Bank ishi va investitsiyalar


 Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. Qiymat



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
1.3. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. Qiymat 
shakllarining evolyutsiyasi. 
Bozor iqtisodiyotga o‘tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiq 
qilishdan ko‘ra, pulning iqtisodiyotga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini tadqiq 
qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o‘ylaymiz.
“Pul-kredit va banklar” fani fundamental, nazariy fanlardan biri bo‘lib, 
boshqa iqtisodiy va mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Fanning o‘qitishdan maqsad tinglovchilarni pul-kredit sohasi qonuniyatlari, 
uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o‘rni, nazariy asoslarini, jamiyat 
hayotidagi ahamiyatini, ularni muomalasini tashkil qilish va muvofiqlashtirish va 
boshqalardan iborat. Shuning bilan birga, fan bank, bank tizimi, kredit tizimi va 
uning jamiyat taraqqiyotidaga o‘rni, mamlakat pul muomalasini tashkil qilish, 
maqsadi va vazifalarini o‘rgatishdan iborat. 
Mazkur fan pulning xarid quvvati, uning mamlakat iqtisodiyotini 
barqarorligiga ta’siri, inflyatsiya hamda mavjud makroiqtisodiy omillarni 
chuqurroq o‘rganishdan iborat. 


14 
Shuning uchun “Pul va banklar” fani “Bank ishi”, “Soliqlar va soliqqa 
tortish”, “Moliyaviy menejment”, “Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan 
operatsiyalari” fani bilan chambarchas bog‘liq.
Pul o‘zining evolyutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog‘oz, 
kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra pullar 
ikki turga bo‘linadi: 
– haqiqiy pullar;
– haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari.
Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega 
bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik 
amaliyotda qulay bo‘lgan aylana (shu shaklda metall yemirilishi kam bo‘ladi) 
shaklda chiqarilgan.
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov 
vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi.
Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli 
ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu 
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni 
o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda 
ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. 
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki 
uni ayriboshlash maqsadida yetishtirgan mahsuloti tovarga aylandi. Demak 
mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni 
ularning ehtiyojini qondirishdan ortgan qismini boshqa mahsulotga ayirboshlash 
uchun yo‘naltirilishi natijasida mahsulot tovarga aylangan. 
Ushbu jarayonni bir ishlab chiqaruvchidan boshqa ishlab chiqaruvchi 
o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni shakllanishi deb hisoblanadi. Buning natijasida 
turli tovarlarning shakli, sifati, ehtiyojni qondirishligiga asosan ularning qiymatini 
aniqlashlik, ya’ni moslilik talab etila boshladi. 
Natural xo‘jalik sharoitida doimiy ravishda ortiqcha mahsulot ishlab 
chiqarish yuzaga chiqa boshladi. Bunda qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli 
yuzaga chiqadi. Chunki ishlab chiqarishni hali rivojlanmaganligi sababli tovar 
ayirboshlash cheklangan. Bunda faqat ikki holat hisobga olinadi: ishlab 
chiqaruvchi va haridorlarni manfaatlarini o‘zaro mos kelishi va ayirboshlayotgan 
tovarlarning qiymatini to‘g‘ri kelishi: 
Bitta qo‘y = bir qop bug‘doy 
yoki bo‘lmasa: 
Bir qop bug‘doy = bitta bolta. 
Albatta bu holatda eng avvalo ishlab chiqaruvchi va haridorning manfaatlari 
o‘zaro mos kelishi asosiy o‘rinni egallagan. Masalan, qo‘y egasiga bir qop bug‘doy 
kerak. Lekin bug‘doy egasiga qo‘y kerak emas, unga bitta bolta kerak. Bu yerda 
tovar ayirboshlash yuzaga chiqmaydi. Qo‘y egasi agarda bolta egasi manfaatiga 
mos kelsa, u holda u o‘z qo‘yini bitta boltaga ayirboshlaydi. Shundan so‘ng u 
boltani olib boradi va bir qop bug‘doyga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Iqtisodiy adabiyotda juda qiziq holat aks ettirilgan. Afrika qabilasi a’zolaridan biri 


15 
o‘z ehtiyojini qondirish maqsadida o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini 28 ta ishlab 
chiqaruvchiga borishga majbur bo‘lgan. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish