117
manjurlar Lxasani bosib oladi. Manchjurlar Tibetdagi ichki nizolardan foydalanib, o‘z
mavqyeilarini mustahkamladi va 1792 yili esa uni Sin imperiyasi o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.
Britaniya va Tibetning dastlabki aloqalari Ost-Indiya
kompaniyasining yangi savdo
imkoniyatlarini izlash maqsadida Jorj Boglning sayohati davrida Shigadzeda boshlangan. Bogl
tez orada Panchen Lama (Tibet buddizm dinida maqom jihatidan Dalay- lamadan keyin 2-
o‘rinda turadi)ning hayrihoxligida uning saroyida 6 qish oyida Tibet madaniyatini o‘rganadi.
Biroq, 1870 yili Panchen Lama vafoti va Tibetga gurkxlarning bostirib kirishi natijasida xorij
aloqalarini ta'qiqlab qo‘yilganligi sababli Britaniya Tibet bilan barcha rasmiy aloqalarini
yo‘qotadi.
XIX asr boshlariga kelib Tibet Osiyoda paydo bo‘lgan ikki yangi kuch tomonidan
bosimni seza boshladi. O‘z ta'sir doirasini Himolay tog‘lariga qarab kengaytirayotgan va 1833
yildan buyon Hindistonni boshqarayotgan Britaniya Rossiya imperiyasining Markaziy Osiyoni
o‘z domiga tortib, Hindiston tomonga qarab ming kilometrga o‘z
chegaralarini kengaytirib
borayotganini xavotir ila kuzatib turgan edi. Rossiya maslahatchisi Agvan Dordjievning Lxasa
shahriga kelishi, Rossiyaning Britaniya imperiyasiga qarshi xavfli niyati bormikin, degan
qo‘rquvni yanada kuchaytirdi. Agvan Dordjiev buryat budda monaxi bo‘lib, Drepung
(Lxasadagi uchta asosiy monastirlardan biri) monastirida 15 yil ta'lim olgan. 13-Dalay Lama
(Tubten Gso)ning maslahatchilaridan biri hisoblangan Agvan Dordjiev Rossiyaning Tibet bilan
yaqinlashishiga imkon yaratgan. Imperator Nikolay II bilan uchrashib, San-Peterburgda datsan
(budda monastir-universiteti) qurilishiga rozilik oladi.
1903 yilning so‘nggida Rossiya maqsadini “kukunga
aylantirishga qaror qilgan
Hindiston vitse-qiroli ingliz Lord Kerzon, savdo va chegaraga taalluqli masalalarini yo‘lga
qo‘yish borasida Tibet hukumati bilan o‘zaro kelishib olish uchun ser Frensis Eduard
Yangxazbend (
Britan razvedkachisi va sayyohi
) boshchiligidagi
qurollangan ekspeditsiyani
Sikxim orqali Tibetga yuboradi.
Ser Frensis Yangxazbend, Britaniya imperiyasining xatti - harakatlarining to‘g‘riligiga
samimiy ishonch bilan Rossiyaning Osiyo bo‘yicha rejalariga nisbatan xavotirlarini keskin
bildiradi. Ser Frensis Yangxazbend ikki ming hind soldatini Natu-La (4310 m) dovoni orqali
Tibetga olib o‘tdi. Ekspeditsiya boshlanganidan 4 oy o‘tgach, inglizlar tibetliklar tomonidan
birinchi qarshilikka uchradi. Britaniya ilg‘or otryadidan son jihatdan ustun, 300 yilga eskirgan
bo‘lsa-da, olovli quvvatiga ega Tibet armiyasi tor-mor qilindi. Yana 4 oydan keyin Britan
qo‘shinlari Lxasagacha borib, u yerda Dalay Lama Agvan Dordjiev bilan Mug‘ulistonga qochib
ketganini bilishdi. Bir oydan so‘ng, 1904 yili Dalay Lama yo‘qligida regent vazifasini
bajaruvchi Ganden monastiridan Tri Rinpoche lamasi bilan uzoq muzokaralardan so‘ng,
Britaniyaning bosimi ostida ingliz-tibet savdo shartnomasi imzolandi.
Ammo Sin hukumati
shartnomani ratifikatsiya qilmadi. Mazkur shartnomaga qarshilik ko‘rsatgan Manchjur
imperiyasi shartnomaga qamrab olinmaganligi sababli 1906 yili inglizlar pora evaziga
manchjurlar bilan Xitoyning Tibet ustidan suverenitetligi tan olinadigan ikkinchi shartnomani
imzoladilar. 1910 yili inglizlar tomonidan yo‘ldan ozdirilgan Sin dinastiyasining beva
qirolichasi Sisi Dalay Lamani bu safar inglizlar nazoratidagi Hindiston (Sikxim)ga qochishga
majbur qilish uchun xitoy qo‘shinlarini Tibetga yuboradi.
Sinxay inqilobi (1911-13 yy.) davrida Xitoyda Sin sulolasi tugatilib, 1912 yil oxirida
manchjurlar dinastiyasining so‘nggi qurollangan qo‘shinlari Tibetdan quvib chiqarildi. 1913
yili Dalay Lama Sikximdan Lxasaga keldi va Tibetning mustaqilligini e'lon qildi.
Uning
boshqaruvi yillarida Tibet bayrog‘i (hozirgi ko‘rinishda) standartlashtirildi, elektr va telegraf
tarmoqlari paydo bo‘ldi, tibet markalari va puli joriy qilindi. 13-Dalay-lama Pekin bilan butkul
118
aloqani uzganligini e'lon qildi. 1933 yili Dalay Lama vafot etdi, Reting monastiri regentiga
mamlakat ishlarini qoldirdi. Hozirgi 14-Dalay Lama (Tenszin Gyaso) Amdo provinsiyasida
joylashgan Pari Takser qishlog‘idan topilgan. 1940 yili 22 fevralda to‘rt
yarim yoshida
Tibetning poytaxti Lxasa shahrida taxtga o‘tirdi.
1930-yillar o‘rtalarigacha Tibet-Xitoy chegarasidagi keskinlik davom etdi. O‘sha
vaqtdan gomindanchilar bilan Tibet o‘rtasidagi munosabat birmuncha yaxshilandi. Biroq Tibet
inglizlar ta'sirida edi. 2-jahon urushidan so‘ng AQSh Tibetga o‘z ta'sirini o‘tkaza boshladi. Xalq
inqilobi g‘alabasi arafasida Tibet ma'murlari gomindanchilar hukumati bilan barcha aloqani
uzdi, 1949 yil 4 noyabrda hukumat, monastir vakillaridan tuzilgan Buyuk majlisda Tibetni
rasmiy ravishda mustaqil deb e'lon qildi. XXR hukumati 1950 yili 20 yanvarda Tibet masalasi
bo‘yicha bayonot e'lon qildi, unga ko‘ra, Lxasa muzokaralar uchun o‘z
vakillarini Pekinga
jo‘natishi ko‘zda tutilgan.
1950 yili oktyabrda Xitoy qo‘shinlari Tibetning markaziy rayonlariga qarab yurish
boshladi. Tibet hukumati Xitoy taklifini qabul etib, 1951 yili 23 mayda Xitoy xalq hukumati
bilan «Tibetni tinch yo‘l bilan ozod etish masalalari to‘g‘risida shartnoma» imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, Tibetga Xitoy tarkibidagi milliy muxtoriyat huquqi berilishi ko‘zda tutildi.
1950-yillarning 2-yarmida vaziyat keskinlashdi. Lxasada 1959 yil martda isyon ko‘tarildi,
oqibatda 14-Dalay-lama Hindistonga o‘tib ketdi. 1965 yilda Tibet muxtor rayoni tuzildi. Xuddi
shu davrdan boshlab to shu bugungi kungacha Tibet-Xitoy munosabatlarida Tibetga mustaqillik
berish masalasi nizoli bo‘lib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: