Bank ishi va investitsiyalar


 Tijorat banklarining kredit operatsiyalari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
17.3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari 
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kreditlash jarayoni asosiy 
o’rinni egallaydi. U quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 
• kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko’rib chiqish; 
• qarz oluvchining to’lovga va kreditga layokatliligini bank tomonidan 
o’rganib chiqilishi; 
• kredit qo’mitasining qarori; 
• kredit bitimini rasmiylashtirish; 
• kredit berilishi; 
• ssuda va u bo’yicha foiz to’lashni bank tomonidan nazorat qilinishi. 
Kredit va uni to’lash jarayoni kredit shartnomasida ko’rsatilgan bo’lib, kredit 
va qarz oluvchi o’rtasidagi majburiyat va huquqlarni belgilab beradi. Unda 
kreditlashning maqsadi va ob’ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to’lash 
muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar 
ko’rsatiladi. Ssuda tulashni nazorat kilish bankning kredit portfelini muntazam 
taxlil kilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniklanadi. 
Tijorat banklari tomonidan beriladigan barcha kreditlar uning kredit 
portfelida uz ifodasini topadi. Xorijiy iqtisodiy manbalarda; “Bank kreditlari o’zida 
iqtisodiy o’sish jarayonida yangi texnologiyalarni jalb qilish orqali ishlab 
chiqarishni tubdan yangilash, kengaytirish, yangi tovarlar ishlab chiqarish bilan 
hamda sifat darajasini yangilash maqsadida harajatlarni qoplashda xizmat qiladi”,- 
deb keltirib o’tilgan.
37
Moliyalashtirish manbalariga va qarz oluvchining mintaqaviy o’rni va 
manziliga qarab tijorat banklarining kredit portfelini tasniflash mumkin.
Xozirgi vaqtda markazlashtirilgan kreditlar xukumatimizning chiqargan 
qarorlariga asosan, ustuvor tarmoqlarni rivojlantirish uchun milliy valyutada 
beriladi. Qayta moliyalashtirish va bankning o’z mablag’lari xisobidan beriladigan 
37
“Banks” by Menzies, Sir Joseph “Collins Discovery yencyclopedies” 2005 


216 
kreditlar mijoz kreditga layoqatli bo’lganda milliy valyutada yoki xorijiy davlat 
valyutasida berilishi mumkin. 
Tijorat banklari faoliyatida turli hil risklar uchrab turadi. Lekin ularning 
faoliyatida ko’proq kredit riski, likvidlilik riski va foiz stavkasi ta’sir kiladi. Tijorat 
banklar faoliyatining asosiy qismi kreditlar berish va shu asosda foyda olishga 
yo’naltirilgan bo’lganligi uchun ular faoliyatida bu risklarning salmog’i xam 
yuqori buladi. 
Tasniflangan kreditlarning qaysi guruxga kirish darajasi tez sotiladigan 
aktivlar va yuqori likvid mablag’larning mavjudligi bilan belgilanadi.
Ushbu vazifa zamirida foiz stavkalarini oshirish yoki pasaytirish, uzoq 
muddatli va qisqa muddatli foiz stavkalari o’rtasidagi nisbatning o’zgaririshi kabi 
funksiyalar etadi, negaki bankning aksari passivlari qisqa muddatli, aktivlar 
(ssuda)ning talay qismining qaytarilishi esa muddatlarga ega. Jalb etilgan 
mablag’lar bo’yicha foiz stavkalari o’sishi xavfi tug’ilganda bank foydasini 
ximoyalash uchun qarshi choralarni ko’rish zarur. 
Tijorat banklarining operatsiyalari ichida kredit operatsiyasi asosiy o’rinni 
egallaydi.
Tijorat banklarining kreditlari bank faoliyatida asosiy o’rin tutgan 
operatsiyalardan biridir. O’zbekiston Respublikasi «Bank va bank faoliyati 
to’g’risidagi qonuni»da bank terminiga tushuntirish berilganda bu tashkilot uchta 
operatsiyani albatta amalga oshirishi kerakligiga berilgan bulardan biri kredit 
berish operatsiyasidir. Jahon bank faoliyatida bank terminiga moliyaviy univermag 
degan tushuncha berilganiga karamay kredit operatsiyalari barcha banklar 
faoliyatida muxim o’rin egallagan.
Bir tomondan bank krediti iqtisodiy sub’ektlar uchun zaruriy xollarda 
vaqtincha yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklarni yechishda yordam beruvchi 
muxim manbaa hisoblanadi. Ikkinchi tomondan esa banklar olib borayotgan 
jarayonlari ichida eng ko’p foyda beruvchi jarayondir.
Kredit portfelini tugri tashkil etilishi tijorat banklarining samarali faoliyat 
yuritishi uchun asos xisoblanadi. Xususan, kredit berish va uni belgilangan 
muddatda qaytarib olish, u bilan boglik xatarlar, sudalar, muddtati o’tgan ichki 
uzaytirilgan kreditlar bo’yicha xisob-kitob operatsiyalari, ssudalar bo’yicha 
zalararlarni qoplash zaxira miqdori, banklararo kredit va markazlashtirilgan 
kreditlar bo’yicha operatsiyalar bular sirasiga kiradi.
Demak, kredit portfeli - bu turli hil risklarga asoslangan muayyan 
mezonlarga qarab turkumlangan kreditdar miqyosidagi bank talablarining 
yig’indaisidir. (17.2-jadval).
Bularning barchasi mijozlarning kredit olish qobiliyatini taxlil qilish 
natijasida qaror qabul qilingandan so’ng mijozlarga beriladi. 
Bu kredit turlari deyarli barcha sobiq MXDlarida bir xil bo’lib, ular banklar 
tomonidan va boshqa nobank tashkilotlari tomonidan mijozlarga beriladi. Biroq 
islom davlatlarida islomga kredit berish usullari ustun turadi. 
Banklar, alohida kredit tashqiloti sifatida (mutsaqil) iqtisodiy, siyosiy shart-
sharoitlar, bank qonunchiligining rivojlanish darajasi, banklararo raqobat hamda 


217 
bank infratuzilmasining rivojlanish darajasini e’tiborga olgan holda o’z kredit 
siyosatini amalga oshiradi 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish