O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana25.02.2022
Hajmi0,78 Mb.
#461855
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
М-81-2 Ф. menejment nustaqil ish



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
SIRTQI FAKULTET 
 
“IQTISODIYOT, BOSHQARUV, SOLIQLAR VA SUG’URTA” 
KAFEDRASI 
 
“MENEJMENT” TA’LIM YO’NALISHI 2-KURS
M-81-2 GURUXI TALABASI
JUMAEV ANVARNING 
“MENEJMENT” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2022 
 
 


Bozor segmentatsiyasining mohiyati va ahamiyati 
 
Segment so‘zi “
segmentum” 
lotin so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak, 
qism, bo‘g‘inlarga bo‘lish, yo‘lak, biror narsaning qismi ma’nolarini 
bildiradi. 
Bozor segmenti - marketing termini bo‘lib, tovarlar yoki xizmatlar 
bozorining bo‘lagi sifatida tariflanadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, 
tovar yoki xizmatlarni muvaffaqiyatli sotish uchun muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan, umumlashtiruvchi belgilar bo‘yicha guruhlangan 
iste’molchilar yig‘indisiga aytiladi. Umumiy belgilar sifatida, masalan, 
umumiy moyilliklar, ehtiyojlar, madaniy va milliy xususiyatlar va h.k. 
o‘rin egallaydi. 
Bozor segmenti, deganda, aynan iste’molchilar guruhi ko‘zda tutiladi 
va o‘z navbatida alohida tovarlar turlari bozor segmentini tashkil eta 
olmaydi. 
Bozor segmenti bir qancha mezon talablariga mos bo‘lishi lozim. 
Bozor segmentining kerakli belgisi bu uning unsuridagi bir xillik, 
o‘xshashlikdir. Shunga ko‘ra, sotish xarajatlarini sezilarli qisqarishiga va 
ushbu bozor segmentiga xizmat qiluvchi marketing kompleksining yuqori 
darajadagi ixtisoslashuviga erishish mumkin. Bozor segmenti mahsulotni 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini minimallashtirish uchun 
kompaniya imkoniyatlariga mos keluvchi sig‘imga ega bo‘lishi lozim. 
Shu bilan birga qisqarib borayotgan bozor sig‘imi sharoitida sotish 
hajmlarini oshirishni oldini olish uchun bozor sig‘imidagi o‘zgarishlarni 
muntazam kuzatib borish muhim. 
Bozor segmenti mahsulotni qulay sotish kanallarini, iste’molchilar 
bilan ikki tomonlama aloqani ta’minlovchi kommunikatsion vositalarni 
o‘zida jamlaydi. Aks holda, kompaniyaning sotuv hajmlari qisqarib 
boradi. Bozor segmentini to‘g‘ri tanlash uchun iste’molchilarning 
kompaniya mahsulotiga bo‘lgan munosabatini aniqlash, mahsulotga 
nisbatan o‘xshash talabdagi iste’molchilar guruhini shakllantirish, aynan 


mazkur tovarni ishlab chiqarish imkoniyatlarini aniqlash, uning 
raqobatbardoshligi va iqtisodiy samaradorligini baholash, marketing 
dasturini yaratish lozim. Buning uchun maxsus tadbirlar, anketa- 
so‘rovnomalar va boshqa marketing tadqiqotlari amalga oshiriladi, 
natijalar tahlil qilinib, iste’molchilarning o‘xshashligi va farqli jihatlari 
asosida u yoki bu bozor segmenti tanlanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, 
bozor segmenti bu har doim ham bozorning kichik bir bo‘lagi emas, balki 
bir vaqtning o‘zida bir qancha raqobatchi kompaniyalar faoliyat olib 
borayotgan bozorning anchagina katta qismidir. 
Bozor segmenti – bu bozorning bir bo‘lagi bo‘lib, u o‘zining iqtisodiy 
intizomi bo‘yicha tavsiflanuvchi bir xildagi xaridorlar guruhini 
ko‘rsatadi. Iste’molchilar talabini qondirishda tovarlarning turi, 
modellari, sifat va miqdoriga ko‘ra tabaqalangan holda yondashuv bo‘lib, 
ularni guruhlarga ajratishda turli xil mezonlar qo‘llashga asoslanadi. 
Bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar 
majmuyi tarzida, har bir segment doirasida alohida o‘ziga xos bir talab 
namoyon bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. Segmentlarga ajratish 
mezonlarini tanlash ko‘p jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, 
shuningdek, korxona bozor faoliyatida hal qilmoqchi bo‘lgan masalaga 
bog‘liq. Shu sababli bozorni segmentlarga ajratishning universal 
mezonlari yo‘q. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat tovarlari va keng 
iste’mol mollari uchun tanlov mezonlari bir-biridan juda keskin farq 
qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda mos keladigan maqbul mezon 
tovarni bozorda joylashtirish masalalariga umuman to‘g‘ri kelmasligi 
mumkin. Segmentlarni aniqlashning ko‘p usullari bor. Mazkur usullardan 
biri – iste’molchilar talabiga ko‘ra bozorni bo‘lish. Faraz qilamiz, 
muzqaymoq sotib olganlarga 2 ta markaning qaysi birining ta’mi sifatli 
va konsistensiyasi yaxshi. Olingan javoblardan tanlashning aniq 
strukturasi hosil bo‘ladi. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o‘rtasida 
paydo bo‘lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa 
mezonni kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni 
davom ettirish lozim. Masalan, Kodak yillar davomida 35 mmli 
kameralarni ishlatib keldi. Texnik jihatdan tavsirlari juda sifatli. Ranglarni 
yorqin ko‘rsatadi. Tanlash uchun kamera turlari juda ko‘p. Lekin, bu bilan 
ko‘pchilik professional tasvirchilarni qoniqtirish qiyin edi. Ular uchun bir 
kamera boshqasi bilan bir xil edi. Odatda, tasvirlar chiqarilgach 
nuqsonlari borligi bilinardi. Ba’zida obyekt tasvirga to‘la sig‘magan, nur 
tushib qolgan yoki ko‘z qizil rangda 


bo‘lishi va hokazo. Kodak 1996–yilga kelib yuqoridagi muammolarni hal 
etish uchun kodak APS (Advanced Photo Sistem) ni yaratdi. Tasvirga 
olish oson va 3 xil formatda amalga oshirilar edi.Tasvirlar kartrijda 
saqlanar, uni qayta chiqarish mumkin edi. DSLR – digital single lens 
reflex, 2005-yillardan boshlab Sony, Nikon, Olimpus, Pentax DSLR 
kameralarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. 
Mahsulot nima? 
Mijozlar “qanoatlanish” yoki “rohatlanish”ni sotib oladi, detallarni 
emas. 
Mahsulot (GM - Malibu) Xizmat (Uzairways) GM va Uzairways 
faqatgina mahsulot yoki xizmat sotmaydi, balki “rohatlanishni” sotadi. 
Shuning uchun iste’molchilarni to‘laqonli guruhlarga bo‘lib o‘rganish 
zarur. 
Bozor segmentlarining aniq bir turi yo‘q, bozorning holatiga yaxshi 
moslashish uchun bozorni segmentga ajratishning bir necha usullarini 
birdaniga yoki alohida-alohida qo‘llash mumkin. Bozorni jo‘g‘rofiy, 
demografik va psixografik xususiyatlariga ko‘ra segmentlarga ajratish 
mumkin. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish