Sog`liq va kasallik.
Demokratik jamiyatning bosh insonparvaplik g`oyasi «kasallikni
davolashdan oldini olgan yaxshi»- bo`lib, agar shifokorning e`tibori kasallikka emas, sog`liqqa
yo`naltirilgan bo`lsa, bu g`oya to`liq amalga oshirilishi mumkin. Nima uchun sog`liq inson
e`tiboridan cheta qoldi?
Buning bir necha sababi bor. Ulardan, birinchisi- sog`liqning «bilinmasligi». Kasallikka
nisbatan sog`liqni orqada qolishining boshqa sababini bozor iqtisodiyotiga o`tgan jamiyatdan
izlash zarur. Bunday jamiyatda shifokor boshqa kasb egalari kabi yashash uchun kurashishga
majbur, u ko`ziga tashlangan narsadan, ya`ni kasallikdan moddiy manfaat izlaydi.
Bunday qiziqarli holat iqtisodiy sharoitlarning natijasidir. Shifokor o`z mijozlarining
sog`lig`i uchun qayg`uradi, degan tasavvur paydo bo`ladi. Lekin shifokorning moddiy
qiziqishlarini hisobga olsak, u mijozlarning sog`lig`iga qarshi hisoblanadi. U sog`liq uchun
emas, balki uning qarama-qarshisi, kasallik uchun pul topadi. Hozirgi vaqtda bunday holat
ko`pchilik rivojlangan mamlakatlarda, jumladan Vatanimizda ham mavjud. Ko`pchilik
shifokorlar o`zlarini tadbirkorlar sifatida tutadilar. Ular xizmatga haq to`lay oladigan
«bemorlarnigina» da`volaydilar. Shunday qili, shifokor ham oyoq kiyim tayyorlovchi yoki
avtomobil` chiqaruvchidek holatni egallaydi.
«Sog`liq» va «kasallik» tushunchalarning aniqmasligi, shuning uchun vujudga keldiki,
tibbiyot insonni shaxs sifatida emas, balki biologik mavjudot sifatida o`rgandi, markaziy nerv
sistemasi funktsiyalariga, ya`ni psixikaga etarlicha ahamiyat berilmadi, maxsus fanlar
nevrologiya va psixiatriya bundan mustasno. «Sog`liq» va «kasallik» tushunchalarni bir-biriga
tubdan qarama-qarshi qo`yish tibbiyot xodimlari va tibbiy xizmatdan foydalanuvchi aholi
orasida tushunmovchilikka olib kelmoqda. Buni qo`yidagi misolda ko`rish mumkin.
Har kuni ko`pchilik bemorlar shifokor xonasini «ob`ektiv tadqiqot natijalarida
tasdiqlanmagan kasallik» tashxisi bilan tark etadilar. Bu jiddiy shikoyatlari bor, ish qobiliyatlar
pasaygan bemorlarning «sog`» ekanligini anglatadi. Aksincha, diabetga chalingan, o`zini yaxshi
his qilayotgan, jon deb ishlaydigan, sportda yutuqlarga ham erisha oladigan sportchi, kasal
hisoblanadi.
Insonning sog`lig`i haqida ma`lumot beruvchi ob`ektiv mezonlar mavjud emas, ularni ishlab
chiqish zarur. Bunday mezonlarga, insonning ishga layoqatliligi mezonlari, yuklama mezonlari,
ijtimoiy munosabatlar dinamikasi, atrof-muhitdagi turli omillar ta`sir qilganda organizmning
to`ldiruvchi va kumulyativ effektlari, ruhiy va jismoniy mashq qilish ko`rsatkichlari kiroitilishi
mumkin.
Insonni ko`p yoqlama ijtimoiy munosabatlar nuqtai nazaridan baholashga imkon beradigan
mezonlar ham muhim hisoblanadi. Demokratik jamiyatda yashovchi insonning sog`lig`ini shu
jamiyat shaxsining taraqqiyoti jarayoni sifatida qarash zarur. Bu jarayon o`quv jamoalarida,
mehnat jamoalarida va turmushda kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |