10
Shuning bilan birga, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, Markaziy
bank va uning funksiyalari, ularning
aktiv va passiv operatsiyalari, ularni
mustaqilligi keng yoritib berilgan.
Tijorat banklari va ularning bajaradigan funksiyalari, ularni tashkil etish va
iqtisodiyotni rivojidagi o‘rni yoritilgan. Shuning bilan birga nobank kredit
tashkilotlari, zarurligi va ularning turlari, vazifalar ularni tartibga solish masalalari
hamda kredit tizimi, elementlari va uning barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar
ochib berilgan.
Shuningdek, xalqaro valyuta munosabatlari, asoslari, milliy valyuta tizimi va
turlari, vazifalari va ularni tartibga solish masalalari yoritilgan. Shuning bilan
birga, xalqaro moliya institutlari va ularning turlari maqsadi va vazifalari
bajaradigan operatsiyalarini o‘z ichiga olgan keng qamrovli fanning predmetlarini
o‘z ichiga olgan.
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini
rivojlanishi
natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga
chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga
chiqishi.
2. Natural xo‘jalikdan asta-sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni
ayirboshlashga o‘ta boshlashi;
3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol-mulk jihatidan mustaqil
mulkdorlarning shakllanib borishi;
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga
rioya etila borishligi.
Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib yashaganlar
va ular o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. Natural xo‘jalik sharoitida pul
bo‘lmagan, chunki unga hech qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan. Natural xo‘jalikda
mahsulot ishlab chiqarilgan, tovar emas. Chunki ushbu xo‘jalikda mahsulotlar o‘z
ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot
tasodifiy tarzda boshqa natural xo‘jalikdagi ortiqcha
mahsulotga ayirboshlangan
holos.
Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli
ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni
o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda
ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z
ehtiyojini qondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida yetishtirgan
mahsuloti tovarga aylandi.
Umumiy ekvivalentni o‘tishning zaruriyati shundan iboratki, jamiyatda
ishlab chiqarish taraqqiyotining mal’um bosqichida bozorda tovarlar ayirboshlashi
muntazam
hodisaga, iqtisodiy hayotning muhim omiliga aylangan. Jamiyat azolari
tovarlar ayirboshlashsiz yashay olmay qolgan va har bir ishlab chiqaruvchi mehnati
mahsuliga umumiy o‘lchov birligi zarur bo‘lib qolgan, Faqatgina
umumiy
ekvivalent rolini bajaruvchi tovargina barcha mahsulotlar uchun o‘lchov vositasiga
aylangan. Bundan malum bir tovar egasi, o‘zining shaxsiy iste’moli uchun zarur
11
bo‘lgan boshqa bir tovarni olish maqsadida u dastlab o‘zi yetishtirgan tovarni
bozorda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarga ayirboshlagan.
Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi
natijasida bozor pul rolini o‘ynovchi metallarga quyidagi talablarni qo‘yadi:
-
metalning tabiatda kamyobligi;
-
metallning bir tarkibliligi;
-
kerakli miqdorda olishning qiyinligi;
-
qiymatni yo‘qotmasdan, yoki juda kam miqdorda yo‘qotish asosida
bo‘linishi (maydalanishi);
-
ixchamligi va yengilligi;
-
uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi.
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan talablarga aynan kumush hamda undan ko‘p
miqdorda oltin to‘la javob bergan. Ushbu talablarga javob bergan kumush ham uni
ko‘p miqdorda hamda kam harajat bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u
oltinga bas kela olmagan.
Shunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy
ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka
hukmronga aylangan. Shu asosda butun dunyo bo‘yicha xalqaro hisob - kitoblarda
yagona to‘lov vositasi bo‘lib oltin hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: