34
Bitta PCI shinasida to‘rtta qurilmadan (slotlardan) ortiq bo‘lishi
mumkin emas. PCI shinasining ko‘prigi (PCI Bridge) –
bu PCI
shinasini boshqa shinalarga ulashning apparat vositasidir. Host
Bridge, ya’ni asosiy ko‘prik PCI ni tizim shinasiga (protsessor shinasi
yoki protsessorlar) ulash uchun ishlatiladi. Peer-to-Peer Bridge – bir
rangli ko‘prik – ikkita PCI shinasini ulash uchun ishlatiladi. Ikkita va
undan ko‘p PCI shinasi kuchli shimoliy platformalarda qo‘llaniladi,
chunki qo‘shimcha PCI shinasi ulanadigan qurilmalar sonini oshirish
imkonini beradi.
PCI shinasi hamma almashuvni paket ko‘rinishida izohlaydi: har
bir kadr
manzil fazasidan boshlanadi, bu faza izidan bir yoki bir nechta
ma’lumotlar fazasi kelishi mumkin. Paketda ma’lumotlar fazasi soni
noma’lum, ammo qurilmaning shinadan foydalanishining maksimal
vaqtini aniqlovchi taymer bilan cheklangan. Har bir qurilma shaxsiy
taymeriga ega.
Har bir almashuvda ikkita qurilma –
almashuv tashkilotchisi
(Inisiator) va maqsadli qurilma (Target) qatnashadi. Shinadan foyda-
lanishga bo‘lgan so‘rovlar arbitraji bilan tizimli plata chipsetining
tarkibiga kiruvchi maxsus funksional bog‘lama shug‘ullanadi.
Tizimli platadagi shina razyomi konstruktiv ravishda har biri 64
kontaktli ketma-ket joylashgan ikkita seksiyadan (har biri o‘zining
kaliti bilan) iborat. Bu interfeys yordamida tizimli plataga videokarta,
tovush kartasi, modemlar, SCSI kontrolleri va boshqa qurilmalar
ulanadi. Ko‘pincha tizimli platada bir nechta PCI razyomi bo‘ladi.
PCI shinasi lokal shina bo‘lsa ham kengaytirish shinasining ko‘pgina
funksiyalarini bajaradi. ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI
shinasi bor bo‘lsa, bevosita protsessorga emas (VLB shinasidan
foydalanilganga o‘xshab), balki PCI shinasining o‘zi ga (kengaytirish
interfeysi orqali) ulanadi. Masalaning bunday
hal qilinishi tufayli
shina protsessorga nisbatan mustaqil va protsessorga so‘rovlar bilan
murojaat qilmasdan uning shinasi bilan parallel ishlay oladi. Shunday
qilib, protsessor shinasining yuklamasi kamayadi. Masalan, protsessor
tizim xotirasi yoki kesh-xotira bilan ishlayapti,
bu vaqtda esa tarmoq
orqali qattiq diskka axborot yozilyapti.
Boshqa shinalarning adapteridan farqli ravishda PCI kartasining
komponentlari plataning chap yuzasida joylashgan. Shu sababli oxirgi
35
PCI-sloti adapterning o‘rnatilish joyidan foydalanishni qo‘shni ISA-
sloti (Shared slot) bilan bo‘lishadi.
Uch o‘lchamli grafikani quvvatlovchi Pentium III,
undan keyin
Pentium IV protsessorlarining yaratilishi video ma’lumotlarni uzatish
bilan bog‘liq bo‘lgan PCI shinasining yuklamasini kamaytirishni
talab qildi. Intel firmasi PCI ni takomillashtirdi va AGP magistral
interfeysini qo‘shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: