30
2.4. Ichki va tashqi magistrallar
Magistral va shinalar tufayli ShKni modulli tashkil qilish va protsessor
bilan tashqi qurilmalarni ulashni bir tartibga keltirish mumkin bo‘ldi.
Magistral yoki shina deganda, tizimning turli
xil bloklari birgalikda
ishlatadigan ma’lumotlarni uzatish kanali tushuniladi.
Shina bosma plataga joylashtirilgan bo‘lib, razyomlarning
chiqishiga ulangan o‘tkazuvchi simlar to‘plamidan iborat.
Shina
ShKning tizimli bloki bog‘lamalarini bir-biriga ulovchi yassi kabeldan
hosil qilinadi.
Shina kompyuterning fizik jihatdan komponentlari bitta yoki bir
nechta bosma platada joylashgan ichki strukturasini soddalashtirish
imkonini yaratadi. O‘zaro aloqa kanalining ular uchun umumiyligi
aloqa sonini (demak, simlar sonini ham)
qisqartiradi, razyomlar
sonini kamaytiradi, axborotni uzatuvchi va
qabul qiluvchi qurilmalar
orasidagi almashuv tezligini oshiradi.
Zamonaviy ShK turli xil komponentlarni bog‘lab turuvchi bir
nechta shinaga ega, masalan, FSB (Front Side Bus) protsessor shinasi
yoki tezkor xotira shinasi (Memory Bus). Bu lokal shinalar soni katta
bo‘lmagan bog‘lamalarga, masalan, protsessor bilan tezkor xotiraga
xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.
Tizim shinasi
nisbatan murakkab bo‘lib,
markaziy protsessor va
tashqi qurilmalar hamda tezkor xotira orasida ma’lumotlarni uzatishni
ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ularning asosiy ko‘rsatkichlari
uzatilayotgan ma’lumotlarning razryadligi va uzatish tezligidir.
Har qanday standart shina tarkibida ma’lumotlarni uzatish uchun
liniya, manzillarni uzatish uchun alohida liniya (manzil ma’lumotlarni
uzatuvchini va qabul qiluvchini belgilaydi), apparat uzilishi liniyasi,
xotiraga bevosita kirish kanali liniyasi va elektr ta’minotini ajratuvchi
liniya bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish shinasi uchun signallarni
(bitlarni) kodlash usuli, axborotni uzatish tezligi, arbitraj mexanizmi
(shinadan foydalanishni boshqarish va
vujudga kelgan vaziyatlarni
yechish) aniqlangan.
ShK tizim shinasini tashkil qilishning bir nechta standartlari
mavjud.
31
ISA tizim shinasi (magistral) IBM PC AT shaxsiy kompterlari
uchun ishlab chiqarilgan va haqiqiy standartdir.
XT modelidagi shaxsiy kompyuterlarda ma’lumotlar razryadi 8 bit
va manzillar razryadi 20 bit bo‘lgan shina qo‘llanilgan. AT modelida
shina 16 bit ma’lumot va 24 bit manzillar uchun kengaytirildi.
ISA shinasi o‘rtacha tezlikdagi multipleksirlangan 16
razryad-
li tizimli magistral hisoblanadi. Shina bo‘yicha almashuv 8 yoki 16
razryadli ma’lumotlar bilan amalga oshiriladi. Shinada kompyuterning
xotirasiga va kiritish/chiqarish qurilmalariga alohida kirishlar amalga
oshirilgan. Manzillangan xotiraning maksimal hajmi 16 Mbaytni (24
adresli liniya) tashkil qiladi. Kiritish/chiqarish qurilmalari uchun
maksimal manzillash maydoni 64 Kbaytni (16 manzilli liniyalar)
tashkil qiladi.
ISA – eskirgan ona platalarning asosiy shinasi. 32 razryadli
yuqori tezlikdagi protsessorlarning yaratilishi bilan ISA shinasi
ShKning tezligini oshirishga jiddiy g‘ov bo‘ldi. Ilgari ISA interfeysi
yordamida videokarta, modem, tovush kartasi kabi qurilmalar ulanar
edi. Zamonaviy tizimli platalarda bu interfeys umuman yo‘q yoki 1–2
slotdangina iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: