Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

17.2-chizma 
Depozitlarning turkumlanishi 
Jamg’arma turlari bo’yicha 
Yuridik shaxs 
Jismoniy shaxs. 
Muddati bo’yicha. 
Talab qilib 
olingunga qadar 
(aniq muddati yo’q) 
Muddatli 
(aniq muddatli) 
Shartli (oldindan 
kelishilgan shart asosida 
olish) 
Depozit operatsiyalarning subektlari bo’lib bir tomondan tijorat banklari 
qatnashsa, ikkinchi tomondan:
davlat korxona va tashkilotlari; 
moliya, sug’urta, investitsion va trast kompaniyalar; 
xususiy korxona va tashkilotlar;
aktsioner kompaniyalar;
banklar va boshqa kredit muassasalari; 
qo’shma korxonalar, kooperativlar; 
jamoa tashkilotlari va fondlar; 
alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar. 
Depozit operatsiyalarining obekti bo’lib ehtiyojdan ortiqcha pul mablag’lari 
(qo’yilmalar) hisoblanadi.
Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo’lib balans likvidliligi, 
mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi.
 
17.2 Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari va ularni amalga oshirish 
asoslari. 
Tijorat banklari o’zining iqtisodiyotda tutgan o’rni va o’ziga xos faoliyati 
bilan bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi sifatida yuzaga keldi. Tijorat 
banklarining bugungi kundagi faoliyatiga e’tibor beradigan bo’lsak, halq 


213 
ho’jaligining xech bir sub’ekti yo’qki, u bugun bank xizmatidan 
foydalanilmayotgan bo’lsin.
Bundan tashqari banklar o’z mijozlariga moliyaviy broker sifatida ham 
xizmat ko’rsatmoqda. Banklarning bunday funktsiyani bajarishlari korxona 
tashkilotlarning qimmatli qogozlar bozori operatsiyalarida qatnashishlari uchun 
qo’lay sharoit yaratmokda.
Bankning aktiv operatsiyalari uning operatsiyalarining aniqlab beruvchi 
qismi xisoblanadi. Aktivlar strukturasi deganda bank balansi aktivlari turli sifatli 
moddalarining balans yakuniga nisbati tushuniladi. Bank aktivlarining sifati 
aktivlar strukturasi, aktiv operatsiyalarni diversifikatsiyalash, riskli aktivlar hajmi, 
kritik va to’liq bo’lmagan aktivlar xamda aktivlarning o’zgaruvchanlik 
xususiyatlari bilan aniqlanadi. 
Tijorat banklari aktivlarini 4 kategoriyaga bo’lish mumkin: kassadagi naqd 
pul va unga tenglashgan mablag’lar; qimmatli qog’ozlarga investitsiyalar; ssudalar; 
imorat va uskunalar. 
Yevropa mamlakatlarida, Buyuk Britaniyada eng likvid aktivlarning 
salmog’i taxminan 3%ni egallaydi. Bu birinchidan, aloxida mamlakatlar markaziy 
banklarining turli rezerv talablari bilan; ikkinchidan, turli mamlakatlar banklarinig 
aktivlar klassifikatsiyasi o’rtasidagi nomutanosibliklar bilan tushuntiriladi. 
Muradova L. O’zining iqtisodiy olib borgan amaliy izlanishlarida shunday 
keltiradi; “Bundan tashqari iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlar qatori 
O’zbekistonda ham tijorat banklari aktivlari bilan bog’liq ayrim muammoli 
vaziyatlar mavjud. Asosan bunday holat kreditni yopish uchun katta miqdordagi 
rezervlar bilan bog’liq holda yirik tijorat banklari faoliyatida kuzatimiz mumkin”,- 
deb taxlil ko’rsatgichlari bilan izohlaydi.
35
Agar aktivlar tarkibini bank faoliyatidagi assosiy turlari bo’yicha 
guruhlashtirsak, u xolda quyidagi xulosalar chiqarish mumkin: 
1. Bank aktiv operatsiyalarida asosiy o’rinni kredit operatsiyalar egallaydi. 
Ularning ulushi 19,90% dan 83,25% gacha tashkil etadi. 
2. Bank aktivlarida ikkinchi o’rinni qimmatli qog’ozlarga qilingan 
investitsiyalar egallaydi (2,15% dan 29,18% gacha). 
3. Uchinchi o’rinda — kassa aktivlari (0,2% dan 12,94% gacha). 
4. Boshqa aktivlar ulushi xisob-kitob xususiyatlaridan kelib chiqib bank 
operatsiyalarida juda ham keng spektrni o’z ichiga oladi (2% dan 78% gacha)
36

Daromad keltirishiga qarab bank aktivlari: daromad keltiruvchi aktivlarga va 
daromad keltirmaydigan aktivlarga bo’linadi. 
Daromad keltiruvchi aktivlarga quyidagilar kiradi: barcha berilgan kreditlar 
(jumladan banklararo kreditlar); investitsiyalar; xazina veksellari; davlat 
obligatsiyalari; qimmatli qog’ozlar. 
Daromad keltirmaydigan aktivlar: pul aktivlar guruxi; asosiy vositalar; 
kapital xarajatlar; barcha moddiy aktivlar va boshka aktivlar; nomoddiy aktivlar. 
35
“Important issues of increasing the active operations profitability of commercial bank” by Muradova L. , 
“Advanced Science Journal”, December 2014 
36
AT “Asaka”banki ma’lumotlari.


214 
Bu guruxda pul mablag’idan tashqari barcha aktivlar xam likvid aktivlarga 
kiradi. 
Ikkinchi gurux aktivlariga bank faoliyatida katta e’tibor berish lozim. 
Chunki bu guruxda aktivlarning sifatini tushiruvchi aktivlar, muddati 
kechiktirilgan foizsiz ssudalar, muddati utgan ssudalar va foizlar, to’lanmagan 
arenda va boshqalar bo’lishi mumkin. 
Bu aktivlarning darajasi umumiy aktivlar hajmidan 3 foizdan oshmasligi 
kerak. 
Agar bu aktivlar miqdori 2 va undan ortik marta o’rnatilgan normadan ortiq 
bo’lsa, bank faoliyati juda muammoli, uning kredit siyosati juda zaif deb 
baxolanadi. 
Banklar aktiv operatsiyalarining yana bir muxim turi tovarlar bo’yicha 
ssudalar, ya’ni tovarlarni garovga qo’yib ssuda olish xisoblanadi. Tovarlar 
bo’yicha ssudalar bank tomonidan tovarning to’liq bozor qiymatida emas, balki 
uning bir qismida (50 - 60 foizdan yuqori bo’lmaydi) beriladi.(17.3- Chizma.). 
17.3-Chizma.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish