M. Abuzalova, G. Haqulova,Sh. G’ulomova Hozirgi o`zbek adabiy tili (Morfologiya)


-mashq.Quyida berilgan fikrni izohlang.Unga hikoyat va



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana26.02.2022
Hajmi0,64 Mb.
#470271
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili (Morfologiya) (M.Abuzalova, G.Haqulova,Sh.G’ulomova)

51-mashq.Quyida berilgan fikrni izohlang.Unga hikoyat va 
hikmatlardan misollar keltiring. 


34 
Odam bordir, odamlarning naqshidir, 
Odam borki, hayvon undan yaxshidir.(Alisher Navoiy

52-mashq.Matnni o’qing. Yuklamalarning ma’nosi va yozilishiga 
izoh bering
.
Vatan madhi 
Vatandan shirinroq hech narsa yo’q.Axir, odamlar nimaniki muqaddas deb 
hisoblasa, nimaniki teran mazmun bilan sug’orilgan, deb bilsa, bularning barini 
ularga Vatan o’rgatgan emasmi? Mayli, ko’pgina odamlar o’zga yurtlarning qudrati-
yu ajoyibotidan zavqlansin, imoratlarning dabdaba-yu vasvasasiga qoyil qolsin, lekin 
hamma Vatanini sevadi.O’zga yurtlarning behisob mo’jizalarini ko’pchilik ko’rgan, 
ammo hech kim ularga mahliyo bo’lib o’z yurtini unutib qo’ygan emas-ku?! 
Barcha odamlar Ollohdan Vatanini farovonlikda boshqa shaharlarga teng qilishni
so’raydi-yu, lekin tanlashga kelganda har qancha faqiru ko’rimsiz bo’lsa-da, faqat
o’z Vatanini tanlaydi. 
Vatan hamma odamlar uchun shu qadar azizki, qonun chiqaruvchilar
hamma joyda eng katta jinoyatlar uchun oliy jazo sifatida Vatandan badarg’a
qilishni belgilab qo’yishgan.Axir, janglarda safda turganlar uchun eng oliy, eng
ulug’ xitob- Vatan uchun jangga undaydigan xitobdir.Bu xitobni eshitgan
hech bir odam undan bo’yin tovlashni o’ziga munosib bilmaydi-da.Negaki, “Vatan” 
so’zi hurkak odamga ham jasorat bag’ishlaydi. 
53-mashq.Matnni o’qing.Yordamchi va alohida so’zlarni topib,
ularning ishlatilish o’rinlariga diqqat qiling

…Men uchinchi bo'lib so'zga chiqdim... O'sha kuni shamollab qolgan ekanman. 
To'rt kun yotib oldim. Darmonim qurib ishga ketayotsam, rais qovoq-dimog'ini 
osiltirib, 
samovarning so'risida o'tiribdi. Indamay o'tib ketish uyat. Odobdan emas. Qo'rqa-
pisa salomlashdim. U meni ko'rdi-yu, ko'zlari yashnab ketdi.


35 
- E, bormisan? Juda uzoq yotib olding-ku. Bu yoqda shuncha ish, shuncha joydan 
taklif. Sen bo'lsang, arzimagan kasalni bahona qilib yotibsan. Allaqayoqdan polvon 
kelayotgan emish, vokzalga chiqib kutib oluvchilar ro'yxatining boshida sen 
turibsan. Shu bugun kech soat yettida poyezd keladi. Kechikmay yetib bor. 
Mashinani tayinlab qo’yganman. Bir nima dey, desam, raisning fe'lidan qo'rqaman. 
Chidadim. Oxiri yorildim: 
- Axir, rais buva, bu yoqda shuncha... 
Aytdim-ku, rais og'iz ochgani qo'ymaydi deb, urishib berdi. 
- Uncha-muncha odam qadam bosolmaydigan joylarga boryapsan. Noz qilma. 
Yigit kishining boshiga baxt bir qo'nadi. Qani tur, tayyorgarligingni 
ko'r.
 
Fizkultura komitetidan telefon qilib, miyamni qoqib qo'limga berishdi. Uyaltirma-
da, uka. Xuddi soat yettida stantsiyaga chiqdim. Poyezdning oltinchi vagoni. 
Eshigidan bo’yi salkam bir terak keladigan odam tushib kelyapti. Tikilib qarasam, 
bir yili domotdixga borganimda tarvuzni butun yutib o’yin ko'rsatgan polvon. 
Rayonimizga tosh o'ynashni ko'rsatgani kelgan ekan. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish