N. I. SodIqova, E. a. KorNIyenko, M. d. XoShimxodjayEva periferIya va ofis qUrilmaLarini ta’MIrLaSh va ishLatish



Download 9,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/154
Sana25.02.2022
Hajmi9,44 Mb.
#461823
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   154
Bog'liq
ofis qurilmalari

ScSI
shinasi
(Small Computer System Interface – kichik 
kompyuterlarning tizim interfeysi) ANSI (American National 
Standarts Institute – Amerika standartlar instituti) tomonidan 
1986-yili standartlashtirilgan edi. Interfeys turli sinflarga mansub 
bo‘lgan qurilmalarni, ya’ni xotira to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ketma-ket 
foydalanadigan, CD-ROM bir marta va ko‘p marta yoziladigan optik 
disklar, axborot tashuvchilarini avtomatik almashtirish qurilmalari, 
printerlar, skanerlar, komunikatsion qurilmalar va protsessorlarni 
ulash uchun mo‘ljallangan. SCSI (SCSI Device) qurilmasi bo‘lib, 
SCSI shinasini kompyuterning biror-bir ichki shinasi bilan ulab 
turuvchi xost-adapter ham, maqsadli qurilmaga SCSI shinasiga ulanish 
imkonini beruvchi kontrolleri-target controller ham hisoblanadi. Shina 
nuqtayi nazaridan barcha qurilmalar teng xuquqli bo‘lishi mumkin 
va shu bilan birga ham almashtirish tashkilotchisi, ham maqsadli 
qurilma hisoblanadi, lekin ko‘pincha tashkilotchi vazifasida xost-
adapter qatnashadi. Bitta kontrollerga bir necha periferiya qurilmalari 
ulanishi mumkin, ularga nisbatan kontroller ham ichki, ham tashqi 
bo‘lishi mumkin. Ichiga SSSI kontrollerlari o‘rnatilgan periferiya 
qurilmalari keng qo‘llaniladi, ularga qattiq disklardagi to‘plagichlar, 
CD-ROM, strimerlar kiradi.
SCSI ning uchta versiyasi keng tarqalgan: SCSI-1, SCSI-2 
va SCSI-3. SCSI kompyuterning sakkizta qurilmagacha qo‘llab-
quvvatlaydigan tizim shinasining soddalashtirilgan variantidir. SCSI-1 
interfeyslari 8 bitli shinaga ega; SCSI-2 va SCSI-3 – 16 yoki 32 bitli 
bo‘lib, katta quvvatli server-mashinalarda va ishchi stansiyalarda 
foydalanishga mo‘ljallangan.


39
2.5. Tashqi portlar
Tashqi qurilmalarni ulash uchun kiritish/chiqarish kontroller larining 
ketma-ket va parallel portlari ishlatiladi, odatda, ularning razyomlari 
kompyuterning orqa panelida joylashtirilgan. Portlar ma’lumotlarni bir 
yo‘nalishda uzatishni (simpleks ish tartibi), yo‘nalishlarni qayta ulashni 
(yarim dupleks ish tartibi) va har ikkala yo‘nalishlarda (dupleks ish tartibi) 
ma’lumotlarni uzatish ish tartiblarida ishlashi mumkin. Abonentlarning 
ulanish topologiyasi ikki nuqtali (RS-232S interfeys uchun) yoki 
tarmoqlangan (VSB yoki Fire Wire) bo‘lishi mumkin.
Portlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port 
printer, skaner yoki tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi. Tashqi 
qurilmani parallel portga ulash maxsus kabel orqali amalga oshiriladi
u bir necha bitlarni bir vaqtda uzatilishini ta’minlaydi, binobarin, har 
bir bitni uzatish o‘zining liniyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. ShKning 
parallel port orqali axborot almashinuvi ish tartibi IEEE 1284 standarti 
orqali amalga oshiriladi.
LPT-port (Line Prin Ter) standart parallel port hisoblanadi. 
Odatda, port bilan ulanish Centronics standartidagi 25 chiqishli 
razyom orqali amalga oshiriladi, razyom kontaktlarining taqsim-
lanishi, signallarning vazifalari, interfeysni boshqarishning dasturiy 
vositalari har xil turdagi printerlarni, skanerlarni, diskyurituvchilarni 
ulashga mo‘ljallanadi.
Standart bo‘yicha ulanish kabelining maksimal uzunligi 1,8 metr-
ni, maksimal almashuv tezligi 100 Kbayt/s ni tashkil qiladi.
RS-232C ketma-ket port (Communication port) sichqoncha, tashqi 
modem, printer kabi qurilmalarni kompyuterga ulash, shuningdek, 
kompyuterlar orasida bog‘lanish uchun ishlatiladi. RS-232C turdagi 
ketma-ket portning ishlatilishining Centronics portiga nisbatan asosiy 
afzalliklari shaxsiy kompyuterdan tashqi qurilmaga axborotlarni 
15 metr masofagacha uzatish imkoniyati hisoblanadi. Ma’lumotlar 
ketma-ketlikdagi baytli paketlar tarzida bit ketidan bit bilan uzatiladi. 
Har bir bayt boshlang‘ich va to‘xtash bitlari bilan uzatiladi, ma’lumotlar 
dupleks ish tartibida uzatiladi, uzatish tezligi 115 Kbit/s ni tashkil etadi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish