5-rasm. Asab markazining toliqishi.
Asab markazlari toliqish xususiyatiga ega. Ularning toliqishi afferent asablar
uzoq vaqt davomida ta‘sirlanganda reflektor javobini asta-sekin susayishi, keyinroq
esa butunlay to‗xtab qolishi bilan ifodalanadi. Masalan, bironta afferent asab tola
uzoq vaqt ta‘sirlanganidan keyin mushak kuchsiz qisqarishi yoki qisqarmay qolishi
bilan, shu mushakni nervlantiruvchi efferent (motor) asab ta‘sirlansa, mushak yana
qisqara boshlaydi. Demak, toliqish refleks yoyining faqat markaziy bo‗limida sodir
bo‗ladi. Markaziy sinapslarda qo‗zg‗alishning uzatilishini buzilishi, mediatorlar va
energetik manbalarini kamayishi toliqishning asosiy sabablari deb hisoblanadi.
Resiprok va qaytar tormozlanish.
Evolyusiya jarayonida qo‗zg‗alish bilan
bir vaqtda uni hosil bo‗lishini chegaralovchi va to‗xtatuvchi jarayon, ya‘ni
tormozlanish shakllangan. Tormozlanish asab tizimining aktiv jarayoni bo‗lib,
buning natijasida qo‗zg‗alish zaiflashadi yoki uzoq muddatga butunlay to‗xtaydi.
Tormozlanish harakatlar uyg‗unlashishida (koordinasiyasida) ichki azolar faoliyatini
boshqarilishida va OAF uchun muhim ahamiyatga ega. Kelib chiqishiga ko‗ra
resiprok (antagonistik) va qaytar, presinaptik va postsinaptik tormozlanishlar
farqlanadi.
17
I.M.Sechenov 1862 yili MAT da tormozlanish hodisasini kashf etdi. Markaziy
neyron, agar qo‗zg‗aluvchan holatda bo‗lsa, unda yangi qo‗zg‗alish hosil qilib
bo‗lmaydi yoki juda qiyinchilik bilan hosil bo‗ladi. Demak, neyronga qo‗zg‗alish
kelishi tufayli reflektor yo‗lda tormozlanish paydo bo‗ladi. Agar oraliq miyaning
ko‗rish bo‗rtiqlariga osh tuzining kristali qo‗yilsa, baqaning orqa miya refleks vaqti
uzayadi, ya‘ni refleks tormozlanganligidan dalolat beradi. Bu asosida I.M.Sechenov
oraliq miyaning talamus qismida orqa miya reflekslariga tormozlovchi ta‘sir etuvchi
asab markazlar mavjud, degan xulosaga keldi. Faqat so‗nggi yillarda, MAT ning bu
bo‗limlarida retikulyar formasiya yadrolari joylashganligi va ularning orqa miya
reflektor faoliyatiga tormozlovchi, miya po‗stlog‗iga esa aktivlashtiruvchi ta‘sir
etishi aniqlandi.
Qo‗zg‗alish va tormozlanishning o‗zaro ta‘siri asab tizimining umumiy
xususiyatlaridan biridir. Asab markazi neyronlarida qo‗zg‗alish va tormozlanishning
o‗zaro ta‘siri natijasida odatdagi, tabiiy reflektor harakatlar bajariladi. Agar, orqa
miyali baqani orqa oyoqlaridan biri ta‘sirlansa, u bukiladi va qarama-qarshi
oyoqning bukiluvchi mushak va ta‘sirlangan oyoqning yoyiluvchi mushak asab
markazlari tormozlanadi. Bunday tormozlanish resiprok yoki antagonistik
tormozlanish deb ataladi. Bu tormozlanishning mexanizmi Dj.Ekklos va uning
xodimlari tomonidan aniqlanishicha, quyidagidan iborat: orqa miya gangliysining
psevdounipolyar hujayrasi aksonlari orqa miyada tormoqlanadi. Ulardan biri
bukiluvchi mushaklarni nervlantiruvchi motoneyronlarda, ikkinchisi esa yoyiluvchi
mushakni nervlantiruvchi motoneyronda tormozlovchi sinaps hosil qilgan
neyronlarni qo‗zg‗atadi. Demak, afferent asabni ta‘sirlanishi bir vaqtning o‗zida
mushakni bukuvchi asab markazini qo‗zg‗atadi, mushakni yoyivchi asab markazini
esa tormozlaydi.
Orqa miyadan chiqayotgan motoneyron aksonining yon kollaterali (yon
tarmog‗i) Renshou hujayrasiga tutashadi. U esa tormozlovchi sinapslar yordamida
motoneyronga bog‗lanadi. Motoneyronning faollashuvi Renshou hujayralarida ham
qo‗zg‗alish paydo qiladi. Bu qo‗zg‗alish Renshou aksoni orqali yana
18
motoneyronlarga qaytadi. Ular ta‘siridan postsinaptik membranada hosil bo‗lgan
giperpolyarizasiya, ya‘ni tormozlanish,
Do'stlaringiz bilan baham: |