69
4.2. Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari
Grafik axborotlarni kiritish qurulmalariga skaner va grafik plan-
shetlar kiradi.
Skaner
(scanner) – tasvirni (matnni) avtomatik tarzda kompyu-
terga kiritish qurilmasidir, ya’ni kiritilayotgan obyektning raqamli
tasvir nusxasini yaratadi.
Skanerlarning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar:
1. Optik ruxsat berish,
ya’ni skanerlovchi moslamadagi yorug‘-
likni sezadigan elementlarning soni ishchi sohaning kengligiga
bo‘linishi bilan aniqlanadi. Ruxsat berishning o‘lchamini
belgilash
uchun bir necha o‘lchash birligidan foydalaniladi: dpi (dots per inch) –
dyuymdagi nuqtalar; ppi (pixels per inch) –
dyuymdagi piksellar;
2. Mantiqiy ruxsat berish.
Bu ko‘rsatkich
dasturiy ta’minot yor-
damida, ya’ni dastur-drayverning o‘zi yetishmayotgan nuqtalarni
sun’iy yo‘l bilan to‘ldirishiga erishiladi.
3. Skanerlash tezligi
.
Bu ko‘rsatkich ko‘pincha bitta sahifani
skanerlashga ketgan sekundlar bilan aniqlanadi. Ba’zan bitta chiziqni
skanerlash tezligi millisekundlarda ko‘rsatiladi.
4. Razryadligi yoki rang chuqurligi.
Tasvirning skanerlangan
nuqtasidagi axborotni batafsil tekshirish darajasini ko‘rsatadi. SSD
matritsasining sifati esa ARO‘ (analog – raqamli o‘zgartirgich) ning
razryadi bilan aniqlanadi.
Rangli va oq-qora skanerlar mavjuddir.
Oq-qora skanerlar in
-
gichka chiziqli tasvirlarni va yarimtonli tasvirlarni o‘qish imkonini
beradi. Yarimtonli skanerlar kulrangni 256 tagacha sathni qabul qilish
xususiyatiga ega. Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusxalar bi
-
lan ishlay oladi. Uzatilayotgan ranglar soni 256 dan 65536 sathgacha
tebranadi.
Konstruktiv tuzilishiga qarab skanerlar qo‘l (hand-hold)
skaner lari
va stol usti (desktop) skanerlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, tar kibida
bir nechta ko‘rinishdagi skaner va tashqi qurilmalar (oqimli printer,
faks-modem, nusxa ko‘chirish apparati) imkoniyatini mujassam-
lashtirgan ko‘p funksiyali skanerlar ham mavjud. Bu o‘zida axborotni
kiritish, chiqarish va uzatish vazifalari birlashgan texnik vositadir.
70
Zamonaviy skaner turlarini ko‘rib chiqamiz.
Qo‘l skaneri
yorug‘lik manbayi va yorug‘lik diodidan tashkil
topgan chizg‘ichdan iborat. Bu qurilma yordamida qandaydir
hujjatni kompyuterga kiritish uchun
skanerlovchi moslamani mos
keluvchi tasvir ustidan keskin harakatlarsiz o‘tkazish kerak. Odatda,
kiritiladigan tasvir kengligi qo‘l skanerlari uchun 4 dyuym (10 sm)
dan oshmaydi. Zamonaviy qo‘l skanerlari kiritilayotgan tasvirlarni
avtomatik «yopishtirish»ni ta’minlaydi, ya’ni alohida kiritilgan
qismlardan butun tasvirni shakllantiradi.
Odatda, qo‘l skanerlari kichik o‘lchamli va narxi arzon bo‘ladi.
Skanerlash tezligi 5–50 mm/s ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: