Geografik
Hudud
Shahar
Qishloq
Iqlim va boshqalar
Ijtimoiy-iqtisodiy
Daromad
Ma’lumot
Mutaxassisligi
va boshqalar
Psixografik:
Hayot tarzi
Yangilikka intilish
Guruh motivatsiyasi va
boshqalar
8.2-rasm.
Xaridorlarga qarab bozorni segmentlash mezonlari
Segmentatsiya mezonlarining birinchi guruhi obyektiv belgilarni o‘z
ichiga oladi va ikkinchi guruh uchun asos hisoblanadi. Shuning uchun
mezonlarning 1-guruhi asosida bozorni segmentlash (ma’lum bo‘limlar-
ga ajratish) ni klassik yoki demografik segmentatsiya, deyiladi.
Mezonlarning 2-guruhidan foydalanib bozorni segmentlash “mukam-
mal” yoki psixogrfik segmentatsiya, deyiladi. Keyingi yillarda bozorni,
ayniqsa, kundalik ehtiyoj tovarlari bozorini segmentlashda vizual
xronologik belgilar ajratib ko‘rsatilmoqda. Ularga insonning hayot siklini
aniq iste’molchi yoki iste’molchilarning guruhini tavsiflovchi belgilar
kiradi. Shu bilan birga bozorni segmentlashning har bir turida amaliyotda
alohida foydalanadi, deb hisoblamaslik kerak. Qoidaga ko‘ra bozorni
uning
segmentlarini
tahlil
qilganda
marketologlar
mezonlar
kombinatsiyalarini qo‘llaydilar. Shu bilan birga tovar turiga bog‘liq holda
iste’mol tovarlarini va ishlab chiqarish – texnika yo‘nalishi segmentlari
mezonlari farqlandi. Masalan, F.Kotler iste’mol tovarlari bozorini
segmentlashda uning 3 ta segmentga ajratish imkoniyatini ko‘rsatib, unga
oilaning daromadini, oila a’zolari miqdori (soni) ni, yoshini kiritgan.
Iste’mol tovarlari bozori shartli ravishda 36 ta segmentga (bo‘lakka)
bo‘lingan, bu esa potensial xaridorlar soni ko‘proq bo‘lishiga olib kelgan.
Psixografik mezonlar segmentatsiyaning subyektiv belgilariga kiradi.
Mezonlarning bu guruhiga hayot tarzi va muomalasi aks etib turadigan
xaridorlarning asosiy tavsiflari birlashtirilgan. Psixografik mezonlar
xarakteri chizgilari, odatlari, xaridorlarning o‘zlari haqidagi tasavvurlari,
xulq-atvor motivlari, shaxs sifatidagi xarakteristikalari, xaridorlik
muomalasi omillari kabi belgilarni o‘z ichiga olishi mumkin. Korxonalar
tomonidan sotib olinadigan sanoat tovarlari bozorlarini segmentlash
mezonlari geografik, ishlab chiqarish – iqtisodiy va kasbiy
–
shaxsiy belgilarga asoslanadi. Iqlim, relyef, urbanizatsiya darajasi
kabilar bilan tavsiflanuvchi geografik belgilar tarmoqlar va aniq tovarlar
iste’molchisi bo‘lgan korxonalar, texnologik jarayonlar, iste’molchi
firmalar miqyoslari, kompaniya joylashgan mintaqa yoki mamlakatdagi
iqtisodiy konyunkturalar darajasi, savdoni tashkil etish metodlari,
logistika talablari va boshqalar holatlarni xarakterlovchilar to‘liq ishlab
chiqarish – iqtisodiy belgilarga kiradi. Bu yerda ishlovchilar soni tashkiliy
struktura, savdo dinamikasi, fond va kapital fondi kabi firma demografik
(tuzilmaviy) belgilar alohida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Segmentlash siyosatining ikki jihati bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |