Bank ishi va investitsiyalar


 Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
17.6. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga 
oshiriladigan emission operatsiyalari. 
Bank kreditlashga oid yana bir usul, qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish 
sharti bilan oldi-sotdi operatsiyasi yoki qisqacha “repo” operatsiyasidir. Ushbu 
operatsiyalar odatda qisqa muddatli kreditlashda qo‘llaniladi. Agar korxona yaqin 
kelgusida erkin pul mablag‘larini kiritayotgan va o‘sha qimmatli qog‘ozlarga 
investitsiya qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, ushbu vaqt ichida ba’zi bir 
harajatlarni qayta moliyalashtirish yoki agar qimmatli qog‘ozlarni korxona sotishni 
istamasa va foiz stavkalari bozorda pasayishini kutib, ushbu qog‘ozlarni kredit 
evaziga foiz to‘lashdan ko‘ra, kattaroq daromad olishi kutilayotgan bo‘lsa, u holda, 
yuqorida aytilganidek, qisqa muddatli kreditlash amalga oshiriladi.
Operatsiya mazmuni, bank korxonalarni o‘sha vaqtda bozordagi narxdan 
arzonroq narx bilan sotib oladi va sotish narxidan ham yuqoriroq narxda sotadi, 
shunda narxlar o‘rtasidagi tafovut bankka qisqa muddatli kreditlash stavkasidan 
ham pastroq daromadni tahminlaydi. Buning bank uchun foydali jihati, bank 
qimmatli qog‘ozlarni bozor narxidan arzonga sotib olib, foiz stavkalarida 
bo‘ladigan to‘lovga muqobilligi yuzaga kelganda, bank qog‘ozlarni qaytib sotib 
oladi.
 
Hozirgi banklar aksiyador tijorat banklari sifatida tashkil qilinib, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida ishlashga moslashgan va ular ixtisoslashgan banklar 


222 
bo‘lsada, boshqa tarmoqlardagi mijozlarga ham kredit va hisob - kitoblar bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatishlari mumkin. Banklar faoliyatining universallashuvi ular o‘rtasida 
raqobatning yuzaga kelishiga, bu esa ularning bozor iqtisodiyotiga barqaror kirib 
borishini ta’minlaydi. 
Bank aksiyadorlarini moddiy jihatdan manfaatdorligini oshirish va ularning 
bank boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar: 
a) Bank aksiyadorlarining moddiy manfaatdorligini ta’minlash bilan bog‘liq 
bo‘lgan muammo; 
b) Bank aksiyadorlarining bank boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan muammo. 
1998 
yil 

oktyabrda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq: 
- ustav kapitalida davlatga tegishli aksiyalar paketi 25 foizdan ortiq bo‘lgan 
tijorat banklarining bank kengashi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankidan ishonchli vakil kiritiladi, uning zimmasiga mazkur aksiyalar paketini 
boshќarish vazifasi yuklatiladi; 
- aksiyadorlik-tijorat banki Kengashi bank filiallarining Boshqaruvi va 
rahbarlar bilan birgalikda bankni samarali boshqarishni tashkil etish, kreditlar 
berilishi va ularning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi. 
Bank tizimining moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini yanada oshirish, 
tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va rivojlantirish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish, ularning investitsiyaviy faolligini rag‘batlantirish, 
shuningdek umum qabul qilingan xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq bank 
faoliyatini tashkil etishni yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlash maqsadida 
2015 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining 
moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi pq-2344-sonli qarori e’lon qilindi.
Mazkur qarorga ko‘ra: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston 
Banklar uyushmasi va mamlakatning tijorat banklari bilan birgalikda Tijorat 
banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada oshirish, ularning 
resurs bazasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlari 
ma’qullandi, unda: 
- xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan depozit va kredit 
siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo‘yilayotgan me’yoriy talablarni 
yanada takomillashtirish; 
- tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash, omonat va 
depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo‘li bilan aholi va xo‘jalik 
sub’ektlarining bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng ko‘lamda jalb etish 
chora-tadbirlarini amalga oshirish; 
- yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish 
tizimini chuqur o‘rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, 
shu jumladan xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini 
takomillashtirish; 


223 
- ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etgan holda 
ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish, 
shuningdek bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-
kitoblar tizimini kengaytirish tadbirlari belgilandi. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki: 
- Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan tijorat banklariga 
nisbatan qo‘yiladigan me’yoriy talabalarni yanada takomillashtirishni, jumladan, 
kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi talablarni nazarda 
tutgan yangi standartlar va tavsiyalari (Bazel-III standartlari)ni 2015 - 2019 
yillarda bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlashi; 
- Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda 
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkalarini, keyingi yillarda inflyatsiya 
darajasi izchil pasayishini, shuningdek boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning 
barqarorligini hisobga olgan holda tijorat banklari jalb qilayotgan depozitlar foiz 
stavkalarini belgilash mexanizmini ishlab chiqib, tasdiqlashi belgilandi. 
3. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli 
kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” 2009 yil 28 iyuldagi PQ-1166-sonli qarori bilan tijorat 
banklariga kredit portfeli tarkibidagi uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashtirish 
ulushiga qarab tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lash 
yuzasidan berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati 2020 yilning 1 yanvariga 
qadar uzaytirildi. 
4. Quyidagilar: 
- imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‘armasining resurslari hisobidan berilgan 
kreditlar orqali tijorat banklari oladigan daromadlari, bo‘shayotgan mablag‘larni 
mazkur Jamg‘arma resurslarini oshirish uchun maqsadli yo‘naltirish sharti bilan, 
foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yil muddatga; 
- Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha, 
dasturiy ta’minot, bankomat va plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni amalga 
oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalarni import bo‘yicha olib 
kirilganida tijorat banklari boj to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi 
yig‘imlaridan tashqari) 2020 yilning 1 yanvariga qadar ozod etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta 
siyosatini 
liberallashtirish 
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi PF-5177-sonli Farmoni bilan respublikamizda valyuta bozorini 
erkinlashtirish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida 
belgilab berildi.
O‘z navbatida, valyuta bozori faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha amalga 
oshirilgan chora-tadbirlar pul-kredit siyosati mexanizmlarini yangi sharoitlarni 
inobatga olgan holda takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi «Pul-kredit 
siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3272-sonli 
Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda pul-kredit 
siyosatini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
kompleksi 
pul-kredit 


224 
siyosatining makroiqtisodiy barqarorlik va milliy valyutaning mustahkamligini 
ta’minlashdagi rolini kuchaytirish imkonini berdi.
Bu o‘z navbatida, valyuta bozori faoliyatini liberallashtirishdan keyingi 
davrda faol pul-kredit siyosati yuritish bosqichiga o‘tilishi, bank tizimida nazorat 
choralarining kuchaytirilishi, bankdan tashqari pul aylanmasining qisqartirilishi 
natijasida aholi va tadbirkorlik ub’ektlarining milliy valyutaga bo‘lgan ishonchini 
yanada oshirilishiga iqtisodiy zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish