Bank ishi va investitsiyalar


I BOB. PULNING PAYDO BO‘LISHI VA ZARURLIGI



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

I BOB. PULNING PAYDO BO‘LISHI VA ZARURLIGI 
Reja: 
 
1.1
 
Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari. 
1.2
 
Pulning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari.
1.3
 
Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. Qiymat 
shakllarining evolyutsiyasi.
1.4
 
Pulning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga 
xos xususiyatlari. 
 
Tayanch iboralar: 
qiymat, maxsulot, tovar, ekvivalent, munosabat, 
xususiyatlar, pul, ayirboshlash, ishlab chiqarish, munosabat, shakl. 
 
1.1.Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari 
Pul maxsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va haridorlarga kerakli vaqt, 
miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish 
maqsadida vujudga keldi va xizmat qilmoqda. 
Fanning predmeti, pulning paydo bo‘lish sabablari, pul shakllari va 
turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari
funksiyalari, qiymat shakllarining evolyutsiyasi. Qiymatning shakllari, boshqa 
iqtisodiy kategoriyalardan ajralib turuvchi o‘ziga hos xususiyatlari hamda kredit 
pullari va ularning turlarini chuqurroq o‘rgatadi. 
Shuningdek, pul to‘g‘risidagi nazariyalar, uning shakllari,uning yuzaga 
kelish shart-sharoitlari, nazariyalarni yaratgan olimlarni fikr va g‘oyalari, 
kamchiliklari haqida o‘rganadi. 
Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni aylanish 
tamoyillari, shakllari haqida gap boradi. Shuning bilan birga, pul muomalasini 
tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi qonunlari, pul agregatlari, muomala 
uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini aniqlash uslublari,pul muomalasi qonunlarining 
buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan. 
Pul tizimi: tushunchasi, shakllari va elementlari, O‘zbekiston Respublikasi 
pul tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi. Pul islohotlarini amalga 
oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish shart-sharoitlari, pul islohotlarini 
amalga oshirish usullari keng yoritilgan. 
Inflyatsiya va uning turlari, yuzaga kelish sabablari, ijtimiy va iqtisodiy 
oqibatlari, inflyatsiya to‘g‘risida nazariyalar hamda pulning barqarorligini 
ta’minlash yo‘llari yoritilgan. 
Shuning bilan birga, kreditning zarurligi, mohiyati va funksiyalari
tamoyillari, xarakterli belgilari, xususiyatli tomonlari yoritilgan. Kreditning 
iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni ochib berilgan. 
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlarining yuzaga kelish 
sabablari. Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari, shakllari va 
turkumlanishi, kreditning bahosi va unga ta’sir qiluvchi omillar yoritib berilgan. 


10 
Shuning bilan birga, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, Markaziy 
bank va uning funksiyalari, ularning aktiv va passiv operatsiyalari, ularni 
mustaqilligi keng yoritib berilgan.
Tijorat banklari va ularning bajaradigan funksiyalari, ularni tashkil etish va 
iqtisodiyotni rivojidagi o‘rni yoritilgan. Shuning bilan birga nobank kredit 
tashkilotlari, zarurligi va ularning turlari, vazifalar ularni tartibga solish masalalari 
hamda kredit tizimi, elementlari va uning barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar 
ochib berilgan. 
Shuningdek, xalqaro valyuta munosabatlari, asoslari, milliy valyuta tizimi va 
turlari, vazifalari va ularni tartibga solish masalalari yoritilgan. Shuning bilan 
birga, xalqaro moliya institutlari va ularning turlari maqsadi va vazifalari 
bajaradigan operatsiyalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli fanning predmetlarini 
o‘z ichiga olgan. 
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi 
natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga 
chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan: 
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga 
chiqishi. 
2. Natural xo‘jalikdan asta-sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni 
ayirboshlashga o‘ta boshlashi; 
3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol-mulk jihatidan mustaqil 
mulkdorlarning shakllanib borishi; 
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga 
rioya etila borishligi. 
Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib yashaganlar 
va ular o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. Natural xo‘jalik sharoitida pul 
bo‘lmagan, chunki unga hech qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan. Natural xo‘jalikda 
mahsulot ishlab chiqarilgan, tovar emas. Chunki ushbu xo‘jalikda mahsulotlar o‘z 
ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot 
tasodifiy tarzda boshqa natural xo‘jalikdagi ortiqcha mahsulotga ayirboshlangan 
holos. 
Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli 
ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu 
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni 
o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda 
ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z 
ehtiyojini qondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida yetishtirgan 
mahsuloti tovarga aylandi. 
Umumiy ekvivalentni o‘tishning zaruriyati shundan iboratki, jamiyatda 
ishlab chiqarish taraqqiyotining mal’um bosqichida bozorda tovarlar ayirboshlashi 
muntazam hodisaga, iqtisodiy hayotning muhim omiliga aylangan. Jamiyat azolari 
tovarlar ayirboshlashsiz yashay olmay qolgan va har bir ishlab chiqaruvchi mehnati 
mahsuliga umumiy o‘lchov birligi zarur bo‘lib qolgan, Faqatgina umumiy 
ekvivalent rolini bajaruvchi tovargina barcha mahsulotlar uchun o‘lchov vositasiga 
aylangan. Bundan malum bir tovar egasi, o‘zining shaxsiy iste’moli uchun zarur 


11 
bo‘lgan boshqa bir tovarni olish maqsadida u dastlab o‘zi yetishtirgan tovarni 
bozorda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarga ayirboshlagan. 
Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi 
natijasida bozor pul rolini o‘ynovchi metallarga quyidagi talablarni qo‘yadi: 
-
metalning tabiatda kamyobligi; 
-
metallning bir tarkibliligi; 
-
kerakli miqdorda olishning qiyinligi; 
-
qiymatni yo‘qotmasdan, yoki juda kam miqdorda yo‘qotish asosida 
bo‘linishi (maydalanishi); 
-
ixchamligi va yengilligi; 
-
uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi. 
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan talablarga aynan kumush hamda undan ko‘p 
miqdorda oltin to‘la javob bergan. Ushbu talablarga javob bergan kumush ham uni 
ko‘p miqdorda hamda kam harajat bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u 
oltinga bas kela olmagan. 
Shunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy 
ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka 
hukmronga aylangan. Shu asosda butun dunyo bo‘yicha xalqaro hisob - kitoblarda 
yagona to‘lov vositasi bo‘lib oltin hisoblangan. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish