G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

talamo-kortikal
tolalar kiradi. Harakatlarni boshqarishda po‗stloqning muayyan sohalari ishtirok 
qiladi. Bu sohalar 
motor
po‗stloqni tashkil qiladi. 
Katta yarim sharlar po‗stlog‗i tuzilishi va funksional ahamiyatiga ko‗ra bir 
qator sohalarga – ma‘lum bir vazifani bajaradigan po‗stloq maydonlariga bo‗linadi. 
Bular, o‗ziga xos sensor axborotni qabul qilib, qayta ishlab 
sensor
vazifani 
bajaradigan uchastkalar; miya stvoli, miyacha va orqa miyaning harakatlantiruvchi 
neyronlaridan keladigan axborotni qabul qilib qayta ishlaydigan 
harakatlantiruvchi
(motor) vazifani bajaradigan uchastkalar; po‗stloqning hamma uchastkalaridan 
axborotni qabul qilib uni integrasiyalab 
assosiativ
vazifani bajaradigan uchastkalar.
Talamus yadrolari orqali boshqa sohalarga afferent impulslar o‗tadi. Ular 
po‗stloqning 
sensor
sohalarini tashkil qiladi. Hozirgi paytgacha funksional ahamiyati 
noaniq bo‗lgan sohalar ham bor, masalan, miyaning peshona bo‗limlarida joylashgan 
9- va 12-maydonlar. 
Bosh miya po‗stlog‗ida sensor (teri va mushak-bo‗g‗inlardan) va visseral (ichki 
a‘zolardan) sezgilarning birlamchi sohalari bor. Ularni 
birinchi
va 
ikkinchi somato-
sensor sohalar
deb ataladi (35-rasm).
Birinchi somatosensor soha orqa markaziy pushtaga joylashgan bo‗lib, yuzasi 
ikkinchi somatosensor sohanikidan ancha katta. Bu sohada qo‗l kafti, tovush apparati, 
yuz vakilliklari ko‗p joyni egallagan. Badan va oyoqlar vakilliklari ancha kam joy 
oladi. 
Ikkinchi somatosensor soha Silviy egatining lateral qismida joylashgan. Bu 


88 
sohaga elektr toki ta‘sir ettirilganda bosim, tegish yoki issiq seziladi. Somatosensor 
sohalar olib tashlanganida sezgilarni shakllaydigan ta‘sirotlar kuchidagi farq deyarli 
bilinmaydi. Somatosensor sohalarning asosiy vazifasi talamusning spesifik 
yadrolaridan keladigan ma‘lumotlarni baholash va birlashtirishdan iborat. Bu yerda 
shakllanayotgan sezgilar kuchini solishtirish badanning ta‘sirlanayotgan qismlarini 
fazodagi munosabatini aniqlash, sezgilarning o‗xshashligi va farqlarini baholashdan 
iborat. 
Birinchi va ikkinchi somatosensor sohalardan harakatlantiruvchi efferent tolalar 
chiqqanligi sababli, ularni 
sensomotor sohalar
ham deb ataladi. 
Ko‗ruv analizatorining o‗zagi miyaning ensa qismida joylashgan. Har ikki yarim 
shardagi ko‗ruv analizatorining markazida ikkala ko‗z to‗r pardasi, ya‘ni chap 
markazga ikkala ko‗z to‗r pardasining chap yarmi proeksiyalanadi. Birlamchi ko‗ruv 
markazi bo‗lgan 17-maydon yonidagi 18- va 19-maydonlar ham ko‗ruv sezgisiga 
daxldor. Odam yozilgan so‗zni 18- va 19-maydonlar shikastlanganida anglamaydi. 
Bu sohalar ko‗z soqqasi harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi. 
Eshituv analizatorining markaziy o‗zagi ustki chakka pushtasining o‗rtasida 
joylashgan (41- va 42-maydonlar). Bu sohalarga elektr toki ta‘sir etilganda odam 
tovushni sezadi. Eshituv markazining bir tomoni shikastlansa odam bo‗tunlay kar 
bo‗lmaydi, ammo yaxshi eshitmaydigan bo‗lib qoladi. Tovush kelgan tomonni 
aniqlash va tovushlarni vaqtga bog‗lash qiyinlashadi. 
Chap yarim shardagi eshituv markazning ma‘lum qismi nutqni tushunishga 
yordam beradi. Bu yer shikastlansa, odam gapira olmaydi va tushunmaydi. Miya 
po‗stlog‗ida hid va ta‘m bilish analizatorlarining markazlari joylashgan.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish