16.4. Pul mablag‘larini tijorat banklarida to‘planishi va tartibga
solinishi
Ssuda kapitalisti o‘z bo‘sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan
jalb qilingan mablag‘larga tayanadi. Ssuda kapitalistining daromadi ssuda foizi
bo‘lsa, bankirning daromadi - bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona,
tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo‘sh pullarini jalb qilish orqali katta hajmdagi
kapitalni o‘z qo‘llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital harakatini
boshqarib boradilar.
Banklarning yiriklashuvi
va ular faoliyatining takomillashuvi ularni maxsus
korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi.
Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo‘jaligi mavjud bo‘lgan bo‘sh
mablag‘larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Bank o‘z
faoliyati davomida ma’lum daromadga ega bo‘ladi. Bu daromad bank jalb qilgan
resurslarga yo‘llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo‘yicha oladigan foiz
o‘rtasidagi farqdan iborat bo‘ladi.
Banklar bajaradigan funksiyalar ularning bajaradigan vazifalariga qarab turli
xil bo‘lishi mumkin. Bu mavzuda biz banklarga taaluqli bo‘lgan umumiy
funksiyalar to‘g‘risida gapirib o‘tmoqchimiz.
Shunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo‘lsak banklar
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
-
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish va kapitalga aylantirish;
-
kredit munosabatlarida vositachilik qilish;
-
to‘lov jarayonlarida vositachilik qilish;
-
muomalaga kredit vositalarini chiqarish.
Xalq xo‘jaligidagi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni yig‘ish
va
ularni
kapitalga aylantirish - banklarning ilk funksyalaridan biri hisoblanadi. Bu
funksiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, xuquqiy va jismoniy
shaxslar jalb qilingan mablag‘lari bo‘yicha ma’lum miqdorda daromadga ega
bo‘ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag‘lar banklarning kreditlash qudratini
203
tashkil qiladi va bu resurslarga asoslangan holda
.
banklar ssuda operatsiyalarini
olib boradi.
Umuman olganda, shuni ta’kidlash loziki, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar
banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmok) tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga
vaqtincha foydalanishga beriladigan bo‘lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda
ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:
- birinchidan, kreditga so‘ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin
bo‘lgan summa o‘rtasida nomutannosiblik bo‘lishi mumkin;
- ikkinchidan, ortiqcha bo‘sh mablag‘ga ega bo‘lgan korxonaning
mablag‘larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag‘ zarur bo‘lgan
korxonani qoniqtirmasligi mumkin;
- uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri
kreditlashda qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to‘liq
o‘rgana olmasligi mumkin. Qarz oluvchining to‘lovga layoqatsiz bo‘lishi kreditor
korxonaning ham moliyavy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga
olib kelishi mumkin.
Xalq xo‘jaligidagi barcha bo‘sh mablag‘larning bank tomonidan yig‘ilishi
natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobidan qarz oluvchi korxonaga
zarur bo‘lgan summada, zarur bo‘lgan muddatda kredit berishga imkoniyat
yaratadi.
Tijorat banklarining to‘lov operatsiyalari orqali pul aylanmasining tartibga
solinishi.
Iqtisodiy rivojlanishining o‘sishi bank kreditining qo‘llanilish ko‘lamini
kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog‘liq ishlab
chiqarish va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki
uzoq muddatga kapitalga bo‘lgan ehtiyojni koplashga yo‘naltiriladi.
XX asrning 60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat
ko‘rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar
mablag‘larni jalb qilish miqyosini, iste’mol uchun kreditlar berish ko‘lamini
kengaytirdi.
To‘lovlarda vositachilik funksiyasida banklar o‘z mijozlarining topshirig‘iga
asosan to‘lov jarayonlarini amalga oshiradi, hisob varaqlariga mablag‘larni qabul
qiladi, pul tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag‘larini beradi.
Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala harajatlarining
kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa
.
mamlakat bilan
qiyinchiliksiz o‘z mablag‘larini bank orqali o‘z hisob varaqasidan boshqa korxona
hisob varaqasiga yoki boshqa mamlakat bankiga o‘tkazishi mumkin.
Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai faqat
vaqtincha bo‘sh mablag‘lar va kapital bo‘lib qolmasdan, kredit asosida chek-
depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit
miqdori mavjud jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa, bank chek-depozit emissiyasini
amalga oshirishi mumkin.
Undan tashqari, kredit yordamida muomalaga naqd pullar banknotalar
chiqariladi.
204
Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo‘li bilan to‘laqonli pullar
o‘rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |