Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
86
— Bugun qo‘ymoqchimisan? 
— Maslahatga qarayman. 
Kesakpolvon yigit bilan gaplashib turganda Hosilboyvachchaning yigitlaridan biri unga 
yaqinlashdi. 
— Haydarjon aka, ishqivozlik bormi? — dedi u itga ishora qilib. 
— «Mi»sini olib tashlab gapir. Men ko‘rgan kuchukvozliklarni ko‘rish uchun yana yuz yil 
yashashing kerak. Keyingi paytlarda vaqt bo‘lmadi. Bo‘lmasa bitta qo‘ymas edim. 
— Bugun qoling bo‘lmasa, zo‘rlari qo‘yiladi. 
— Shuni aytyapsanmi? 
— Buning gavdasiga ishonmang. Po‘k hali. 
— Sen qaerdan bilasan? 
— Bilaman-da... Tirikchilik shu yerda, akaxon, — dedi yigit miyig‘ida kulib. 
— Bu yer... senga qaraydimi? — dedi Kesakpolvon ajablanib. 
— Ha... — dedi yigit aybdor boladay undan ko‘zini olib qochib. 
Kesakpolvon bu yer shu yigitga qaragani uchun ajablanmadi. Uning taajjubi boshqa 
narsaga bo‘ldi: bir vaqtlar Asadbek gullatgan bu joy qachon, qanaqasiga 
Hosilboyvachcha ixtiyoriga o‘tib qolgan ekan? Bu joyga xo‘jayinlik qilishga to‘la huquq 
ularning ixtiyorida bo‘lgani holda nechun e’tiborsizlik qildilar? Buni Asadbek biladimi yo 
Mahmudning xabari bormi? 
— Cho‘tal yaxshi tushib turibdimi? — dedi Kesakpolvon shularni xayolidan o‘tkazib. 
— Yomon emas. 
— Sen faqat men bilan salom-alik qilasan, — dedi Kesakpolvon amr ohangida. 
— Gap yo‘q, akaxon, dilimdagini aytdingiz, — dedi yigit itoat bilan. — Birpas qolasizmi? 
— Qolaman. — Kesakpolvon shunday deb itga qaradi. 
— Unga qo‘ymang... 
— Xuddi shunga qo‘yaman, — dedi Kesakpolvon o‘jarlik bilan. — Tavakkal: yo chikka, yo 
pukka. Sen ishingni bilib qilaver. Hozir kelaman. 
Kesakpolvon tashlandiq bog‘ chetida turgan mashinasiga borib piyolaga to‘ldirib konyak 
quydi-da, simirdi. Qaqshay boshlagan badaniga rohat yugurdi. 
Yarim soat ichida bu yer gavjumlashdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, «ish kuni» boshlandi. 
Somsachilar, hasipchilar bug‘ o‘rlab turgan tog‘oralarini qo‘ydilar. Kabobchilar qo‘ralarini 
o‘rnatdilar. Eski, pachoq «Zaporojets»ning yukxonasi ochildi. Butun mamlakat bo‘ylab 
ichkilikka qarshi kurash ketayotgan damda yukxonaga terilgan aroq-konyaklarni ko‘z-
ko‘z qilish — qahramonlik namunasi edi. Agar biron kishi kelib, «Sen partiya qarorlarini 
nega buzyapsan?» desa u bamaylixotir ravishda «Bu yer partiyaga qaramaydi, 
partiyangning qarori ko‘chaning nariga betida o‘tadi», deyishi mumkin. Agar da’vogar 
odam yuqori idoralar nomini o‘rtaga qo‘yib dag‘-dag‘a qilsa, chorasi oson — og‘zi bitta, 
nari borsa ikkita shisha bilan yopiladi. Shunda ham ko‘nmasa, u holda 
Hosilboyvachchaning yigiti bilan ikki og‘iz «shirin suhbat» quradi. Somsachiga, 
hasipchiga, aroqchiga, xullas, hammasiga faqat shu yigitning so‘zi o‘tadi. Tomosha 
tamom bo‘lgach, hammalari u bilan bir-bir so‘rashib, valine’matlik qilayotgani uchun 
minnatdorlik bildiradilar. Daromad mo‘mayroq bo‘lgan kunlari «otamsiz» deyishdan 
qaytmaydiganlar ham bor. Bugungi daromad haqida bashorat qilishga hali erta, lekin bir 
narsa aniq — salomlashish chog‘ida yigit ularga xo‘jayin o‘zgarganini, shu bois «narx-
navo» oshganini ma’lum qiladi. Ular noroziliklarini ichlariga yutganlari holda, 
shodiyonalik belgisi sifatida yana yuz so‘mdan «suyunchi» cho‘zadilar. 
Kesakpolvon yana bir piyolani bo‘shatgach, somsachiga yaqinlashganda yigit paydo 
bo‘ldi. 
— Zakkaz somsa, keling oka, g‘ichcha yog‘ yeysiz, — dedi somsachi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish