XXI BOB. TIJORAT BANKLARINING TO„LOVGA
LAYOQATLILIGI VA LIKVIDLILIGI
1-
§
. Tijorat banklarining likvidliligi va to„lovga layoqatliligi haqida
tushuncha
Tijorat bankining likvidligi - bu bankning barcha mijozlari va
boshqa subyektlar oldidagi qarz va majburiyatlarini to‗liq va o‗z vaqtida
to‗lay olishidir. Bank likvidligi bank o‗z kapitalining yetarliligi, uning
optimal joylashtirilganligi va balansning aktiv va passiv qismlaridagi
mablag‗larning vaqt oralig‗ida muvofiq kelishi bilan aniqlanadi.
Tijorat bankining likvidligi uning faoliyati asosini tashkil qiluvchi
uch asosiy qism - bank kapitali, jalb qilingan mablag‗lar va
joylashtirilgan mablag‗lar o‗rtasidagi doimiy subyektiv mutanosiblikni
saqlashdan iboratdir. Bu mutanosiblik esa yuqoridagilarning tarkibiy
elementlarini operativ boshqarish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Tijorat banklarining moliyaviy holatiga baho berishda ularning
foydaliligi, likvidligi va to‗lovga qobiliyatligiga e‘tibor qaratiladi.
Aynan shu omillar bankning moliyaviy ahvoli qay darajada ekanligini
belgilaydi. Banklarning likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi nafaqat bitta
bank yoki bank tizimining barqarorligini, balki butun bir iqtisodiyotning
muvozanatini ta‘minlaydi. Bank tizimida, eng avvalo, banklarning
likvidligi va to‗lovga qobiliyatligi ko‗rib chiqiladi, chunki foydalilik
faqatgina bankning o‗z manfaatini ifodalasa, likvidlik va to‗lovga
qobiliyatlilik kengroq, ya‘ni jamiyatning ko‗pchilik qatlami, bank
mijozlari manfaatlarini ko‗zlaydi.
Bank likvidligi uning omonatchilar va kreditorlar oldidagi
majburiyatlarini o‗z vaqtida to‗la-to‗kis bajara olish qobiliyatidir.
"Likvidlik" atamasi lotincha ―Liquidus‖ - oquvchan, suyuqlik
ma‘nosini anglatadi. Shularni hisobga olgan holda jahon banki
nazariyasi va amaliyotida likvidlikka „zaxira‖ yoki «oqim» deb qaraladi.
Likvidlik zaxira shaklida tijorat bankining mijozlari oldidagi o‗z
majburiyatlarini belgilangan vaqt mobaynida aktivlar tarkibini ularning
hali ishlatilmagan zaxiralariga aylantirish yo‗li bilan qoplashni ko‗zda
tutadi.
Likvidlik tijorat banki faoliyatida ma‘lum vaqt mobaynida yuzaga
kelgan noqulaylikning oldini olish, aktiv va passivlarning mos
567
sohasi obyektlarini (uy-joy-kommunal xo‗jaliklari, o‗quv markazlari,
bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, tibbiy, sog‗lomlashtirish va
boshqa muassasalar) saqlash, jumladan, shunday obyektlarni barcha
turlarda ta‘mirlashga qilinadigan, lekin ulardan foydalanish orqali
olingan daromadlar (xonadon haqi, ota-onalar tomonidan bolalar
bog‗chasiga to‗lanadigan badallar, yo‗llanmalar to‗lovlari v.b.) bilan
qoplaydigan xarajatlar, shuningdek, yuqorida aytilgan obyektlardan ijara
shartlarida foydalanganlik hollarida shu obyektlar bo‗yicha to‗lanadigan
ijara haqi kabi xarajatlar bankning foizsiz xarajatlariga kiradi.
Banklar o‗z xodimlari sog‗lig‗ini saqlash va ular dam olishini
tashkil etish tadbirlari (davolanish va dam olish uchun yo‗llanmalar,
ekskursiya va sayohatlar yo‗llanmalari, sport bilan shug‗ullanish,
madaniy va sport tomosha tadbirlariga borish uchun haq, dam olish
xonalarini tashkil etish va saqlash bilan bog‗liq va boshqa xarajatlar)
uchun xarajatlarni amalga oshiradi.
Tijorat banklarining xarajatlarini tarkibiy jihatdan chuqurroq ko‗rib
chiqishimiz mumkin.
Jadval ma‘lumotlari shuni ko‗rsatadiki, bankning foizli xarajatlari
ichida asosiy o‗rinni banklararo kreditlar uchun foizlari egallaydi.
Foizsiz xarajatlar ichida asosiy o‗rinni ish haqi xarajatlari, soliqlar va
boshqa majburiy to‗lovlar egallaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida tijorat banklari moliyaviy
natijalarini yakuniy holati foyda yoki zarar bilan tugallanadi.
Bank muassasalarining moliyaviy natijalari yakunida asosiy
ko‗rsatkich foyda hisoblanadi.
Bank muassasalarining asosiy ish prinsipi kamroq xarajat qilib,
ko‗proq daromad olishch hamda moliyaviy natijalar yakunida maksimal
foyda olish hisoblanadi.
Bank tizimini erkinlashtirish munosabati bilan banklar davlat
tasarrufidan
chiqarilishi sababli xarajatlarni minimallashtirishga
qaratilishini taqozo etmoqda. Bank faoliyati natijasini tahlil qilishda
olingan barcha daromadlardan qilingan xarajatlar chegirib tashlash
orqali oxirgi natija-foyda yoki zarar aniqlanadi.
Bank faoliyati asosan 2 ta asosiy moliyaviy hisobotlar, ya‘ni
buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‗g‗risidagi moliyaviy
hisobotlarni tahlil qilish orqali yakunlanadi.
568
Moliyaviy natijalarda bank xarajatlarining salmog‗ini jadval
ko‗rinishida tahlil etsak maqsadga muvofiq bo‗ladi.
66-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |