sog‘lig‘i til madaniyatini voqelantirishiga imkon bermaydi. Shunday
kishilar borki, ular so‘zlaganda sel bo‘lib ketasan. Bunday kishilami
so‘z san’atkori deyishadi. So‘z san’atkorlari til madaniyatini
mukammal darajada nutq madaniyatiga aylantira oladilar. Buning
zaminida ulaming mashaqqatli mehnati ham yotadi. Demak,
madaniyatning boshqa turlarida bolgani
kabi til madaniyatini
o‘zlashtirishda ham qobiliyat va mehnat muhim rol o‘ynaydi.
Tihiing madaniy taraqqiyotida millatning madaniy taraqqiyoti
yotadi. 0 ‘zbek xalqi madaniyati bu darajada rivojlanmaganda tilimiz
ham bunchalik ko‘rkli va rangin, serjilo bo‘lmas edi. Bobolarimiz
dunyo
sivilizatsiyasidan
oziqlanib,
moddiy
va
m a’naviy
madaniyatimizni yuksak darajaga ko‘tardilar.
Bu madaniyat
namunalarini birma-bir sanab o‘tirmaymiz, albatta. Birgina misol
keltiramiz. Rus sharqshunos olimi S.N.Ivanov “go‘zal
fors mumtoz
she’riyatining kichik singlisi bo‘lgan turkiy nazmiyot yuksalib,
opasidan ham bo‘ychan bo‘ldi” degan go'zal o‘xshatish qilgan. Demak,
fors adabiyotidan oziqlangan o‘zbek adabiyoti undan ko‘plab so‘z va
iboralarni ham o‘zlashtirdi. 0 ‘zlashtirganda ham nafaqat yozilishini,
balki talaffuzini ham aynan oldi. Shuning uchun hazrat Navoiy fors
turkiycha so‘zlasa, fors ekanligi bilinib turadi, biroq forscha so‘zlagan
turkiyni hech kim turkiy demaydi degan.
Til madaniyati jamiyatda mustahkam o‘mashgan boTib, hamma
unga rioya qilishga majbur. O lz nutqida yuqorida ta’kidlangan o‘zbek
tili
madaniyatini emas, balki sun’iy ravish da o ‘zga til madaniyatini
voqelantirishga intiluvchilar ham uchrab turadi. Uning nutqida
qoTlangan so‘z va iboralar til madaniyatiga muvofiq emas ekan, uning
nutqi ham madaniylikdan begona, o‘zi esa har qancha chiranmasin,
ayrimlar o‘ylaganchalik “jaa madaniyatli” kishi emas.
Umuman olganda, til madaniyatining xususiy ko‘rinishi boTgan
nutq madaniyatini yuksaltirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
E’tibor
bergan boTsangiz, ommalashgan koreys seriallari
dublyajida qahramonlar bir-biriga shunaqa chiroyli lutflar qilishadiki,
men buning bolalar nutqiga qanchalik ta’sir qilganligini, ular ham
shimday gapirishga uringanlarini kuzatganman. Demak, birinchidan,
faqat
til qoidalarini yodlatmasdan, jonli muloqot madaniyatini
shakllantirishning turli ilg‘or vositalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga
tatbiq qilish lozim. Ikkinchidan, bunda kattalaming ibrati muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada farzandlarini boloxonador qilib
8
haqoratlaydigan ota-onalarimiz ham yo‘q emas.
Hashamatli uy, to ‘kis
sharoit, so'nggi rusumli avtomobil, qimmatbaho kiyim-bosh va sayr-u
sayohatlarnigina madaniyat deb biladigan, lekin Abdulla Qahhor ta’biri
bilan aytganda, “ichida it o'lgan” kishilar ham uchrab turadi.
Norasmiy doiralarda har qanday tilda so‘zlashish ixtiyoriy bo‘lsa-
yu, shevada gapirish aybmi? Faqat qayerda qanday gapirishni bilish
kerak. Bu jamiyat a’zosining madaniy saviyasi bilan bog‘liq. Rus tilida
anjuman bo‘layotganda bu tilni bila turib o‘zbek tilida so‘zlash jamiyat
odobiga nomuvofiq bo'lgani kabi, rasmiy holatlarda ham shevada
gapirish m a’qul emas. Oila bag‘rida, qarindosh-urug‘ huzurida,
lahjadosh do‘stlar davrasida shevada so'zlashish nafaqat mumkin, balki
zarur hamdir.
Umuman olganda, mukammal til madaniyatimiz mavjud. Undan
foydalanish ko‘nikmasini o'stirish esa dolzarb m asalabo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: