Gipotalamus
. Gipotalamik sohaga quyidagilar kiradi: ko‗ruv asablarining
kesishgan xochlari, gipofiz boshlanadigan voronka, kulrang do‗ngcha va kaudal
80
joylashgan yelinsimon tanalar. Ushbu barcha sohalarda ko‗p sonli yadrolar (sut
emizuvchilarda 32 juft) joylashgan bo‗lib, ularni bir necha guruhlarga ajratish
mumkin: preoptik oldingi, o‗rta, tashqi va orqa.
Kulrang do‗ngcha III me‘dacha pastki devorining toq tola o‗simtasi
ko‗rinishida bo‗lib, kulrang moddaning yupqa plastinkasidan iborat. Do‗ngchaning
ustki qismi ingichka ichi bo‗sh voronkasimon cho‗zilgan bo‗lib, uning yakunlangan
uchida turkiy egarning chuqurida yotgan gipofiz joylashgan. Kulrang do‗ngchada kul
rang moddaning yadrolari joylashgan bo‗lib, ular yuksak vegetativ markazlar
hisoblanadi va xususan moddalar almashinuvi hamda issiqlikni boshqarishga ta‘sir
ko‗rsatadi.
Ko‗ruv xochi kulrang do‗ngchaning oldida yotadi, ko‗ruv asablarining
kesishgan joyida hosil bo‗ladi.
Yelinsimon tana – ikkita, uchta katta bo‗lmagan, oq rangdagi, noto‗g‗ri shar
shaklidagi do‗ngchalar bo‗lib, o‗rta miyaning yon tomonlarida simmetrik ravishda
yotadi. Oq modda qatlami yuzasining tagida har bir tananing ichida ikkita kul rang
yadro joylashgan. yelinsimon tana barcha funksiyasi bo‗yicha po‗stloqosti hid bilish
markazalariga mansub.
Ketingi gipotalamik soha – miya moddasining uncha katta bo‗lmagan
uchastkasi bo‗lib, talamus tagida joylashgan. Unda, qora substansiyadan lateralroq,
oraliq miyaga mansub bo‗lgan oval tana yotadi. U, ekstrapiramidali tizimning
bo‗g‗inlaridan biri bo‗lib, vegetativ funksiyalarni ham bajaradi deb hisoblanadi.
Gipotalamus alohida sohalarining funksional mohiyati turlichadir (32-rasm).
Gipotalamus yadrolari shikastlangan yoki qo‗zg‗algan paytda o‗ta har xil samaralar
yuzaga keladi, lekin ularning barchasi, u yoki bu darajada organizmning vegetativ
sohasi bilan bog‗liq. Ko‗rinib turibdiki, gipotalamusda vegetativ funksiyalarni
integrasiyalovchi yuksak markaz joylashgan bo‗lib, bu funksiyalar keyinchalik,
vegetativ asab tizimining parasimpatik va simpatik bo‗limlari tomonidan
boshqariladi. Tana haroratini boshqarish mexanizmlari gipotalamik yadrolariga
bo‗ysinadi, bunda ularning ba‘zilari issiqlik ajratish jarayonini, ikkinchilari esa –
81
issiqlik ishlab chiqarish jarayonini boshqaradi. Gipotalamik neyronlarni ularga oqib
keladigan qonning haroratiga sezuvchanligi muhim fakt hisoblanadi. Harorat
o‗zgargan paytda ushbu neyronlarning fonli faoliyati ham o‗zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |