Moliyaviy menejment



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/45
Sana26.02.2022
Hajmi1,26 Mb.
#471255
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Bog'liq
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni takomillashtirish

1.2.
 
O`zbekiston Respublikasi G’aznachiligining budjet mablag’laridan 
samarali foydalanish va tartibga solishdagi o'ziga xos o'rni. 
O'zbekiston 
Respublikasida 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
va 
modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy 
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, 
davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda 
davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik 
vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va 
usullarini o'zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab 
etiladi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya 
tizimining bosh bo'g’ini - davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil 
etish tizimidagi islohotlar, xususan budjet ijrosida kassali tizimdan jahon 
amaliyotida sinalgan va o'zining ijobiy natijalarini bergan davlat budjetining 
g’azna ijrosiga o'tish amalga oshirilmoqda.
Jahon tajribasida davlat budjeti ijrosining bir nechta shakllari amal qiladi: 

Davlat budjetining kassaviy ijrosi; 

Davlat budjetining g’azna ijrosi; 

Davlat budjeti ijrosining aralash tizimi. 
Davlat budjetining kassaviy ijrosi amalda bo’lgan sharoitda Markaziy 
bank va uning topshirig’iga muvofiq tijorat banklari davlat budjetining kassa 
ijrosini amalga oshiradilar. Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish
shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish (g’azna 
ijrosiga o’tmasdan oldingi tizimda) O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga 
oshirilar edi. 
Lekin, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida budjet ijrosida bank tizimidan 
foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqardi:


21 

budjet daromadlari va xarajatlari to'g’risidagi axborotlarning yetarli 
darajada operativ (tezkor) emasligi; 

daromadlarning 
bank 
hisobraqamlariga 
tushishi 
va 
budjetning 
hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois budjet 
resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi; 

Soliq daromadlarining budjet tizimi bo'g’inlari o'rtasida taqsimlanish 
jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini 
jadallashtirishning zarurligi; 

budjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to'lovlar 
summalari ko'rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi 
va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi; 

budjet 
tashkilotlarining 
hisobraqamlarida 
ishlatilmayotgan 
budjet 
mablag’larining turib qolishi; 

budjet mablag’larining ajratilishi bilan ularning so'nggi iste'molchilarga 
yetib borishigacha bo'lgan vaqtning uzoqligi; 
Sanab o'tilgan holatlar davlat budjetining kassaviy ijrosidan g’azna 
ijrosiga o'tishning zarurligini belgilab berdi. 
G’aznachilikda davlat budjeti mablag’larini boshqarish shundan iborat 
bo'ladiki, g’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va g’aznachilikning 
boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag’larini, davlat budjetining 
xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo'naltirish, 
shuningdek, davlat budjeti bo'sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa 
aktivlarini vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetga, shuningdek, davlat 
maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari berish yo'li bilan boshqarib boradi. 
G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o'tkazish yagona g’azna 
hisobraqamidan yoki g’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat 
budjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning 
bank hisobraqamlariga o'tkaziladi.


22 
Budjetni g’aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari 
mavjud:

qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va 
uning istiqbol ko'rsatkichlarini aniqlash; 

davlat moliyasining holati to'g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish, qayta 
ishlash va tahlil qilish; 

davlat budjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismini kassali 
ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o'tkazish; 

tasdiqlangan budjet mablag’lari doirasida budjet tashkilotlarini tovarlar va 
xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish 
bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish; 

moliya organlari tomonidan budjet xarajatlarini o'z vaqtida va manzilli 
moliyalashtirish bilan budjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari 
tomonidan suiste’mol qilish va noto'g’ri ishlatishning oldini olish 
maqsadida joriy nazorat qilish; 
O'zbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro valyuta jamg’armasi 
o'rtasida 2002 yilda imzolangan Memorandumda iqtisodiy islohotlarni 
kengaytirish va chuqurlashtirish ishlari bilan birgalikda davlat xarajatlarini 
boshqarishni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Ular qatorida 
respublikada g’aznachilik tizimini joriy qilinishi eng muhim vazifa deb e'tirof 
etilib, u hukumatimizning yaqin kelajakdagi davlat moliyasi siyosatining 
negizini tashkil etadi. 
Loyihani amalga oshirish ishlari 2002-2006 yillarni qamrab oladi. Mana 
shu munosabat bilan 2002 yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2002 yil 26 apreldagi 144-sonli «Davlat moliyasini 
boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-
tadbirlari to'g’risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan loyihani 
tayyorlash va amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida 
muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilindi va u hozirda ish olib bormoqda. 


23 
Loyihaning asosiy maqsadlari bu davlat moliyasini boshqarishni 
takomillashtirish, Davlat budjetini tayyorlash jarayonini isloh qilish va Davlat 
budjeti ijrosini g‘aznachilik shakliga o‘tish orqali budjet mablag‘larini samarali 
sarflanishini ta’minlashdan iboratdir.
Davlat moliyasini boshqarish isloh qilish uchun Hukumat tomonidan 
ajratilgan mablag‘lardan tashqari Jahon banki tomonidan — 14,2 mln. dollarlik 
kredit, Yaponiya hukumati tomonidan — 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan — 
2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan — 0,2 mln. dollarlik 
grantlar ajratilgan.
Respublikada davlat moliyasini isloh qilish dasturi xarajatlarni samarali 
boshqarish, pul-kredit intizomini mustahkamlash va ajratmalarni oldingi 
vazifalarni nazarda tutgan holda taqsimlash, budjet ijrosi va budjet nazoratini 
samarali ta’minlash, uning tiniqligini oshirish va davlat mablag‘larini 
ishlatganligi uchun hisobotni takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Mazkur 
maqsadlarga erishish uchun budjet ijrosi va uni tayyorlashni takomillashtirish, 
shu jumladan, g‘aznachilik tizimini joriy qilish va uni barcha zaruriy jihozlar, 
axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirildi.
G‘aznachilik tizimini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ishlar 
quyidagilardan tashkil topdi:

kelgusida budjet daromadlari va xarajatlari bo'yicha barcha operatsiyalar 
turli banklarda ochilgan ko'plab budjet hisob raqamlari o'rniga Markaziy 
bankda 
ochiladigan 
Moliya 
vazirligi 
g’aznasining 
Yagona 
hisobvaraqasiga jamlantirildi; 

budjet tashkilotlari xarajatlarini hisobga olish va budjet mablag’laridan 
foydalanishni nazorat qilish hamda hisobotlar tayyorlash uchun ularning 
shaxsiy hisobvaraqalari g’aznachilikda ochildi; 

bank o'rniga g’azna tomonidan budjet kassa ijrosini amalga oshirilishi 
va budjet jarayoni barcha bosqichlari ya'ni daromad tushimi, budjet 
mablag’lari ajratishdan tortib budjet ijrosi hisobotini tayyorlashgacha 
bo'lgan ishlar birlashtirildi; 


24 

zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni qo'llagan 
holda g’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratildi va u banklarning 
elektron to'lov tizimiga ulandi. Bu esa davlat budjeti daromadlari va 
xarajatlari kassa ijrosini kunlik monitoringini ta'minladi hamda barcha 
darajadagi budjetlar ahvoli haqida ma'lumotlarni tezkor yig’ish, qayta 
ishlash va tahlil qilishni ta'minlandi. Mamlakatimizda tasdiqlangan loyiha 
asosida g’aznachilik tizimini joriy qilish ishlari tashkiliy-huquqiy, texnik-
iqtisodiy va kadrlarni o'qitish va qayta o'qitish ishlarini o'z ichiga oladi. 
G’aznachilik tizimining tuzilmasi uch pog’onali bo'ladi: 

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish