19
2. Mehnat ta‟limining optimallashtirilganlashtirilgan mazmunini
tanlashning pedagogik hamda psixofiziologik asoslari
Inson uning xar tomonlama uyg‗un kamol topishi va faravon shaxs
manfatlarini ro‗yobga chiqarishning sharoitlarini va ta‘sirchan mexanizmlarni
yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulk atrofning andozalarini o‗zgartirish,
Respublikada amalga oshiralayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va
xarakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umum bashariy
qadriyatlar asosida zamonaviy, madaniy, iqtisodiy fan texnika, texnologiyalarning
yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish
O‗zbekiston taraqqiyotining muxim shartidir.
«Kadrlar tayyorlashning milliy dastu‖
2
ta‘lim-tarbiya O‗zbekiston
Respublikasi Ta‘lim to‘g‗risidagi qonunining qoidalariga muvofiq xolda
tayyorlangan bo‗lib, milliy tajribalarning taxlili va ta‘lim tizimidagi, jaxon
miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb hunar
madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy xayotda mustaqil
ravishda mo‗ljalni to‗g‗ri ola bilish maxoratiga ega bo‗lgan istikbol vazifalarini
ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga
yo‗naltirilgandir. Bugungi kundagi umumiy o‗rta ta‘lim o‗quvchilari ertangi
kunning yetuk mutaxasislari va ziyolilari sifatida o‗sib kelayotgan avlod ongi va
ruxiyatiga adolatli vatan bilan faxrlanish, ertangi kunning yetuk insonlari, ertangi
kunga ishonch, milliy g‗urur, iftixor tuyg‗ularini singdirishda shaxsiy o‗rnak
na‘munasi bilan o‗z xissalarini qo‗shmoqlari shart. Chunki ziyolilikning muxim
belgisi umuminsoniy qadriyatlarni bilish, ularni kadrlash, o‗z kasbi sir-
asrorlarining chukur bilimdoni va moxir ustasi bo‗lish kasb etikasi, pedagogikasi
va psixologiyasi asoslarini tulik anglash va ularni o‗z faoliyatida qo‗llashdir.
Demak yangi zamon kishisi o‗z-o‗zini va o‗zgalarni psixologiyasini moxir
bilmog‘i kerak bo‗lsa, umumiy o‗rta ta‘limda o‘qitiladigan mehnat ta‘limi fanining
2
Karimov I.A. Barkamol avlod-O‗zbekiston taraqqiyotining poydevori: O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX
sessiyasida so‗zlagan nutqi, 1997 yil 29 avgust.-T.: 1998.-64 b.
20
optimallashtirilganlashtirilgan mazmunini tanlashning pedagogik hamda
psixofiziologik asoslarini belgilyadi.
Umumiy o‗rta ta‘limning maqsadi ishtirokchilarni madaniy va maishiy, xalq
xo‗jaligining turli sohalarida faoliyat ko‗rsatish uchun zarur bo‗lgan fan
asoslarining tizimli bilimlari, mahorat va malaka bilan qurollantirishdan hamda
maxsus ta‘lim olish (kasb-hunar, texnik, o‗rta, oliy) imkoniyatini yaratishdan
iboratdir.
Umumiy o‗rta ta‘lim tizimi boshlang‗ich (1-4- maktab sinflari) va o‗rta (5-9-
maktab sinflari) ta‘limga bo‗lingan.
Har bir umumta‘lim maktabi ikkala pog‗onada umumiy o‗rta ta‘limni amalga
oshiradi. Bu boshlang‗ich maktabda bitiruvchilarning to‗liq hisobini olib borishni
va umumiy o‗rta ta‘lim tizimida uzluksizlikni ta‘minlaydi.
Umumiy o‗rta ta‘lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini
rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo‗yib, boshlang‗ich
professional
yo‗nalishni
va ta‘limning keyingi pog‗onasini tanlashda
ko‗maklashadi.
Uquv fanlari, umumiy ta‘lim dasturlari ro‗yxati, o‗quv vaqtining davomiyligi
bazisli uquv reja va umumiy o‗rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlari bilan
belgilanadi.
Umumiy o‗rta ta‘lim DTS
3
o‗quvchilar umumta‘lim tayyorgarligiga,
saviyasiga qo‗yiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi. DTS ta‘lim
mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini
belgilaydi.
Ta‘lim mazmunining o‗zagi hisoblangan DTS asosida mamlakat hududida
faoliyat ko‗rsatayotgan turli muassasalarida ta‘limning barqaror darajasini
ta‘minlash sharti amalga oshiiriladi. DTS o‗z mohiyatiga ko‗ra o‗quv dasturi
nizomlar va boshqa meyoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.
3
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi Respublika ta‘lim markazi. Uzviylashtirilgan Davlat ta‘lim
standarti va o‘quv dasturi. Mehnat ta‘limi tasviriy san‘at, chizmachilik, musiqa madaniyati, jismoniy tarbiY.
(1-9 sinflar). Toshkent. Orginal maket ―Ma‘rifat - Pres‖ 2010 y.290 b.
21
Umumiy o‗rta ta‘limning DTS o‗zining tuzilishi va mazmunigsha ko‗ra
davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda
eng asosiysi o‗quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari
ustivorligidvan kelib chiqadi.
DTS bajarish O‗zbekiston respublikasi hududida faoliyat ko‗rsatayotgan
mulkchilik shakli va idoraviy bo‗ysunishidan qat‘iy nazar barcha ta‘lim
muassasalari uchun majburiydir.
Bu DTS
4
umumiy o‗rta ta‘lim maktablari uchun o‗quv dasturi, o‗quv metodik
qo‗llanma, darslik va boshqa meyoriy materiallarni ishlab chiqish, o‗quv tarbiya
jarayonini tashkil etish, hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun zarur bo‗lgan
meyoriy hujjatdir.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktabida mehnat ta‘limi fanini o‗qitishning maqsadi -
o‗quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar turlari
bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko‗nikmalari va malakalarini, mehnatga
qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlash,
ularni ahamiyatini tushuntirishga o‗rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali
ularning kasbgacha bo‗lgan tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining o‗quv rejasida mehnat ta‘limi o‗quv
faniga 1-4 sinflarida haftasiga bir soatdan, 5-7 sinflarida haftasiga ikki soatdan va
8-9 sinflarida haftasiga bir soatdan, jami 408 soat vaqt ajratilgan.
Ushbu yo‗nalishlarning har biri yuzasidan quyidagi bilimlar bo‗yicha o‗zaro
uyg‗unlashtirilgan nazariy bilimlar beriladi va amaliy ish ko‗nikmalari
shakllantiriladi.
Xususan, o‗quvchilarni mehnat ta‘limi sohasida amaliy zamini bilan bir
qatorda yangi kompyuter axborot texnologiyasini ishlab chiqdi va bu jarayonni
joriy etish zarur tadbirlardan biri bo‗lib qoldi. Mazkur maqsadga erishishga
qo‗shimcha 2004 yil 20 fevralda qabul etilgan O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2004-2009 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat
4
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi Respublika ta‘lim markazi. Uzviylashtirilgan Davlat ta‘lim
standarti va o‘quv dasturi. Mehnat ta‘limi tasviriy san‘at, chizmachilik, musiqa madaniyati, jismoniy tarbiY.
(1-9 sinflar). Toshkent. Orginal maket ―Ma‘rifat - Pres‖ 2010 y.290 b.
22
umummilliy dasturida‖ davlat siyosati strategiyasi sifatida e‘tirof etildi. Ta‘limni
modernizatsiyalash strategiyasining asosiy natijasi maktab bitiruvchilari qobiliyati,
bilim, ko‗nikma va malakalari, kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‗ladi
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, ta‘lim mazmunini yangilash deganda
ta‘limning amaldagi mazmunidan voz kechish, degan fikr tushunilmaslik kerak.
Ta‘lim mazmunini birinchi navbatda fan-texnika, ishlab chiqarish hamda jamiyat
hayotining ijtimoiy, siyosiy, ma‘naviy o‗zgarishlarini o‗zida ifodalay olishi kerak.
Shundagina ta‘lim o‗quvchi shaxsiga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb etishi
kerak.
Ta‘lim jarayoni yakunida ko‗zda tutilgan natijalarga, erishish uchun
quyidagilarni amalga oshirish lozim:
1.
O‗quv rejasida ortiqcha o‗quv yuklamalarining miqdorini kamaytirish,
ya‘ni takror va adekvat o‗quv materiallarini integrallashtirishga erishish.
2.
Shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayonini tashkil etishdan iborat.
3.
Talim mazmuni o‗quvchilarni rivojlantiruvchi ahamiyat kasb etishi,
ularning yoshiga mosligi bilan belgilanishini ta‘minlash.
Mehnat ta‘limining optimallashtirilganlashtirilgan mazmunini tanlashning
pedagogik hamda psixofiziologik asoslari mazmunida o‗quvchilarning bilim,
ko‗nikma va malakalarni egallashlarida ularning yosh xususiyatlar psixofizologik
holatlarining o‗zgarishlari, fani o‗zlashtirish darajalari tushunilib o‗quvchining
bilim olishi, elementar tajriba va malakaga tayanib biror ishni muvaffaqiyatli
bajarish imkoniyati tushuniladi. Orttirilgan bilimlar o‗quvchi xatti-harakatining
nazariy asosi hisoblanadi. Bilimlarga asoslanib xatti-harakatlarning ketma-ketligi,
alohida bosqichlari fikran hayoldan o‗tkaziladi. Elementar tajriba o‘quvchilarida
aynan biror faoliyat haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Biror kasb
yoki faoliyat haqida tasavvurga ega bo‗lishda elementar tajriba bilan birga
boshqalarning tajribasini tasavvur qilish ahamiyat kasb etadi. Bu yerda
pedagogning shaxsiy namunasi, novator ishchi, xizmatchilarning ilg‗or tajribasi,
yetuk olim ijodkorlarning ish jarayoni misol bo‗la oladi.
23
Boshqalarning tajribasini o‗zida singdirishning asosiy sharti o‗quvchining
o‗zida elementar tajribaning bo‗lishidir. Bunday tajriba o‗quv mehnati, aqliy
mehnat, ijodkorlik, ratsionalizatorlik yoki oddiy mehnat operatsiyalarini bajarilishi
bilan bog‗liq bo‗lishi mumkin. Bunday elementar tajriba bo‗lmasa xech qanday
ta‘lim natija bermaydi. Berilayotgan ta‘limni qabul qilish uchun o‗quvchi
boshqalar tajribasini o‗zining shaxsiy tajribasi bilan qo‗shishi kerak.
Mehnat ko‗nikmalarini shakllanish jarayonida o‗quvchilar ko‗rish yoki
eshitish orqali faqat harakatlarning qanday bajarilishi xaqida tasavvurga ega
bo‗ladilar. Bu faqat namuna, bajarilishi kerak bo‗lgan ish xaqidagi kirish
instruktaji xisoblanadi. Ko‗nikmaning shakllanishi uchun o‗quvchi bu xarakatlarni
o‗zi bajarib ko‗rishi shart. O‗quvchi bu harakatlarni ko‗rishi jarayonida
boshqalarning tajribasi o‗zining shaxsiy tajribasiga aylana boradi. Harakatlar
tartibga tusha boshlaydi. O‗quvchi harakat strukturasi haqida amaliy tasavvurni
egallaydi. Oldingi harakatlar ayrim, har bir keyingi xarakat oldidan o‗ylash,
chamalash, solishtirish orqali yuz beradi. Ta‘limning turli bosqichlarida
o‗quvchilar mehnat ko‗nikmalarining darajasi xar xil bo‗ladi. Malaka bilimlarga
asoslanib mashq yordamida aylangan faoliyatning avtomatlashgan komponenti
hisoblanadi. Malaka tez va aniq bajarish bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗nikmalarning
avtomatlashgan elementlari sanaladi.
O‗quvchilarning murakkab mashqlarni bajarishi davomida oddiy ko‗nikmalar
murakkab ko‗nikmalarga aylana boshlaydi. Shu bilan birga hamma bilimlar ham
ko‗nikmaga aylanavermaydi. Malakalar bajarilayotgan faoliyatning faqat mahorat
tomonini, ya‘ni ayrim harakatlarni ifodalaydi. Butunicha faoliyat esa elementar
ko‗nikma va elementar ko‗nikmalardan iborat bila turib bajariladigan murakkab
ko‗nikmalarga asoslanib bajariladi. Mehnat ko‗nikmalarining shakllanishi uchun
faqat tafakkurning yoki aqliy faoliyatning o‗zigina yetarli emas.
O‗quvchilarda
murakkab
ko‗nikmalarning,
umumlashgan
safarbar
ko‗nikmalarnnng shakllanishi uchun ular bevosita amaliy mehnat faoliyatida, uzoq
payt mashq bajarishda qatnashishlari shart.
24
Albatta, o‗quvchilarni kasbga tayyorlashda ko‗zda tutilgan va o‗quv rejasida
mo‗ljallangan hamma ko‗nikma va malakalarni yetarli darajada shakllantirishning
ba‘zi obektiv sabablarga ko‗ra (o‗quv jihozlarning yetarli emasligi,
o‗quvchilarning tabiiy o‗ziga xosligi va hokazolar) iloji bo‗lmas. Shuning uchun
ham o‗quvchilarda umumlashgan texnologik ko‗nikma va malakalarning
shakllangan bo‗lishiga erishish lozim.
Mehnat ta‘limining optimallashtirilganlashtirilgan mazmunini tanlashning
pedagogik hamda psixofiziologik jarayonida ularning yosh, psixologik va
fiziologik imkoniyatlarini inobatga olish asosida ish ko‗rish maqsadga muvofiqdir.
Zero, har bir kasb yoki hunar o‗ziga xos bo‗lgan xususiyatlarga ko‗ra uni yo‗lga
qo‗yayotgan mutaxassisdan muayyan sifatlarga ega bo‗lishni taqozo etadi.
Yosh va psixologik xususiyatlariga ko‗ra o‗quvchilar mehnat ta‘limi
darslarida turli mehnat faoliyati turlari va ularni tashkil etish asoslari borasidagi
nazariy va amaliy bilimlarni puxta o‗zlashtirish imkoniyatiga egalar. Zero, yosh va
psixologik xususiyatlari o‗quvchilarda ma‘lum yo‗nalishlarda faoliyat yuritish
borasida o‗zini sinab ko‗rish, o‗z kuchini namoyish etish, o‗z-o‗ziga ishonchni
namoyish etish hissining qaror topishiga zamin hozirlaydi.
Psixologiya fani bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan bizga yaxshi
ma‘lumki, o‗quvchilarda ijtimoiy borliqda ro‗y berayotgan voqea-hodisalarni
kuzatish, ularning mohiyatini anglash hamda ularga nisbatan shaxsiy munosabatni
bildirish va baho berish istagi kuchli bo‗ladi. O‗quvchilar o‗smirlardan farqli
ravishda turmushda o‗z o‗rnini topishga intila boshlaydilar, ularda muayyan kasb
yoki hunar asoslarini o‗rganishga bo‗lgan intilish yuzaga keladi va ular muayyan
mutaxassislik yo‗nalishlarida kasbiy faoliyatni yo‗lga qo‗yish borasidagi kelajak
rejalarini tuza boshlaydilar. Ular ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etish, shaxsiy
imkoniyatlarini namoyish etish, aksariyat holatlarda jasorat, mardlik namunalarini
ko‗rsatishga intiladilar. Biroq o‗quvchilardagi jo‗shqin kuch-g‗ayrat, shijoat,
mardlik va qahramonlik namunalarini ko‗rsatishga bo‗lgan intilish, aksariyat
holatlarda atrof-muhitga, ijtimoiy voqea-hodisalar hamda kishilarga nisbatan
romantik munosabatda bo‗lish, shuningdek, ularning yetarli darajada hayotiy
25
tajribaga ega emasliklari, o‗z bilimlariga ortiq darajada baho berishlari aksariyat
hollarda ular tomonidan ma‘lum xatolarga yo‗l quyilishiga sabab bo‗ladi.
O‗qituvchining
ijodiy
individualligi
uning
individual
xususiyatlari
(fikrlashning ilmiy tarkib topganligi, ishga ijodiy yondashishi, o‗z imkoniyatlarini
ro‗yobga chiqarishga intilishi va boshqalar)ning rivojlanish darajasi bilan
belgilanadi. Mehnat ta‘limi fan o‗qituvchisining ijodiy individualligini
rivojlantirish va takomillashtirishning psixologik-pedagogik shart-sharoitlari
qarama-qarshiligini his qilish, ularning yechimini topish uchun esa o‗ziga xoslik va
maqsadga muvofiqlik kabi kasbiy xislatlarning tarkib topishida namoyon bo‗ladi.
O‗quvchilarning o‗quv materialini o‗zlashtirishi ularda fikrlash jarayonining
samaradorligi, shu o‗quv materialidan mehnat ta‘limi fani uchun zarur bo‗lgan
xulosalarni chiqara bilishi, o‗quv materialini umumlashtira olishi, maqsadiga
erishuvchanligi, o‗z fikrida qat‘iy turishi, o‗quv materialining ta‘lim jarayonidagi
kamchiliklarni to‗ldirishga yordam berishi ham inobatga olinishi zarur. Shuning
uchun o‗quv materialining ilmiy, ta‘limiy-didaktik va axloqiy talablarga javob
beradigan qilib tanlanishi o‗quvchilarning ertangi bilim saviyasi, kelajakda
amaliyotdagi yutug‗i, shaxs sifatidagi takomili majmuasi hamdir.
Demak, mehnat ta‘limi fanini o‗qitishda psixologik – pedagogik
qonuniyatlarni hisobga olinishi bevosita o‗quvchining bilim, ko‗nikmalarini va
malakalarini yuzaga kelishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekan.
O‗quvchining bilim, malaka va ko‗nikmalarini yuzaga kelishi – bu o‗quv
tarbiyaviy jarayonga o‗zining faol munosabatlarini bildirib, qo‗yilgan maqsad va
vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan yondoshib,
komil inson sifatlari bilan birga aqliy kasbiy tafakkurini rivojlantirishga yordam
beruvchi faoliyatdir. Shuning uchun ham ko‗nikma va malakani shakllantirishda,
albatta, har tomonlama takomillashgan chuqur ilmiy bilim zarurdir.
5
mehnat ta‘limi
darslarida o‗quv fan dasturining optimallashtirilgan mazmunda beriladigan
bilimlarning o‗ziga xos sintezini aniqlash va bu sintezda qatnashayotgan
5
Abdurazzoqov O. ―Umumta‘lim maktablarida inklyuziv ta‘limni joriy etish muammolari‖, ―Umumta‘lim
maktablarida psixologik-pedagogik xizmat ko‗rsatish samaradorligini oshirish, uzluksiz kasb-hunarga yo‗naltirish
istiqbollari‖ respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‗plami, Toshkent 2013 y.
26
bilimlarning tabiati, ularning o‗zaro aloqadorligi, tuzilishi va boshqa fanlar bilan
aloqadorligi haqida ma‘lumotlarning ta‘lim jarayonida berib borilishi maqsadga
muvofiqdir.
Shu sababli har bir o‗quvchi uchun o‗rganilishi lozim bo‗lgan bilimlar
to‗plamiga nisbatan uni o‗zlashtirish darajasi kasbiy xarakterga egadir.
Boshlang‗ich holatda bilimlar ketma-ketligi va o‗zaro bog‗liqligi didaktik ko‗rinish
kasb etadi. U bo‗linmagan yoki bo‗linishga loyiq bo‗lmagan voqelik hodisalari
modeli ko‗rinishida qatnashib, qandaydir, nazariyani yoki o‗zini namoyon
etishning boshlang‗ich holatini ifoda etib, bevosita uni bilishga imkoniyat yaratib
beradi. Bunda biror-bir model ustida tahliliy fikr yuritish va xulosa chiqarish
ishlarining olib borilishi, komponentlarning o‗zaro bog‗liqligi, ma‘lum va
noma‘lum tarkibiy qismlar orasidagi bog‗lanishlarda empirik (tajriba, amaliy
faoliyat) tarafdori qonuniyatlarning mavjudligi kuzatiladi va shu asosda to‗g‗ri
xulosalar chiqarishga harakat qilinadi. Bunday bilim va malakalarning
shakllantirilishi texnik masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo‗lib,
o‗quvchining texnologik bilimlari tizimida yetakchi o‗rinda turadi.
Tadqiqotimiz obekti bo‗lgan – Umumiy o‘rta ta‘limda mehnat ta‘limining
optimallashtirilganlashtirilgan mazmunini tanlashning pedagogik hamda
psixofiziologik asoslarini aniqlashda, shuningdek mehnat ta‘limining
optimallashtirilganlashtirilgan mazmunida bilim, ko‗nikma va malakalarni
shakllantirishda psixofiziologik holatni, ahamiyatini o‗rganish muhim jarayon
bo‗lib, bu jarayonni tasavvur qilish qiyin. Yuqoridagi tahlillarga asoslangan holda,
o‗z tadqiqotlarimizda mehnat ta‘limining optimallashtirilganlashtirilgan
mazmunda o‗qitishning ahamiyatini o‗rganishda mazmun va hajm mutanosibligini
ta‘minlash kerak. Mazmun kattalashib ketsa, hajm torayadi va aksincha.
Yuqoridagi fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki tadqiqotlarimizda
mehnat ta‘limini optimallashtirilganlashtirilgan mazmunda o‗qitishda o‗quv fan
dasturini optimallashtirilganlashtirishning ahamiyatini o‗rganishning psixologik va
pedagogik xususiyatlari individuallikning shakllanish va rivojlanish maqsadlarini
tasavvur qilish, ya‘ni o‗quv faoliyat maqsadini belgilash hamda o‗quv faoliyatda
27
muvaffaqiyatga erishishga intilish, o‗quv tasavvurning rivojlanishi, o‗quv faoliyat
sharoitida o‗z emotsional holatlarini boshqarish, shuningdek, ijodiy faoliyatni
amalga oshirishdagi qat‘iyatlilik, maqsadga intiluvchanlik, yechimini topilishi
qiyin bo‗lgan vaziyatlarni yengib o‗ta olish, izlanuvchanlik holatida o‗z-o‗zini
boshqara olish, o‗z texnik yechimlarini tahlil qila olish qobiliyatlarini rivojlantira
olish, ijodkor individual shaxs sifati tasavvurlarning, mustaqil fikrlashning
rivojlanishi kabilardan iborat bo‘ladi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda mehnat ta‘limi o‗quv dasturning
optimallashtirilganlashtirishda quyidagi har xil sharoitlarda amalga oshirish
mumkin bo‗lgan variantlaridan keraklisini tanlash imkoni berilishi kerak.
O‗quvchilar mehnat ta‘limini rivojlantirishning istiqbolli yo‗nalishi uning
yangi texnika va texnologiya bilan tanishtirishga qaratilgan texnikaviy darajasini
oshirishdan iborat. Buning zarurligi zamonaviy ishlab chiqarishning yuqori
darajada texnikaviy ta‘minlanganligi, kompyuter texnikasidan ishlab chiqarish,
noishlab chiqarish hamda boshqaruv sohalarida keng foydalanish bilan yoshlarning
texnikaviy kam tayyorlanganligi orasidagi mavjud ziddiyatlardan kelib chiqadi.
Bunda texnikaviy va texnologik tayyorgarlik deb faqatgina ma‘lum bilim o‗quvlar
yig‗indisi emas, balki shaxsning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish ham
tushuniladi.
Muallifning tashabbusi bilan mehnat ta‘limi dasturi ishlab chiqilgan. V-IX
sinf o‗quvchilarining yuqori texnikaviy darajadagi mehnat ta‘limi dasturi ishlab
chiqilgan, uning mazmunini tanlash uchun asosiy qoidalar zamonaviy ishlab
chiqarishni avtomatlashtirishning yetakchi xususiyatlari hisoblanadi. Bular hozirda
qo‗llanilayotgan texnika va texnologiya insonni ishlab chiqarish jarayonidan
ma‘lum texnologik operatsiyalarning zaruriy bajaruvchisi sifatida ozod qilish va
unga loyihalash, rejalash va boshqarish vazifalarini berishga qaratilganligidan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |