlanishiga boshqa cheklanishlar ham xos. Ularning biri - kapitaldan keladigan
daromadlarning kamayishidir. Uni J.S.Mill kapitalning me’yorli unumdorligining
pasayishi sababli kelib chiqadi, deb tushuntiradi. Masalan, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari miqdorini ko’paytirish ushbu miqdor ekvivalentiga nisbatan ko’proq
mehnat sarflash evazigagina bo’lishi mumkin. Boshqacha bo’lishi aslo mumkin
emas. Umuman, foyda to’g’risidagi savolni tushuntirib berishda J.S.Mill
D.Rikardo qarashlariga asoslanadi. O’rtacha foyda me’yorining vujudga kelishi
shunga olib keladiki, bunda foyda ishlatilayotgan kapitalga mutanosib bo’ladi,
baho esa - xarajatlarga. «Sarf-xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil
bo’lgan joyda foyda ham bir xil bo’lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib
tarzda ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha ayirboshlanishi kerak, ishlab chiqarish
xarajatlari bir xil bo’lgan narsalar bir xil qiymatga ega bo’lishlari kerak, shuning
uchun faqatgina bir xil xarajatlar bir xil daromad olib keladi». J.S.Millning
yozishicha, rentaga o’xshagan, maxsus ko’rinishga ega bo’lgan foyda ham amal
qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi yoki
savdogar to’g’risida boradi. Modomiki, uning raqobatchilari bunday ustunlikka ega
emas ekan, unda «u mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish
xarajatlariga qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin.
Bunda ... ustunlikka ega bo’lgan kishi renta oluvchiga o’xshab ketadi». J.S.Mill
foydaning vujudga kelish sababini xuddi A.Smit va D.Rikardo kabi tushuntiradi:
«Foyda ayirboshlash natijasida emas..., balki mehnatning unumdorlik kuchi
natijasida vujudga keladi. Agar mamlakatdagi barcha mehnatkashlar tomonidan
yaratilgan mahsulot, mehnatkashlar ish haqi ko’rinishida iste’mol qiladigan
mahsulotdan 20 foizga ko’p bo’lsa, unda bahoning qanday bo’lishidan qat’iy nazar,
foyda 20 foizni tashkil
Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi. Iqtisodiy taraqqiyot, J.S. Mill ta’limoti bo’yicha,
fan-texnika taraqqiyoti, shaxsning va mulkning rivojlanishi bilan bog’liq. Ishlab
chiqarish va jamg’arish ko’payadi, soliqlar ancha erkinlashadi, ko’pchilik
kishilarning ishbilarmonligi oshadi, kooperatsiya takomillashib va rivojlanib
boradi. Bularning barchasi samaradorlikning o’sishiga, ya’ni ishlab chiqarish
xarajatlarining kamayishiga va qiymatning pasayishiga olib keladi (oziq-ovqat va
xom ashyo qiymatidan tashqari). J.S.Millda kapital evalyutsiyasi D.Rikardo
nazariyasiga o’xsh ab ketadi. Foyda me’yori pasayib boradi, asta-sekin minimum
darajaga intiladi, lekin bu holat hali ham kapitalni jamg’arishga va jamg’arilgan
vositalardan unumli foydalanishga undaydi. Foiz me’yorining minimum darajasiga
bo’lgan intilishni chetga kapital chiqarish va eksportni ko’paytirish bilan
sekinlashtirish mumkin. Bunda foyda me’yorini pasaytiruvchi kapitalning ortiqcha
qismi chetga chiqib ketadi; bu erda kapital yo’qolmaydi, balki u yangi bozorlarni
tashkil etish va chetdan arzon tovarlarni olib kelish uchun ishlatiladi. Kapitalning
bir qismining chetga chiqib ketishi foydani va foiz me’yorini oshirib, jamg’armaga
bo’lgan yangi intilishni keltirib chiqaradi. U, shuningdek, foyda me’yorining
pasayish moyilligi davlat xarajatlarini oshirishga qarshi bo’l gan dalillarni
kuchsizlantiradi, deb hisoblaydi. Ko’rilayotgan kapital harakatning oxirgi natijasi -
bu iqtisodiy yuksalish uchun kurash to’xtagan paytdagi turg’unlik holati
hisoblanadi. Ammo J.S.Mill, agar turg’unlik holati ishlab chiqarishning yuqori
darajasida yuzaga kelgan bo’lsa, unga ijobiy munosabatda bo’lgan «Faqat
dunyodagi qoloq mamlakatlarda ishlab chiqarishni ko’paytirish eng asosiy vazifa
hisoblanadi. Ancha rivojlangan mamlakatlarda taqsimotni takomillashtirish
iqtisodiy zaruratga aylandi». Uning fikriga ko’ra, hech kim kambag’al bo’lmagan,
hech kim boylikka intilmagan va birovlarning oldinga chiqib olishga qilgan
harakati tufayli boshqalarning orqaga surib tashlanishi xavfi bo’lmagan
vaziyatdagi jamiyat, odamlar uchun eng yaxshi yashaydigan jamiyat hisoblanadi.
Bunday turg’unlik davrida madaniyatning barcha shakllarini rivojlantirish uchun,
ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyot uchun imkoniyatlar hech cheklanmagan bo’ladi.
Odam o’zi yaratmagan narsalarga uning egalik qilish huquqini adolatsizlik deb
hisoblovchi xususiy mulk tanqidiga J.S.Mill qarshi chiqdi. Masalan, ishchilar
fabrikada barcha mahsulotni yaratadi, lekin uning ko’pchilik qismi boshqa birovga
tegadi. «Bu e’tirozga javob shundan iboratki, fabrikada mehnat tovar ishlab
chiqarish uchun zarur bo’lgan sharoitlarning biri hisoblanadi, xolos. Ishni
materiallarsiz, asbob-uskunalarsiz hamda ishlab chiqarish paytida ishchilarni
ta’minlash uchun oldindan tayyorlangan yashash vositalari zaxiralarisiz bajarib
bo’lmaydi. Bu narsalarning hammasi o’tgan mehnat mahsuli hisoblanadi. Agar
ishchilar bu narsalarga ega bo’lganda, ularda mahsulotni boshqa birovlar bilan
bo’lishishga zarurat bo’lmas edi. Ammo ishchilarda bu narsalar bo’lmaganligi
uchun ular ekvivalentning bir qanchasini (mahsulotlarning bir qismini-muallif)
ushbu narsalarga egalik qiluvchi kishilarga berishi kerak». Ammo xususiy mulk
doirasidan er chiqarib tashlanishi lozim (chunki u mehnat mahsuli hisoblanmaydi).
Ijtimoiy masalalar. Ko’pchilik klassiklarning kontseptsiyasida mehnatning qiymati
ishchining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan narsalarning qiymati bilan
aniqlanadi. Ish haqi talab va taklif nisbatiga bog’liq holda mehnat qiymati atrofida
tebranib turadi. Bu qonunning amal qilishi kishilarning xohishiga bog’liq
bo’lmaydi va shuning uchun yollanma ishchilarning ahvolini yaxshilash uchun
yo’naltirilgan har qanday ijtimoiy chora-tadbirlar befoyda. Ishchilarning ahvolini
yaxshilash iqtisodiyotda kapital qo’yilmasini kengaytirish (mehnatga talab oshadi)
yoki aholi o’sishini kamaytirish (mehnat taklifi qisqaradi) bilan amalga oshirilishi
mumkin. J.S.Mill dastlab ushbu tamoyillarni yoqlab chiqqan bo’lsada, ammo
keyinchalik undan voz kechadi. Sotsialistlar g’oyasining ta’siri va taqsimot
qonunlarining tarixiy xarakterini tan olishi (tarixiy bo’lganidan ularni o’zgartirish
mumkin), ingliz iqtisodchisini klassik maktabning qator qoidalaridan voz
kechishga majbur etdi. U ijtimoiy islohotlarning keng dasturini ilgari surdi va o’z
takliflarini bildirdi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1. Ishlab chiqarish
kooperatsiyasini rivojlantirish yo’li bilan yollanma mehnatni tugatish, J.S.Mill
fikricha, mehnatga bo’lgan qiziqishni yo’qotadi. Shuning uchun kapitalistik
korxonalar o’rniga kooperativ birlashmalarni tashkil etish zarur, unda ishchilar bir
vaqtning o’zida mulk egasi ham hisoblanadi. U kasaba uyushmalarining
rivojlanishi, kapitalistik korxonalarning foydasini taqsimlashda ishchilarning
ishtirok etishi tarafdori bo’lgan. 2. Yer rentasini yer solig’i yordamida
umumlashtirish. Renta yollanma mehnat kabi iqtisodiy erkinlik tamoyillariga zid.
Renta yer egasiga emas, balki jamoaga (qishloq kooperativlariga) yoki barcha
jamiyatga tegishli bo’lishi kerak. 3. J.S. Mill mayda yer egalarini qo’llab-
quvvatlaydi. Uning fikricha, o’z erida ishlovchi ko’pchilik dehqonlar renta
to’lashdan ozod, ular mustaqil va tashabbuskor, shuningdek, yollanma ishchilardan
farqli ravishda haddan tashqari o’z oilasini kengaytirishga moyil emas. J.S. Mill
o’zining ijtimoiy islohotlar dasturida «amaldagi individual erkinlik bilan Er
sharidagi tabiiy boyliklarga egalik qilishning umumiyligini va mehnat
daromadlarida barchaning baravar ishtirok etishini birlashtirish»ga harakat qildi.
Bunda u go’yoki bir-biriga qarshi ikki yo’nalish: iqtisodiy erkinlik printsipi bilan
ijtimoiy adolat printsipini birlashtirmoqchi bo’lgandek tuyuladi. Ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tajribasi buning mumkin ekanligini ko’rsatib berdi.
Fredrix Bastia 1801 yilning 30 iyun sanasida Fransiyaning Bayonna Shaharchasida
tug’ilgan.
XIX asrning 40-50 yillarida fransuz va xalqaro ishbilarmonlar orasida F.Bastianing
(1801-1850) nomi va uning iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. U boy fransuz
ishbilarmoni oilasida tug'ildi. Bastiya 40-yillari bir qancha pamfletlar chiqarib,
ularda erkin savdo foydasiga proteksionizmni inkor etuvchi, vino ishlab
chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi, sosialistik g'oyalarga qarshi bo'lgan
qarashlarni faol targ'ib etdi. Bu pamfletlar g'oyasi mazmun jihatdan original
bo'lmasa-da, yorqin yozilish shakli bilan ajralib turadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |