2.10. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i hujayralarining tuzilishi
Katta yarim sharlar bosh miyaning 80%ini tashkil qiladi. Katta yarim sharlar
po‗stlog‗i 5 mm gacha qalinlikdagi kulrang modda qatlamidan tashkil topgan.
Neyronlar po‗stloqning hamma yerida ham tekis taqsimlanmaganligi uchun ham
po‗stloq
sitoarxitektonikasi
ajratiladi. Birmuncha bir xil tuzilishga ega bo‗lgan
neyronlar alohida qatlam ko‗rinishida joylashadi.
Qadimiy, eski va yangi po‗stloq qismlarga bo‗linadi. Qadimiy po‗stloqqa hidlov
miya, eski po‗stloqqa – gippokamp, yangi po‗stloqqa esa qolgan hamma sohalar
84
kiradi (33-rasm).
Neyronlarning tanasi 6 qavatdan iborat (34-rasm). Qavatlarning qalinligi,
ularning chegaralanishi, yangi po‗stloqning turli bo‗limlarida hujayralarning kattaligi,
miqdori o‗zgarib turadi.
33-rasm. Odam miyasining yangi, qadimgi, eski po‘stloqlarining nisbati:
1 - katta yarim sharlar, 2 - miyacha, 3 - uzunchoq miya, 4 - qadoqsimon tana, 5 -
ko‗rish bo‗rtiqlari, 6 - hid bilish piyozchasi, 7 - ko‗rish asabi, 8 - gipotalamus sohasi,
9 – gipofiz.
gorizontal shtrix - yangi po‗stloq; egri katak - qadimgi; vertikal - eski; to‗g‗ri
katak - arqoqaro po‗stloq; punktir - vegetativ tuzilmalar.
34-rasm. Bosh miya po‘stlog‘i qavatlarining
yarim sxematik tasviri:
Chapda – neyronlarning asosiy tiplari, o‗rtada –
neyronlarning tanasi, o‗ngda – tolalarning umumiy
joylashishi
Birinchisi
- po‗stloqning eng yuza molekulyar qavati. Bu qavatda mayda
85
multipolyar assosiativ neyronlar va ko‗plab tolalar, ya‘ni pastki qatlamlardagi
neyronlarning o‗simtalari joylashgan.
Ikkinchisi
- tashqi donali qavat, xilma-xil shakldagi mayda asab hujayralaridan
tashkil topgan. Hujayralarning miqdori birinchi yuza qavatga nisbatan ko‗proq
bo‗lgani uchun donador bo‗lib ko‗rinadi. Hujayralar
mayda piramida ko‗rinishida bo‗lib yulduzsimon va birozgina tomrozlovchi
neyronlardan tashkil topgan.
Uchinchisi
– eng qalin qavat bo‗lib, o‗rta piramida qavatning hujayralar asosan
o‗rtacha razmerli piramidasimon neyronlardan tashkil topgan. Uncha ko‗p bo‗lmagan
tormozlovchi neyronlari ham bor. Piramidaga o‗xshamaydigan hujayralar ko‗p
bo‗lmaganligi sababli qo‗shni qavatlarga nisbatan hujayralarning miqdori kamroq.
To‘rtinchisi
- ichki donador qavat asosan uncha katta bo‗lmagan yulduzsimon
neyronlar (qo‗zg‗atuvchi) - hujayralardan tashkil topgan. Bu yerda gorizontal
yo‗nalgan mielinli asab tolalari ko‗proq joylashgan.
Beshinchi
- ganglioz qavatning asosiy hujayralari – yirik piramida
hujayralaridan tashkil topgan. Qavatning markaziy jo‗yagida yirik (gigant)
piramidasimon hujayralar (Bets hujayralari) joylashgan. Bu hujayralarning aksonlari
orqa miyaning motoneyronlariga boradigan vertikal (proeksion) piramida yo‗lini
hosil qiladi. Undan tashqari bu qavatda ko‗plab gorizontal asab tolalari va birozgina
tormozlovchi neyronlar ham joylashgan.
Oltinchi
– polimorf hujayralar qavati miyaning oq moddasiga yopishib turadi.
Uning hujayralari tarkibi har xil. Qavatning tashqi yuzasi mayda piramidasimon
hujayralardan va har xil shakldagi tormozlovchi neyronlardan iborat. Bu qavat ikkiga
- uchburchaksimon hujayralardan tashkil topgan tashqi qavat va duksimon
hujayralardan tashkil topgan ichki qavatga bo‗linadi.
Qavatlar bo‗ylab uch xil tipdagi hujayralar, ya‘ni piramidasimon neyronlar I va
IV qavatlardan tashqari barcha qavatlarda, tormozlovchi neyronlar IV qavatdan
tashqari barcha qavatlarda joylashgan bo‗lsa, qo‗zg‗atuvchi (yulduzsimon) neyronlar
faqat II va IV qavatlardagina to‗plangan. Po‗stloqni hamma qismini neyron
86
tuzilishida umumiylik bo‗lgani bilan neyronlar soni va o‗lchovida, qavatlardagi
tolalar yo‗nalishi va tarqalishida sezilarli farqlar bor. Shu asosda bosh miya
po‗stlog‗ining «haritasi» tuzilgan bo‗lib, Brodman bo‗yicha maydonlarga ajratiladi
(35-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |