elektron pullar
ni qo‘llagan holda uzish yoki berishga doir yangi
uslublarning vujudga kelishiga asos bo‘ldi.
Elektron pullar – bu banklarning kompyuteri xotirasidagi hisobvaraqlardagi
pullar bo‘lib, ularning tasarruf qilinishi maxsus elektron qurilma yordamida
amalga oshiriladi. Elektron asosdagi to‘lovlar tizimining ommalashuvi pul
muomalasi evolyutsiyasining sifat jihatdan yangi bosqichiga o‘tishni tasdiqladi.
Bank ishida EHMlarning ommalashuvi asosida cheklarni
plastik
kartochkalar
bilan almashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Plastik kartochkalar
hisob-kitoblarning naqd pullar va cheklarning o‘rnini bosadigan, shuningdek,
uning egasiga bankdan qisqa muddatli ssudani olishiga imkon beradigan
vositasidir. Plastik kartochkalari chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida
eng ko‘p qo‘llanilmoqda.
2.3 Pulning funksiyalariga va ularga tavsif
Pulning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon
bo‘ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi
20
olimlar, nazariyachilar va iqtisodchilar o‘rtasida juda uzoq davrdan buyon
tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda,
pul beshta, ya’ni
qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma
vositasi va jahon puli funksiyalarini
bajarishi ta’kidlanadi.
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlar
iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va
jamg‘arma vositasi funksiyalarni bajarishi bayon etiladi.
P.Samuelson Aristotelning ta’limotlariga tayangan holda pul faqat ikkita,
ya’ni ayirboshlash vositasi, baho mashtabi birligi yoki o‘lchov hisobi
funksiyalarini bajarishini ta’kidlaydi
3
.
Angliya – amerika iqtisodchi olimlari pulning uchta funksiyasi (muomala
vositasi, qiymat o‘lchovi va jag‘arma vositasi) mavjudligini e’tirof etishadi
4
.
Jumladan, Edvin Dj. Dolan, Kolin D. Kempbell, Rozmari Dj. Kempbellar pul
muomala vositasi, qiymat o‘lchovi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini bajarishini
ta’kidlaydi
5
.
Nemis iqtisodchi olimi K.Knis (1821 – 1898) pulning to‘rtta ya’ni, qiymat
o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalarini
e’tirof etadi.
S.Fisher, R.Dornbush, R.Shmalenzilar ham pulning to‘rtta funksiyalarini
bajarishlarini e’tirof etib, ularni quyidagi ketma – ketlikda amal qilishini
ta’kidlaydi: birinchisi – muomala vositasi va to‘lov vositasi, ikkinchisi – o‘lchov
hisobi, uchinchisi – qiymatni saqlash vositasi, to‘rtinchisi – kechiktirilgan
to‘lovlarni o‘lchovi
6
.
K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi
mavjudligini ta’kidlaydi. U pulning funksiyalarini quyidagi ketma – ketlikda
ifodalaydi. Birinchisi – qiymat o‘lchovi, ikkinchisi – muomala vositasi, uchinchisi
– moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi funksiyasi ayrim iqtisodchilar
tomonidan jamg‘arma vositasi, to‘lov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini
bajarishi mumkinligini ilgari suriladi
7
.
Rossiyalik
iqtisodchi
olim,
professor
O.I.Lavrushin
8
,
professor
V.A.Shegorsova
9
, professor V.V.Ivanov va professor B.I.Sokolovlar
10
tahrirlari
ostida chop etilgan Pul, kredit, banklar darsliklarning barchasida pul beshta
funksiyani bajarishi e’tirof etiladi.
3
Самуелъсон П. Экономика вводной курс. –М. : 1964. –С. 69.
4
Харрис Л. Дeнeжная тeория. –М. : 1990. –С. 75; Долан Е. , Линдсeй Д. Макроэкономика. – СПб. : 1994, –
С. 7 – 8.
5
Едвин Дж. Долан, Колин Д. Кемпбeлл, Розмари Дж. Кемпбeл. Дeньги, банковское дeло и дeнeжно –
крeдитная политика. Пeр. с. англ. к.э.н. А.А.Лукашeвич, А. П. Маноцкова, к.ф.н. э. Б.Ярцeва, к.ф – м.н.
М.Б.Ярцeв. –М. – СПб., 1991. –С. 26.
6
Фишeр С. , Дорнбуш Р. , Шмалeнзи Р. Экономика. –М. :1993. –С. 474 – 475.
7
Пeзeнти А. Очeрки политичeской экономики капитализма: в 2 т. : пeр. С итал. Т. 1. – С. 472 – 473.
8
Дeньги, крeдит, банки: учeбник/кол. авт. : под рeд. засл. дeят. науки РФ, д.э.н. проф. О. И. Лаврушина. –
5 – э изд. , стeр. –М. : КНОРУС, 2007. –С. 57.
9
Дeньги, крeдит, банки: Учeбник для вузов. Под. рeд. проф. Щeгорцова В. А. –М. :ЮНИТИ – ДАНА, 2005.
–С. 14.
10
Дeньги, крeдит, банки: Учeб. – 2 – э изд. , пeрeраб. и доп. /под рeд. В. В. Иванова, Б. И. Соколова. –М. :
ТК Вeлби, изд – во Проспeкт, 2008. –С. 26.
21
O‘zbekistonlik iqtisodchi, professor Sh.Z.Abdullayeva pul to‘rtta funksiyani
bajarishini, ular qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma
vositasi funksiyalari ekanligini ta’kidlaydi
11
.
Professor O.Yu.Rashidov tahriri ostida chop etilgan Pul, kredit va banklar
darsligida pul beshta, ya’ni qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, to‘lov vositasi,
jamg‘arma vositasi va jahon puli vazifalarini bajarishini ta’kidlanadi
12
.
Ko‘rinib turibdiki, pulning funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi
olimlarning fikrlari turlicha bo‘lib, birinchi guruh olimlar pulni beshta funksiyasi
mavjudligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar uning to‘rtta
funksiyani bajarishini e’tirof etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo
– amerikaliklar uni uchta funksiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy
adabiyotlarda pulni oltita funksiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi funksiya sifatida
baho masshtabi ekanligini isobtlashga urinishadi
13
.
Iqtisodchi olimlar pulning funksiyalari haqida turlicha talqin etishiga
quyidagilar sabab bo‘ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pulning funksiyasini
zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib bayon etadi, boshqa guruh
olimlar esa turli mamlakat olimlarining pulni funksiyalari xususidagi fikrlariga
tayangan holda unga talqin beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa
pulning funksiyalarini ta’riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog‘liq
voqelik va nazariyalarga tayanadi.
Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy pul)
qiymatiga ega bo‘lgan va asl qiymatiga ega bo‘lmaganligi (o‘rinbosar pullar) ga
e’tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl qiymatga ega bo‘lgan pullar to‘lov
vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo‘ladi va
aksincha. Asl qiymatga ega bo‘lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va
kumushni, kredit pullarni va 100 foiz oltin bilan ta’minlangan pullarni qayd etish
mumkin. Asl qiymatga ega bo‘lmagan pullarga qog‘oz pullar, oltin asosiga ega
bo‘lmagan kredit pullar kiradi.
Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to‘lov vositasini bajargan paytda ular
pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho metallar o‘rnini qog‘oz pullar
egallagandan so‘ng, qog‘oz pullarning inflyatsiyaga uchrashi natijasida ular
pulning barcha funksiyalarini bajarmay qo‘ydi. Shuning uchun bo‘lsa kerak,
yuqorida ko‘rib chiqilganidek, vaqt o‘tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli
qarashlar vujudga kela boshladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab
olimlarining qarashlari mavjud:
1.
Yevropa maktabi.
2.
Amerika maktabi.
Yevropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan:
Biz pulni iqtisodiy kategoriya deb qarab, iqtisodiy jihatdan rivojlangan
mamlakatlarda keng tarqalgan funksiyalarini tahlil qilib, pul asosan quyidagi
11
Abdullayeva SH. Z. Pul, kredit va banklar. –T. : “Iqtisod – moliya”, 2007, 13 – b.
12
Rashidov O. Yu. va bosh. Pul, kredit va banklar. Darslik. –T. : TDIU, 2008. 22 – b.
13
Дeньги, крeдит, банки: Учeб. – 2 – э изд. , пeрeраб. и доп. /под рeд. В. В. Иванова, Б. И. Соколова. –М. :
ТК Вeлби, изд – во Проспeкт, 2008. –С. 25.
22
funksiyalarni bajaradi, degan fikrni ta’kidlamoqchimiz. Bular: qiymat o‘lchovi,
muomala vositasi, to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi va jahon puli funksiyalari.
Pulning funksiyalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ular birbirini to‘ldirgan
holda pulning mohiyatini to‘liq ifoda qiladi.
Pulning asosiy funksiyalaridan biri qiymat o‘lchovi funksiyasi hisoblanadi.
Ba’zi chet el iqtisodiy adabiyotlarida pulning birinchi funksiyasi sifatida muomala
vositasi funksiyasi, keyin qiymat o‘lchovi funksiyasi keltiriladi. Bizning
fikrimizcha, pulning funksiyalari to‘g‘risida gapirganda, funksiyalarning ketma-
ketligiga e’tibor berish zarur. Pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarmasdan turib,
muomala, jamg‘arma vositasi bo‘la olmaydi. Pulning qiymat o‘lchovi sifatidagi
mustahkamligi uning muomala, to‘lov, jamg‘arma funksiyalarida o‘rni va
ahamiyatini oshiradi. Pulning qiymat o‘lchovi funksiyasining to‘la qonli
bajarilishi, avvalambor, tovarlarni ishlab chiqarish, xizmatlarni ko‘rsatish
sohasidagi barcha sarfxarajatlarlarni to‘la ifodalash imkonini beradi. Pul qiymat
o‘lchovi funksiyasini bajarmasdan turib, ishlab chiqarilgan tovar yoki
ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozor munosabatlarining sub’ektlari uchun, ularning
xo‘jalik faoliyati uchun to‘liq tatbiq qilina olmasligi mumkin. Ya’ni pul muomala
vositasini bajarishi uchun, avvalambor, muomala vositasining dastagi bo‘lgan
tovarlar yoki xizmatlarning qiymatini aniqlashi hamda bahosini belgilashi lozim.
Qiymati aniqlanib, bahosi belgilangan tovar yoki xizmat muomalaga chiqarilishi
yoki havola qilinishi mumkin. Muomala vositasi funksiyasi pulning qachon va
qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab, pulning keyingi funksiyalarini amalga oshirish
uchun zamin yaratadi. Pulning qiymat o‘lchovi va muomala vositalari uzviy
davomi sifatida pulning to‘lov vositasi va jamg‘arma vositasi funksiyalari amalga
oshiriladi.
Muomala va to‘lov vositasi funksiyalarining amalga oshirilishi natijasida
pulning jamg‘arma vositasi funksiyalarining bajarilishiga zamin yaratiladi.
Muomala vositasining bajarilishidan qolgan pullar yoki muomalada bo‘lmagan
pullar jamg‘armaga yo‘naltirilishi mumkin. To‘lov vositasi funksiyasi yordamida
shakllangan, iste’mol uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar jamg‘arilishi mumkin.
Jismoniy shaxslar ehtiyoji va iste’molidan ortiqcha pul mablag‘larini qo‘llarida
yoki banklar va boshqa kredit muassasalarida jamg‘arishlari mumkin bo‘lsa,
yuridik shaxslar ehtiyojidan ortiqcha pul mablag‘larini o‘zlarining banklardagi
hisobraqamlarida jamg‘arishlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari bir-biri bilan uzviy
bog‘liq va ular bir-birini to‘ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy
bog‘liqligi va bir-birini to‘ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini
ta’minlashga sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |