218
17.4. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan
investitsion operatsiyalari.
Tijorat
banklari, Markaziy bank tomonidan beriladigan bank faoliyatini
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida qonun hujjatlariga muvofiq
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish (davlat qimmatli
qog‘ozlari bundan mustasno) va yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli
ishtirok etishda quyidagilarga rioya etishlari shart:
a) bankning muayyan
yuridik shaxs ustav kapitaliga, shuningdek ushbu
yuridik shaxsning boshqa qimmatli qog‘ozlariga kiritgan investitsiyalari miqdori
birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizidan oshmasligi kerak;
b) bankning yuridik shaxslar ustav kapitaliga va boshqa qimmatli
qog‘ozlarga kiritgan investitsiyalari miqdori birinchi
darajali bank regulyativ
kapitalining 50 foizidan oshmasligi kerak;
v) oldi-sotdi uchun qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan bank investitsiyalari
miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak.
Tijorat bankining boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirok etishi (chet el
kapitali ishtirokidagi banklar va sho‘‘ba banklarini tashkil etish hollari bundan
mustasno), shuningdek tijorat bankining o‘z ustav kapitalining o‘n yoki undan
ortiq foiz ulushiga ega bo‘lgan yuridik shaxsning ustav
kapitalida ishtirok etishi
taqiqlanadi.
Tijorat banki bevosita yoki bilvosita (sho‘‘ba korxonalar orqali) boshqa
yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan ortiq qismiga egalik qila olmaydi,
biroq quyidagi holatlar bundan mustasno:
a) banklarning sug‘urta va lizing tashkilotlari ustav kapitalidagi ishtiroki;
b) banklarning nobank kredit tashkilotlari ustav kapitalida,
shuningdek
moliyaviy bozor infratuzilmasining bir qismi bo‘lgan yoki banklarga axborot va
maslahat xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ustav kapitalidagi ishtiroki;
v) banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat yuritadigan
yuridik shaxslar (tijorat banklarining ustav kapitalidagi ishtiroki bundan mustasno)
ustav kapitalidagi ishtiroki;
g) xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarining 50 foizgacha miqdorini
o‘rnatilgan tartibda birlamchi bozordan xarid qilishdagi ishtiroki.
5. Tijorat banklari muayyan yuridik shaxs ustav kapitalining 26 foizidan
ortiq ulushini sotib olishda yoki bankning bevosita yoki
bilvosita mazkur yuridik
shaxs faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatish imkonini beruvchi shartnoma tuzishda,
Markaziy bankka yozma xabar berishlari shart.
6. Tijorat banklariga, emitent - aksiyadorlik jamiyatlari bilan ushbu jamiyat
aksiyalari bo‘yicha "repo" bitimlarini amalga oshirish ta’qiqlanadi.
Agar tijorat bankining investitsiya qilingan
yoki investitsiya qilinishi
rejalashtirilayotgan mablag‘lari miqdori yoki emitent faoliyati tijorat banki
omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari manfaatlariga zarar yetkazishi
mumkinligi yoki investitsiyalarni boshqarishda tijorat bankining tajribasi yetarli
emasligi
aniqlansa, Markaziy bank har qanday yuridik shaxsning ustav kapitali
219
yoki qimmatli qog‘ozlariga tijorat banki tomonidan kiritiladigan investitsiyalar
miqdoriga qo‘shimcha cheklovlar belgilash huquqiga ega.
Oxirgi yillarda Respublikaning ko‘pgina tijorat banklari yuqori foyda olish
maqsadida, davlatning xazina
majburiyatlarini ko‘p miqdorda sotib olishdi. Chunki
qimmatli qog‘ozlarning bu turi bankka kafolatlangan daromad keltiradi.
Hozirgi
kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta’minoti sifatida
ko‘chmas mulk, boshqa bank yoki sug‘urta tashkilotining sug‘urta kafolati ham
qabul qilinishi mumkin. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kreditlash
jarayoni asosiy o‘rinni egallaydi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- kredit olish uchun berilgan mijozning ariza talabnomasini ko‘rib chiqish;
- qarz oluvchining to‘lovga va kreditga layoqatliligini
bank tomonidan
o‘rganib chiqilishi;
- kredit qo‘mitasining qarori;
- kredit bitimini rasmiylashtirish;
- kredit berilishi;
- ssuda va u bo‘yicha foiz to‘lashning bank tomonidan nazorat qilinishi.
Kredit va uni to‘lash jarayoni kredit shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lib, kredit
va qarz oluvchi o‘rtasidagi majburiyat va huquqlarni belgilab beradi. Unda
kreditlashning maqsadi va ob’ekti, kredit miqdori, ssudani berish va uni to‘lash
muddati, kredit ta’minotining turlari, kredit uchun foiz stavkasi va boshqalar
ko‘rsatiladi. Ssudani to‘lashni nazorat qilish bankning kredit portfelini muntazam
tahlil qilish asosida olib boriladi va kreditlarning sifat darajasi aniqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: