Bank ishi va investitsiyalar


 Pulning muomala vositasi funksiyasi va unga tavsif



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
2.5 Pulning muomala vositasi funksiyasi va unga tavsif 
Muomala vositasi funksiyasida pul yordamida tovar o‘zining pul qiymatiga 
ayirbosh qilinadi. Bu funksiyani bajarish uchun naqd pul bo‘lishi lozim. Bu 
funksiya yordamida tovarlarni bir-biriga ayirboshlash barter usuliga chek qo‘yiladi. 
Tarixiy taraqqiyot ko‘rsatadiki, jamiyat rivojlanishining ilk bosqichlarida barter 
mehnat mahsulini ayirbosh qilishning yagona yo‘li bo‘lgan. Barterning noqulayligi 
shundan iborat bo‘lganki, A tovar egasi, B tovarni sotib olish uchun, nafaqat B 
tovar ishlab chiqaruvchini, balki B tovar egasiga zarur bo‘lgan tovarni ham topa 
olishi kerak edi. Bu juda qiyin jarayon bo‘lib, yuzlab tovarlarni muomalaga jalb 
qilgan holda ko‘zlagan maqsadga erishish mumkin bo‘lgan. Oltinning pul sifatida 
ishlatila boshlashi natijasida barter usuli tovar ayirboshlashning usuli sifatida o‘z 
ahamiyatini yo‘qotdi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, barter usuli hozirgi kunda 
ham ba’zi hollarda jahon amaliyotida qo‘llanilib kelmoqda.
Tovar defitsiti, inflyatsiya sur’atlarining oshib ketishi, mamlakatda siyosiy 
va iqtisodiy barqarorlikning yo‘qligi sharoitida barter bo‘yicha tovarlar harakatini 
amalga oshirish tomonlar uchun qulay hisoblanadi.
Pulning muomala vositasi funksiyasida tovar qo‘ldan qo‘lga o‘tadi va 
muomaladan chetlashadi, ya’ni iste’molchi egaligiga o‘tadi. Pul va tovarning 
harakati (TPT) qisqa vaqt ichida tugallanadi.
Qiymatning doimo bir shakldan ikkinchi shaklga (tovar pul va pul tovar) 
o‘tib turishi pulning muomala vositasi funksiyasining asosini tashkil qiladi.
Shuning uchun ham, bu funksiyani bajarishda naqd pul bo‘lishi, u barqaror, 
sifati yuqori bo‘lishi kerak.
O‘zbekistonda muomala vositasi funksiyasini Markaziy bank tomonidan 
chiqarilgan qog‘oz pullar va metall tangalar bajaradi. Muomalaga chiqariladigan 
naqd pullar miqdori savdo sotiq hajmiga, ish haqi to‘lashning vaqtiga, aholining 
bankdan qarzga mablag‘lar olish imkoniyatiga va boshqa omillarga bog‘liq. Savdo 
sotiq hajmining ko‘pligi va ish haqining tez-tez to‘lab turilishi muomalaga ko‘p pul 
chiqarish zarurligidan, aholining bankdan ko‘proq kredit olish imkoniyatiga ega 
ekanligi kamroq muomala vositasi kerak ekanligidan dalolat beradi. Shuni aytish 
kerakki, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, natural xo‘jalik, kichik korxona, 
fermer xo‘jaliklarining ko‘payishi muomala vositasiga bo‘lgan talabni kamaytiradi.
Pulning muomala vositasi sifatida ishlatilishi muomala xarajatlarining barter 
xarajatlariga nisbatan ancha past bo‘lishini ta’minlaydi. Pulning muomala vositasi 
funksiyasi uning boshqa funksiyalaridan o‘zining ma’lum xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. Muomala vositasi funksiyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
– bu funksiyani real, naqd pullar bajaradi; 


25 
– tovar va pul bir biriga qarama qarshi, bir trayektoriyada harakat qiladi; 
– tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi; 
– tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o‘rtasidagi munosabat tugallanadi va 
tomonlar tovarga yoki pulga ega bo‘ladilar; 
– pul muomala vositasi bo‘lishi uchun, avvalambor qiymat o‘lchovi bo‘lishi 
kerak. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish