qilib qo‘yadi va bunda u quyidagi maqsadli
usullardan foydalanishi
mumkin:
1) axborot yetkazish;
2) iltifot ko'rsatish;
3) boshqaruv (regulyativ);
4) xitob (apelyativ);
5) ta’sir etish;
6) hayajon;
7) maslahat, undash;
8) tabriklash va h.k.
Tinglovchining maqsadi - tinglash. Mashhur amerikalik notiq
psixolog Deyl Kamegi “Yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni emas,
balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda,
aynan shu
qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi.
Tinglash - muloqotning eng muhim komponenti. Tinglash
san’atini puxta egallamagan kishi hech qaehon sogTom munosabat
o'rnata olmaydi. Tinglay bilmaslik og‘ir ma’naviy va, hatto, sezilarh
iqtisodiy zarar keltirishi ham mumkin. Afsuski, muloqot ishtirokchilari
ko‘p hollarda tinglash kuchli psixik vosita ekanligini unutib qo‘yishadi.
Suhbatdosh so‘zlarini
eshitamiz, ammo
eshitish
va
tinglash
bir xil
narsa emas.
Tinglash - faol jarayon, u fikming m a’nosini, so'zlovchining
maqsadini anglashga intilish kabilami o‘z ichiga olgani bois tushunish
bilan chegaradosh. Tinglashni ikki guruhga ajratish mumkin:
a) refleksiv;
b) norefleksiv.
Refleksiv tinglashda adresat so‘zlovchi fikrini uqishga, o‘ziga
singdirishga,
uning bayoniga, aw alo, har xil ifodaviy usullar (yuz,
ko‘z, va boshqa a ’zolaming har xil holati) bilan munosabat bildirish
(asosan, uqish, anglash, o‘zlashtirish, hayrat, tushunmaslik kabilar) ga
qaratilgan boTadi. Refleksiv tinglashda adresat muloqotga so‘zlovchi
mavqeyida kirishganda uning fikri kommunikator (so‘zlovchi) bayoni
bilan uzviy bogTiq boTadi.
Norefleksiv tinglash so‘zlovchi kuchli emotsional kechinma
(musibat, alam yoki aksincha shod-xurramlik)
lami boshdan
kechirayotganda va tushunadigan tinglovchiga muhtoj boTganda
qoTlanadi, ya’ni suhbatdosh o ‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashmoqchi
boTganda ishlatiladi.
126
Norefleksiv tinglashda javoblar minimallashtiriladi. Ular neytral,
suhbatdoshni o‘z fikrini davom ettirishga undaydigan bo‘Iishi kerak.
Ulaming eng keng tarqalganlari “Shundayxni?”, “Davom eting, bu juda
qiziq-ku”,
“Ha, ha tushunyapman”,
“Buni eshitishdan juda
xursandman”, “Xo‘sh, xo‘sh, xo‘sh”, “Shimaqa gaplar deng” kabilar.
Bimday javoblar suhbatdoshni ruhlantiradi.
Tinglashning ham xuddi so‘zlashdagi kabi texnikasi, usullari bor.
Masalan, so‘zma-so‘z qaytarish yoki boshqacha talqin qilish. Birinchisi
suhbatdoshni
qo‘ llab-quvvatlashni
biidiradi.
Ikkinchi
usul
-
so'zlovchining so‘zlarini tinglab, undagi asosiy g‘oyani
muxtasar,
o ‘zining talqinida ifoda etish. Bundan tashqari, tinglash jarayonida
“Yo‘g ‘-e?’\ “Nahotki?”, “Yashang!”, “Qarang-a!”, “Qoyil!” kabi
luqmalar bilan suhbatdosh so‘zlashga undab turiladi.
Mutaxassislaming aniqlashicha, ishlayotgan kishilar vaqtning 45%
ini kimlamidir tinglashga sarf qilar ekan,
odamlar bilan doimiy
muloqotda boiadigan - savdo xodimlari, aloqachilar, rahbarlar,
muxbirlar 35-45% oylik maoshlarini odamlami tinglaganliklari uchim
olar ekanlar.
Bundan xulosa chiqadiki, kommunikatsiyaning eng qiyin
tarkibiy qismidan hisoblangan tinglash qobiliyati odamga so‘zlashga
nisbatan ko‘proq foyda keltirar ekan.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg'u bilig” dostonida tinglashning foydasi,
so‘zlash mas’uliyatining kattaligi xususida shunday fikr biidiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: