119
Bu davrda Afg‘onistonda to‘liq mustaqil davlatni tiklash uchun qulay shart-sharoitlar vujudga
keldi. Bu Sovet Rossiyasining Afg‘onistonga nisbatan tutgan, do‘stona pozitsiyasi va ommaviy
milliy ozodlik harakatlari bilan qamrab olingan Hindistondagi inqilobiy holat bilan
xarakterlanadi.
Mamlakatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tartiblarga qarshi kuchlar ham
vujudga keldi. Bu kuch «Yosh afg‘onlar harakati» deb atalgan. Ularning maqsadi davlat
mustaqilligiga erishish va erkin tadbirkorlik munosabatlarini qaror toptirish edi. “Yosh
afg‘onlar” va “eski afg‘onlar” qarashlaridagi farqlarga qaramay,
bu ikki olamning har biri
Habibulloni yuzaga kelgan halqaro vaziyatdan Afg‘onistonning Angliyaga qaramligidan
qutulish uchun foydalana olmasligida ayblar edilar. Habibulloni, shuningdek, urush so‘ngiga
kelib, Britan Hindistonini afg‘on bozorida milliy manfaatlarga zid o‘laroq monopoliyani
egallagani, davlat mablag‘larini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagani hamda inglizlarga
qarshi kurashgan ishtirokchilarga repressiya qo‘llashda ayblar edilar.
Mahalliy aholi orasida yosh afg‘onlar ruhida tarbiyalangan Habibulloxonning uchinchi
o‘g‘li Omonullohxon tobora shuhrat qozona boshladi. 1919 yil 20 fevralda amir Habibulloxon
saroy fitnasi oqibatida o‘ldiriladi. Nasrullo boshliq eski afg‘onlar bilan taxt uchun bo‘lgan uzoq
kurashlardan so‘ng Omonullohxon taxtga ko‘tarildi. U yosh afg‘onlar harakati bilan mahkam
bog‘langan edi. Omonullohxonning taxtni egallashiga uning mamlakatni mustaqillikka olib
chiqishi va ichki islohotlar o‘tkazishini va'da qilganidan so‘ng Qobul aholisi va armiyaning
unga bergan yordami katta rol o‘ynadi. 1919 yil 28 fevral
kuni Omonullohxon tantanali
ravishda taxtga o‘tirdi va shu kuni Afg‘onistonning to‘la mustaqilligi bayon etilgan manifestini
e'lon qildi. 1919 yil 3 mart kuni Omonullohxon Hindiston vitse-qiroli lord Chelmsfordga ingliz-
afg‘on munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish va Afg‘onistonning to‘la mustaqilligi qayd etilgan
xatni jo‘natadi. Bir yarim oydan so‘nggina kelgan javob xatida eski aloqalarga rioya qilish talab
qilinadi.
Sovet Rossiyasi o‘z janubiy chegaralarida Buyuk Britaniyaning mustahkamlanib
olishini va uning Afg‘oniston bilan birga Turkistondagi milliy-ozodlik kurashi tayanchi bo‘lib
qolishini istamas edi. Shuning uchun ham 1919 yil 27 martda (Sovet Ittifoqi) sovet hukumati
dunyoda birinchi bo‘lib Afg‘onistonning mustaqilligini tan olgan davlat bo‘ldi. Ayni paytda,
Afg‘onistonga zarur bo‘lib qolsa, harbiy yordam berishini ham ma'lum qildi. 1919 yil aprelida
bu ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish va o‘zaro elchilik almashuv haqida
ilk bitim imzolandi. 1921yilda sovet-afg‘on shartnomasi imzolandi.
Buyuk Britaniya Afg‘oniston davlatining mustaqil siyosat yuritishiga aslo chiday
olmadi. Afg‘onistonni itoatkor davlatga aylantirish maqsadida 1919 yil 3 may kuni Angliya
Afg‘onistonga qarshi uchinchi istilochilik urushini boshladi. O‘zining ko‘p sonli qo‘shini va
yuksak harbiy texnikasiga tayanib britan armiyasi 300 ming qo‘shin bilan Xaybar dovoni
bo‘ylab Afg‘oniston hududiga bostirib kirdi. Afg‘on armiyasi 60 ming kishi edi. Lekin 200
mingdan ortiq jangchisi bo‘lgan afg‘on qabilalari chegara bo‘ylab joylashgan edi. Afg‘on
armiyasiga hind-afg‘on chegarasidagi pushtun qabilalari yordamga yetib keldi. Ular ingliz
hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Hindistondagi milliy-ozodlik kurashlari hamda
qizil armiyaning O‘rta Osiyoda ingliz harbiy qismlariga qarshi harakatlari
britan armiyasini
muvaffaqiyatsizlikka duchor qildi. Natijada, 1919 yil 3 iyunda, urush boshlanganidan bir oy
o‘tgach, Angliya urushni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 8 avgust kuni Ravallindi shahrida tinchlik
bitimi imzolandi. Bu bitimga binoan Afg‘oniston mustaqil davlat sifatida tan olinib, tashqi
siyosat yuritishda erkin bo‘lib oldi. Mustaqil davlat sifatida Afg‘oniston ingliz subsidiyalaridan
120
ham voz kechar edi. Lekin 3 mln. aholini o‘z ichiga olgan afg‘on qabilalari hamon Hindiston
hisobida qoldi.
Sovet-afg‘on bitimi. «Yosh afg‘onlar» islohotlari. 1921 yil fevralda sovet-afg‘on bitimi
imzolandi. Bu bitimga ko‘ra tomonlar boshqa davlatlar bilan bir-biriga dushmanona bo‘lgan
bitimlar imzolamaslikka kelishib oladilar. Sovet davlati Afg‘onistonga moliyaviy yordam
ko‘rsatadi. Bu bitim imzolangach, Angliya 1921 yil noyabrida Afg‘oniston bilan hal qiluvchi
tinchlik bitimini imzolashga majbur bo‘ldi va u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Shundan
so‘ng Afg‘oniston yevropa va Osiyoning boshqa davlatlari bilan ham diplomatik
munosabatlarni yo‘lga qo‘ydi.
Mustaqillik Afg‘onistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga keng yo‘l
ochdi. Afg‘on hukumati o‘z davlatining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlab olib, 20-
yillarning boshlaridan boshlaboq, allaqachon yetilgan islohotlarni boshlab yubordi. Islohotlar
o‘tkazish uchun 25 kishidan iborat maxsus komissiya ("Qonun chiqaruvchi Kengash") tuzildi.
Komissiya dastlab moliya masalalariga diqqatini qaratdi. Ilgarigi natura shaklida olingan
soliqlar o‘rniga pul ko‘rinishidagi soliqlar joriy etildi. So‘ngra
davlat byudjetini tuzishga
kirishildi. Davlat byudjetidagi (kamomad) yetishmovchilik shunchalik katta ediki, buning
uchun davlat yerlarini sotish, ba'zi musulmon tashkilotlari mol-mulkini va amir Omonullohxon
islohotlariga qarshi bo‘lgan eski tuzum tarafdorlari mol-mulkini musodara qilishga to‘g‘ri
keldi. Shuningdek, soliqlar ham oshirildi. Bu esa mahalliy aholiga og‘ir yuk bo‘lib tushdi. Bu
choralar ham yordam bermagach, amir qog‘oz pullar chiqarishiga majbur bo‘ldi. Bu afg‘on
pulining qadrsizlanishiga olib keldi. O‘tkazilgan islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri bu
- yerga xususiy mulkchilik va xo‘jalikning ko‘pgina sohalariga davlat sektorining joriy etilishi
bo‘ldi. Hukumat birinchi milliy hissador savdo kompaniyalarining tarkib topishiga
ko‘maklashdi. O‘rta asrlarda paydo bo‘lgan xizmatlari evaziga yer in'om etish kabi holatlar
yo‘q qilindi.
Markaziy va mahalliy davlat apparati mustahkamlandi. 1921-1925
yillarda yagona
markazlashgan davlatni tuzishga qaratilgan bir qancha qonunlar qabul qilindi. Davlat tizimida
olib borilgan islohotlar ichida 1923 yil 10 aprelda qabul qilingan "Asosiy qonun", boshqacha
aytganda, Afg‘oniston Konstitutsiyasini alohida qayd etish lozim. Bu qonun Afg‘onistonda
parlamentarizmga biroz moyil bo‘lgan monarxiya tizimini ko‘zda tutar edi. "Asosiy qonun"da
barcha fuqarolarning ularning milliy va diniy kelib chiqishidan qat'iy nazar tengligi, shaxs
erkinligi, mulk daxlsizligi, nashr ozodligi e'lon qilingan edi. Oliy hokimiyatga amir boshchilik
qilar edi. Shuningdek, Konstitutsiyada oliy kengash organi - Davlat Kengashini tuzish ham
qayd etilgan edi. Davlat Kengashi 50 kishidan iborat bo‘lib, yarmi viloyatlar aholisi saylovi
orqali saylansa, qolgan yarmi amir tomonidan tayinlanar edi.
Davlat Kengashida qonun
loyihalari ishlab chiqilar, davlat byudjetini tasdiqlash, chet mamlakatlar bilan kelishuvlarni
ko‘rib chiqish va boshqa masalalar ko‘rilar edi. Shuningdek, Butunafg‘on qabila boshliqlari
majlisi, hukumat amaldorlari kengashi kabi yuqori hokimiyat organlari maqomlari ham belgilab
olindi, ya'ni qabila boshliqlari hokimiyati cheklab qo‘yildi va ular davlat soliqlarini yig‘ish
huquqidan mahrum etildi. Vazirlar kengashi ijro etuvchi hokimiyat bo‘lib qoldi. Afg‘oniston
tarixida ilk bor 1923 yili hukumat e'lon qilgan "Davlat tizimi to‘g‘risida"gi qonunga binoan
mahalliy boshqaruv saylov organlari - viloyatlar, tumanlar ko‘lamida maslahat majlislari tuzila
boshlandi. Shu tariqa, "Asosiy qonun"ning qabul qilinishi rasman mamlakatda konstitutsiyaviy
monarxiyaning o‘rnatilishini anglatar edi. Yangi tizimning bosh tayanchilari zamindorlar va
yirik savdo burjuaziyasi namoyandalari endilikda davlat hokimiyatiga yo‘l ochib, amir
hukumati siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok eta boshladilar.
121
Sud tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Ruhoniylarning sud va ta'lim
tizimidagi mavqyei ma'lum darajada cheklab qo‘yildi. Sud tizimi endilikda davlat nazorati
ostiga olindi.
«Yosh afg‘onlar» hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berdi.
Chet el mollariga boj ko‘paytirildi.
«Yosh afg‘onlar» asosiy diqqat-e'tibor qaratgan masala - bu maorif tizimi bo‘ldi. 1921
yilda uch bosqichli davlat maktablari tuziladi: besh sinfli boshlang‘ich, o‘rta va o‘qituvchilar
seminariyalari. Dunyoviy o‘quv yurtlari kengaytirildi. Xotin-qizlar gimnaziyasi ochildi. Nikoh
haqida qonun qabul qilindi. Ko‘p xotinlilik cheklandi. Mustaqil Afg‘oniston
davlati tashkil
topganidan so‘ng dastlabki besh yil ichida o‘tkazilgan islohotlar ana shulardan iborat bo‘ldi.
Umuman olganda, bu islohotlar o‘rta asrga xos formalarni yo‘qotish va yangicha ijtimoiy
munosabatlarni tashkil toptirishni rivojlantirishga qaratilgan edi.
Bu ijobiy o‘zgarishlar, tabiiyki, aholi kambag‘al qismining turmush darajasiga salbiy
ta'sir ko‘rsatdi. Natijada aholining bu qatlami orasida hukumat siyosatidan norozilik vujudga
keldi.
«Yosh afg‘onlar» hukumatiga qarshi hukmron tabaqalar bundan o‘z maqsadlari yo‘lida
foydalandilar. 1924 yilda Xostda reaksion g‘alayon ko‘tarildi. Podshohni «dindan qaytgan» deb
e'lon qilindi. Xotin-qizlar gimnaziyasi yopildi. 1927 yilda Omonullohxon chet el safarida
bo‘ldi. Misr parlamentiga afg‘on qilichini taqdim qilar ekan, «
Do'stlaringiz bilan baham: