O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti



Download 269,59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana26.02.2022
Hajmi269,59 Kb.
#470221
TuriРеферат
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ishlab chiqarishda xavfsizlikni taminlashda inson omili (1)



O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim 
vazirligi 
Toshkent to`qimachilik va yengil sanoat instituti 
 
 
 
 
Avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa fakulteti 
Menejment kafedrasi 13b-12 guruh talabasi 
Boltayev Ro`zmamat 
Strategik menejment fanidan
РЕФЕРАТ 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 2015 y. 


 
MAVZU. DIVERSIYALASHGAN KORPORATIV STRATEGIYA 
REJA: 
 
1. 
KORPORATSIYANING O’SISHI VA RIVOJLANISHI. 
2. 
DIVERSIYALASHNI QO’LLASH. 
3. 
VERTIKAL INTEGRATSIYA. 
 


 
1. Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi. 
Ko’pchilik kompaniyalar o’z faoliyatlarini katta bo’lmagan tor ixtisosli 
korxona sifatida maxalliy va xududiy bozorlarga xizmat ko’rsatib boshlaydilar. 
Boshlang’ich bosqichda mahsulot assortimenti katta bo’lmaydi, o’z mablag’lari 
cheklangan, raqobat pozitsiyalari zaif bo’ladi. Ko’p yosh kompaniyalar bozordagi 
ulushini oshirib va xaridorlar e'tiborini qozona borib, odatda sotuv xajmlarini 
oshirishga xarakat qiladilar. Narx, sifat, xizmat ko’rsatish va reklama xaridorlar 
manfaatlariga bo’ysundiriladi. 
Keyingi bosqichda geografik ekspansiya uchun imkoniyatlar axtariladi. U 
shunday davomiylikda kechadi: maxalliy, xududiy-milliy-xalqaro bozorlar. 
Bozorlarga kirib borish darajasi rentabellik darajasiga bog’lik ravishda o’zgarib 
turadi. 
Kompaniya bir tarmoqning imkoniyatlaridan foydalanib, daromad olib turar 
ekan, diversiyani amalga oshirishning xech qanday zaruriyati yo’q. Lekin, o’sish 
saloxiyati qisqarib borar ekan boshqa sohalar faoliyatiga diversiya qilish strategik 
jixatdan o’zini oqlaydi yoki to’g’ri bo’ladi.
Bunday strategik imkoniyatlar turlichadir. Kompaniya turdosh tarmoq kabi 
o’zi uchun butunlay yangi bo’lgan tarmoqqa ham diversiya qilishi mumkin. Buni 
katta va katta bo’lmagan xajmlarda amalga oshirish mumkin. Biznesning bir turida 
faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalar o’zoq yillar diversiyasiz amal qilib xavas 
qilarli natijalarga erishishlari mumkin. Bunga misollar ko’p. Bir sohada 
konsentratsiya - jamlanish qator foydali tashkiliy va boshqaruv ustunliklariga 
egadir. Birinchidan, konsentratsiya "biz kimmiz va nima bilan shug’ullanamiz" 
degan savoldagi mavxumiylikni istisno qiladi. Bunda barcha kuch biznesning bir 
turiga yo’naltiriladi va raxbariyatning xatti-xarakatlari boshqa sohalarga "sochilib 
ketish" extimoli bo’lmaydi. 
Ikkinchidan, bir sohada jamlanish jiddiy rag’batlar borligini ko’zda tutadi. 
Ular menejerlarni bir daqiqalik foyda olishga emas, firmaning tarmoqdagi raqobat 
pozitsiyalarini o’zoq kelajakda xam mustaxkamlashga rag’batlantiradi. 


Boshqa tomondan, bir yo’nalishda jamlanish, uning xarakatlarini bir 
tomonga yo’naltirish kompaniya uchun katta tavakkalchilik bo’lib hisoblanadi. 
Obrazli qilib aytganda "uning, firmaning barcha tuxumlari bir savatda bo’ladi". 
Sekin o’sayotgan tarmoq sharoitida kuchli kompaniyalar diversiyani 
boshlash uchun naqd pul ortiqchaligidan foydalanish imkoniyatini ko’rib 
chiqishlari kerak. Diversiyani boshlash masalasi qisman kompaniyaning mazkur 
tarmoqda o’sish imkoniyatlariga, qisman uning raqobat pozitsiyalariga bog’liqdir. 
Firma o’zining asosiy ustunliklaridan samarali foydalana oladigan sohalarga 
diversiya qilishi eng yaxshi strategiya bo’lib hisoblanadi. Lekin firma uchun 
butunlay yangi bo’lgan tarmoqlarga diversiyalash, turdosh tarmoqlarning 
birortasiga xam o’sish istiqbollarini ta'minlay olmay qolgan takdirda ko’zda 
tutilishi kerak. Shunday qilib, "qachon diversiyalash kerak?" degan masalani xal 
etish, bir tomondan firmaning bozordagi raqobat pozitsiyasiga, boshqa tomondan 
tub tarmoqdagi qolgan imkoniyatlariga bog’liqdir. Kompaniyalar diversiyani 
amalga oshirishlarining aniq belgilangan vaqti yo’q. 
Kompaniyalar uchun uzoq, muddatli daromadni maksimallashtirishning 
ma'nosi shuki, kompaniya odatda o’z bozori doirasida narxdagi ustunlik, 
tabaqalashtirish va fokuslanish strategiyalari vositasida yaxshi raqobatlashadi. 
Ammo bu strategiyalar (sotishda va ta'minotda strategik ustunliklarga ega bo’lish 
uchun) oldinga va orqaga vertikal integratsiyani xam o’z ichiga olishi mumkin. 
Yana bir imkoniyat kompaniya faoliyatini diversiyalashdir. 
Kompaniyaning o’sishi va rivojlanishi odatda uchta asosiy bosqichdan 
iborat: 

milliy bozorda yakka biznesga ixtisoslashish; 

vertikal integratsiya, yoki asosiy biznesdagi eng kuchli pozitsiya 
tomon global ekspansiya; 

erkin resurslarni biznesning boshqa turiga investitsiyalash yo’li bilan 
diversiyalash. 


Bularning 
barchasi kompaniyaning o’sishiga olib keladi, ammo 
"diversiyalash darajasi" oshgan sari kamayuvchi qaytim "qonuni"ni nazarda tutish 
kerak. 
Ma'lum bir nuqtadan so’ng ekstensiv diversiyalash, vertikal integratsiya va 
biznesning baynalminallashuvi sarflangan kapital birligiga to’g’ri keladigan 
daromadlarning kamayishiga olib keladi, chunki kompaniya birinchi navbatda eng 
daromadli qulay imkoniyatlarni amalga oshiradi, so’ngra eng kam daromad 
keltiruvchi imkoniyatlar qoladi, bu esa firmaning o’sish imkoniyatlarini cheklab 
qo’yadi. Buni 8-rasmda ko’rishimiz mumkin. 
8-rasm. Sarflangan kapital birligiga to’g’ri keladigan qo’shimcha foydaning 
diversiyalash xarajatlariga bog’liqligi. 
Marginal qo’shimcha
boshqaruv xarajatlari 
 
*Diversiyalash xarajatlari 

Download 269,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish