Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/231
Sana25.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#463339
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   231
Bog'liq
Shaytanat 3- kitob

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
84
ergashgan edi, orqasiga o‘girilib, buyurdi: 
— Haydar, G‘ilayning yonida tur. Mahmud, sen sal orqaroqda yur. 
Asadbek yigitlardan ikki qadam berida to‘xtadi. Ana shu ikki qadam oralig‘idagi 
masofaga sukunat suqulib kirib hukmronlik o‘rnatdi. Ko‘zlar ko‘zlarga to‘qnashgan holda 
qotdi. Ammo sukunatning hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Yigitlarning chapdastrog‘i 
«Assalomu alaykum, Bek aka», dedi-yu, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yganicha unga peshvoz 
chiqdi. Boshqalar o‘ylab ham o‘tirmay, unga ergashishdi. Ularning aksari yangi hojalari 
bilan qo‘shqo‘llab ko‘rishishdi. Mana shu manzaraning o‘ziyoq «ikki davlat» o‘rtasida 
g‘olibning foydasiga bitim imzolanganidan dalolat edi. Asadbek ular bilan ko‘rishib 
bo‘lgach, «ish ko‘ngildagiday bitdi», degan xayolda orqasiga qaytmoqni ham o‘yladi. Bu 
yigitlar o‘z hojalari uchun jon olishlari mumkin, ammo jon berishni istamaydigan 
toifadan edi. Kecha oqshomda hojalarining Asadbek uyiga kirib ketganicha qaytib 
chiqmaganini ular bilishardi. Kichik hojalarining bu holda turishining o‘ziyoq ularga 
chorasiz ekanliklarini, ikki yo‘ldan birini tanlamoqliklari zarurligini anglatardi. Asadbek 
kelmasidan ilgariyoq, ular kichik hojalari yo‘lini tanlashgan, g‘oliblar qarshisida bichilgan 
yuvvosh qul libosiga o‘ralgan edilar. Agar Asadbek ko‘ringanida birov «Tiz cho‘klaring!» 
deb buyruq bersami edi, shubhasiz tiz cho‘kardilar, buyruq bo‘lsa sajda qilishdan-da 
qaytmagan bo‘lardilar. 
Asadbek ular orasida sarosimani, norozilikni, hatto qarshilikni kutgan edi. Yigitlarning 
mutelik bilan ko‘rishishlari uning uchun kutilmagan hol bo‘ldi. «Agar Hosil meni 
o‘ldirganida mening yigitlarim ham unga shunday poyi-patak bo‘lisharmidi?» degan 
xayol ko‘nglini g‘ash qilib o‘tdi. 
Ko‘rishuv marosimi tugagach, yigitlar Asadbekning atrofida yarim doira yasadilar. 
Tobelik alomati yaqqol sezilib tursa-da, Chuvrindi ehtiyotni shart deb bilib unga 
yaqinlashdi. O‘ng qo‘li jigarrang charm plash cho‘ntagidagi to‘pponcha dastasini 
mahkam siqdi. 
— Hosil mening eng qadrdon ukaxonlarimdan, buni bilasanlar, a? — dedi Asadbek 
vazminlik bilan. — Kecha u uyimga kelib bir iltimos qildi: uzoqdagi bir joyda bitadigan 
zarur ishi bor ekan. O‘zi bormasa ishi bitmas ekan. U yoqda bir oy yuradimi, ikki oymi — 
Xudo biladi. «Zamon nozik, bolalarga ko‘z-quloq bo‘lib turing», deb iltimos qildi. Sizlarga 
shu xabarni o‘zim yetkazib qo‘yay deb to‘pladim. Hosilning ketganini siz bilan mendan 
boshqa hech kim bilmasligi kerak. Birov so‘rasa tushuntirib ham o‘tirmang. 
«Bilmayman», deng — tamom! Kimning gapi bo‘lsa, menga ro‘para qiling. Hosil 
kelgunicha, mana, Mahmudjon akalaring nima desa, shunga bo‘ysunasanlar. 
Bu gaplarni eshita turib Kesakpolvon betoqatlandi. 
— Bilib qo‘y, — dedi u G‘ilayning biqiniga tirsagi bilan asta turtib, — eng muhimi — 
o‘shandan ehtiyot bo‘l. Sen o‘ladigan bo‘lsang ham shuning qo‘lida o‘lasan. 
— Patsan-ku bu, bo‘sh kelish yo‘q, — dedi G‘ilay mensimagan tarzda. 
— Aqling bo‘lsa, shu mishiqilardan qo‘rq. Qovoq kallasiga nima kelsa shuni qiladi. 
G‘ilay «seniki ma’qul» deganday bosh irg‘ab qo‘ydi. 
Asadbek gapini oxiriga yetkaza olmadi — yo‘tali tutdi. Chuvrindi ildam ravishda uning 
yoniga kelib, gapini davom ettirdi: 
— O‘ylab ko‘rlaring: senlarni zo‘rlash yo‘q. Hosil kelgunicha birga ishlaymiz, desalaring, 
gap yo‘q. Ko‘nmasalaring, yana o‘zlaring bilasanlar. Lekigin tuxum bosib o‘tirasanlar, 
pista qilib yurasanlar. G‘iring-piring degan gap chiqarsalaring tuxumlaringni quritaman. 
— Eshitdingmi? — dedi Kesakpolvon yana G‘ilayni turtib, — Hosil kelgunicha birga 
ishlaysanlar. Keyin Hosil kelib, o‘zi bilan olib ketadi. 
G‘ilay «patsanning o‘zini asfalasofilinga jo‘natmay tag‘in!», demoqchi bo‘ldi-yu, tilini 
tiydi. Har- holda bular orasidagi munosabatni yaxshi bilmaydi. Oralarida sovuqlik 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish