1.3.Asab tizimining evolyusiyasi
Tirik organizmlar hayoti davomida tashqi muhitning turli-tuman ta‘sirlariga
uchraydilar va ular bunday ta‘sirlarga nisbatan o‗z holatini u yoki bu fiziologik
reaksiyalar shaklida yoki xulq-atvorini o‗zgartirish bilan javob beradi. Buning
21
zarurligi shundaki, tirik organizmlar ta‘sirotni qabul qilib olish, ularni qayta ishlash
va ularga tegishlicha javob berish qobiliyatiga ega. Tiriklikning bunday xossasi
ta’sirchanlik
deyiladi.
Bir hujayrali hayvonlar ta‘sirotlarga hamma hujayrasi bilan yaxlit javob beradi,
ko‗p hujayralilarda esa ixtisoslashgan hujayralar, ya‘ni ta‘sirotni qabul qiladigan, uni
qayta ishlaydigan va impulslarni yuboradigan, organizm faoliyatini boshqaradigan
neyronlar paydo bo‗lgan. Bunday hujayralar ektodermadan kelib chiqadi va asab
tizimini shakllantiradi.
Ko‗p hujayrali organizmlar orasida asab tizimi birinchi bo‗lib ichak
bo‗shliqlilarda paydo bo‗lgan. Evolyusiya davomida asab tizimining 3 ta asosiy tipi:
diffuziyali, tugunli
va
trubkasimon
tiplari shakllangan (6-rasm).
6-rasm. Asab tizimi tuzilishining
murakkablashib borishining asosiy bosqichlari.
I – aniq markazlarga ega bo‗lmagan diffuziyali asab
tizimi.
II – neyropillari bo‗lgan gangliylar:
a – neyronlarning tanasi,
b – neyropildagi neyronlarning o‗simtalari.
III – asab trubkasi.
Diffuziyali asab tizimi
– eng qadimiy va eng sodda bo‗lib, qo‗zg‗atuvchilarga
nisbatan differensiasiyalashgan reaksiyalarni yaratish imkonini bermaydi. Bunday
tizim ichakbo‗shliqlilar kabi ko‗p hujayrali organizmlarda (gidra (6-rasm)) bo‗ladi.
Bunday asab tizimining o‗ziga xosligi uning asab hujayralarining asab tarmog‗iga
birlashishidadir. Bu tarmoq, hayvonning butun tanasi bo‗ylab diffuziya yo‗li bilan
o‗tadi, unda qo‗zg‗alishni o‗tkazish turli yo‗nalishlarda bir tekis amalga oshiriladi va
22
u, qo‗zg‗atuvchi ta‘sir ko‗rsatgan joydan uzoqlashgan sari sekin-asta so‗nib boradi.
Tananing har qanday nuqtasiga ta‘sir qilinganda qo‗zg‗alish barcha asab tizimi
bo‗ylab tarqaladi va hayvon butun tanasining harakatlanishi bilan javob beradi. Bu
yerda markaziy yoki periferik qismini ajratish mumkin emas.
Filogenetik jihatdan eng qadimgi sistema
diffuziyali
hisoblanadi. U ichak
bo‗shliqlilarga xos bo‗lib, ularda aniq ko‗rinadigan markazlar bo‗lmaydi. Uni tashkil
qilgan neyronlar asosan ektodermada joylashgan va ularda ko‗plab bir xil o‗simtalar
bo‗ladi. Ana shu o‗simtalar yordamida ular bir-biri bilan va tananing
innervasiyalanadigan hujayralari bilan aloqa qiladi. Diffuziyali asab tizimi anatomik
tuzilishi bo‗yicha to‗rni eslatadi, uni hosil qilgan neyronlar esa bir vaqtning o‗zida
ham sensor (sezuvchi), ham effektor funksiyalarga ega – ular ta‘sirotni ham qabul
qilib oladilar, ham asab impulslarini tananing hujayrali komplekslariga uzatadi.
Bunday tipdagi asab tizimi uchun umumiy generalizasiyalashgan reaksiya xosdir.
Neyronlar bir-biri va tananing boshqa hujayralari bilan sinapslar orqali
bog‗lanadi. Bu asab impulslarini yoki maxsus kimyoviy moddalar – mediatorlar
hisobiga (kimyoviy sinapslar) yoki elektrik potensial hisobiga (elektrik sinapslar)
o‗tkazadigan maxsus uchastkalardir. Sinapslar asab tizimining universal tuzilmasidir
va u umurtqasizlar uchun ham, umurtqalilar uchun ham xosdir. Biroq, yuksak
umurtqalilarda ta‘sirotning jadalligini, sifatini hisobga olishga imkon beradigan va
integral jarayonlarni amalga oshirishga yordam beradigan kimyoviy sinapslar
ko‗proq uchraydi. Qo‗zg‗alishni tezroq uzatish kerak bo‗lgan taqdirda elektrik
sinapslar ishlatiladi.
Erkin suzadigan ichakbo‗shliqlilarda, ayniqsa ancha murakkab xulq-atvorga ega
bo‗lgan ssifomeduzalarda, neyronlar zont chekkasi bo‗ylab alohida to‗plamlar
ko‗rinishida birlashadi va asab halqasini hosil qiladi.
Ichakbo‗shliqlilarning asab tizimi ancha oddiy anatomik tuzilgan bo‗lishiga
qaramay, ushbu hayvonlar ancha barqaror reflekslarni shakllantira oladi va hattoki
assosiativ xotiraga ham ega. Bu aktiniyalar bilan o‗tkazilgan tajribalarda isbotlangan.
Ularni tabiiy sharoitdan olib akvariumga solinganida o‗zlarining erkin tabiatdagi
23
orientasiyalarini takrorlab bemalol akvariumga joylasha oladilar. Bunga sabab
ularning ilgari og‗iz teshigi qaysi tomonga yo‗nalganligini eslab qolganliklari bo‗lishi
mumkin.
Asab tizimi filogenezining keyingi bosqichi uch qatlamli ikki tomonlama
simmetrik hayvonlarda (chuvalchanglar, ignaterililar, artropodlar va mollyuskalar)
tugunli
(ganglionar)
asab tizimining
paydo bo‗lishi hisoblanadi.
Gangliylar (tugunlar) – tanasi tugunning periferiyasi bo‗ylab, neyropil deb
ataladigan ichida esa ularning chirmashib ketgan o‗simtalari joylashgan
neyronlarning yig‗indisidan tashkil topgan anatomik tuzilmadir (6-rasm).
Neyronlarning ushbu jamlangan shaklidan keyinchalik evolyusiya davomida
umurtqalilarning asab trubkasi paydo bo‗lgan, deb hisoblanadi. U o‗simtalarning
neyropildan tugunlarning tashqi tomoniga chiqishi natijasida shakllangan.
Ancha sodda chuvalchanglarda (yassi va yumaloq) gangliylar tananing oldingi
uchida ovqatni ushlab olish va asosiy sezgi a‘zolari to‗plangan halqumoldidagi asab
halqasi tarkibida joylashgan. Yassi chuvalchanglarda halqumoldidagi asab halqasidan
tananing orqa uchiga qarab ikkita yon asab stvollari cho‗zilgan. Ushbu stvollar asab
tolalarining ko‗ndalang tutami bilan birikkan, ana shu tutashgan joylarda
neyronlarning tanasi joylashgan. Umumiy ko‗rinishda asab tizimi zinani eslatadi.
Bosh tugunlarining neyronlari sezgi a‘zolaridan keladigan axborotni qabul
qiladi, qayta ishlaydi va asab impulslarini muskul hujayralariga uzatadi. Bu
hayvonlarga sudralish va suzish kabi murakkab bo‗lmagan harakatlarni amalga
oshirish imkonini beradi. Tanasi metamer segmentasiyaga va har bir segmenti qator
a‘zolarga ega bo‗lgan halqasimon chuvalchanglarda asab tizimining markaziy bo‗limi
rolini bajaradigan bosh tugunlaridan tashqari qornida juft gangliylar zanjiri mavjud.
Ushbu gangliylar o‗zaro asab tolalarining ko‗ndalang va bo‗ylama tutamlari bilan
bog‗langan (7-rasm).
Ushbu chuvalchanglarda turli-tuman reseptorlar (xemoreseptorlar, fotoresep-
torlar, muvozanat reseptorlari, sezish, og‗riq reseptorlari va bosimni sezishga imkon
beradigan baroreseptorlar) mavjud va ularning boshidagi asab tuguni yirik bo‗lib,
24
bosh miya rolini bajaradi. Asab tizimi va mushakmushaklarning rivojlanganligi
hisobiga halqalilar turlicha hayot kechiradilar va turli o‗simlik va hayvon ozuqalarini
ishlatadi. Ularga refleksning barcha tiplari xos, ularni shartli reflekslarga o‗rgatish
mumkin va ular assosiativ xotiraga ega. Ana shunday xotira hisobiga ular nisbatan
murakkab xulq-atvorni namoyon qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |