167
O‗quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
Fasl haqida suhbat o‗tkazish.
II. Uy vazifasini so„rash va o„tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‗quvchilar Rahim Bekniyozning «Mo‗jiza» hikoyasini «O‗zaro tekshiruv»
usulida o‗qiydilar. Bunda o‗quvchilar juftliklarda
bir-birlariga navbat bilan
hikoyaning o‗zlari xohlagan bir qismini o‗qib beradilar. Shundan so‗ng o‗qituvchi
ulardan juftiga qo‗ygan bahoni so‗raydi. Ular qo‗ygan baholarini qisqacha izohi
bilan aytadilar.
O‗tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o‗quvchilar hikoya mazmunini
shaxsini o‗zgartirgan holda muallif nomidan so‗zlab beradilar .
III. Yangi mavzuni tushuntirish.
«Rebus»o„yini
O‗quvchilarning topqirlik, ziyraklik kabi
xislatlarini
shakllantirish,
mantiqiy
fikrlash
qobiliyatlarini
rivojlantirish
maqsadida
rebus
yechiladi. Bunda o‗quvchilarga
rasmdan keyin
turgan vergullar shu so‗zdan nechta harfni olib
tashlash, «s=sh» kabi yozuv esa «s» harfi o‗rniga
«sh» harfi o‗qilishi lozimligi haqida eslatma beriladi.
-
Aziz o‗quvchilar, hozir biz siz bilan «Rebus»o‗yinini o‗ynaymiz. Agar siz
bu rebusni to‗g‗ri yechsangiz, bugungi darsimiz mavzusini bilib olasiz.
Yangi mavzu e‘lon qilinadi.
«Xatarli uchrashuv». (Pirimqul Qodirov).
O‗qituvchi hikoya muallifi Pirimqul Qodirov haqida qisqacha ma‘lumot
beradi.
-
Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktabrda Turkiston tizma togʻi
etagidagi Kengqoʻl qishlogʻida tugʻildi. 1951-yildan Oʻrta Osiyo
Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik fakultetini va
1954-yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan.
Filologiya fanlari nomzodi. Birinchi kitobi — «Studentlar» 1950-
yilda chop etilgan. 1958-yilda yozilgan «Uch ildiz» romani 1959-yilda Moskvada
rus tilida chop etildi.
Yozuvchi tugʻilgan togʻli qishloq hayoti «Qora koʻzlar» (1966) romanida aks
ettirilgan.
Pirimqul
Qodirov «Qadrim» (1963), «Erk» (1969), «Meros» (1975)
qissalari, «Olmos kamar»(1977) romani muallifi.
Xalqning tarixiy xotirasini
uygʻotadigan «Yulduzli tunlar» (1978), «Avlodlar dovoni» (1988), «Ona lochin
vidosi» (2001) nomli tarixiy romanlarni chop ettirdi. Bobur haqidagi roman oʻzbek
tilida 6 marta, rus tilida 5 marta katta nusxada chop etildi. U hind, urdu, bengal,
turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga oʻgirilgan. Olim Pirimqul Qodirov «Til va
dil» (1973), «Xalq tili va realistik proza» (1974) singari ilmiy, «Oʻylar» (1971),
«Qalb gavhari» (2001) badia kitoblar muallifi. Pirimqul Qodirov L. Tolstoyning
«Kazaklar» qissasi, K. Fedinning «Ilk sevinchlar», X.Deryaevning «Qismat»
romanini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Pirimqul Qodirov 1990—2000-yillarda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining
168
raisi, rais oʻrinbosari vazifasida faoliyat koʻrsatdi. 1988-yilda Pirimqul
Qodirovga «Oʻzbekiston
xalq
yozuvchisi» unvoni,
1998-yilda «El-yurt
hurmati» ordeni berildi. Pirimqul Qodirov 2010-yil 20-dekabrda vafot etdi.
O‗qituvchi o‗quvchilarga savollar bilan murojaat etadi:
- Qanday yovvoyi hayvonlarni bilasiz?
Turli yovvoyi hayvonlarning suratlari ko‗rsatiladi.
- Bo‗rilar haqida nimalarni bilasiz?
Hikoya mazmuniga mos animatsiyanamoyish qilinadi va
kadr ortidan
matn o‗qiladi.
Hikoyada uchragan notanish so‗zlar yuzasidan lugʻat ishi o‗tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: