6
-MAVZU
6
-MAVZU
6
-MAVZU
The volleyball drill book//125 technical and tactical drills/American volleyball coaches
association.2012.-239s (
Rasm 70, 159 be
)
O‘YIN MASHG‘ULOTI
.
O‘yin mashg‘uloti musobaqa tayyorgarligining asosiy integrallashtirilgan komponenti
sifatida xizmat qiladi. Ushbu jarayonda muvofiq o‘yin bog‘lamlarida ishtirok etuvchi
o‘yinchilar bilan guruhli va jamoali harakatlar mashqlantiriladi.
O‘yin mashg‘ulotining maqsadi mashg‘ulot mazmunini bo‘ajak raqibning o‘yin
taktikasi xususiyatiga mos tartibda modellashtirilgan holda guruhli va jamoali harakatlarni
takomillashtirishga qaratiladi.
Xujum samaradorligi o‘yinchilarning nafaqat individual texni va taktik tayyorgarligi
bilan ilanadi, balki butun jamoaning jipsligi va hamjixatligiga asoslanadi.
Agar xujum oldingi chiziq o‘yinchisining ikkinchi to‘p uzatishidan uyushtiriladigan
bo‘lsa, unda dastlabki joylashish va xujumni tashkil qilish varianti to‘p xujum zarbasiga
qaysi zonadan uzatilishi orqali aniqlanadi. Agar o‘yin (xujum) birinchi to‘p uzatishdan yoki
qisqa to‘p irg‘itish (otkidka) orqali tashkil qilinadigan bo‘lsa, unda xujum varianti xujum
zarbasiga uzatiladigan birinchi to‘pning yo‘nalishiga qarab aniqlanadi. Ta’kidlash joizki,
o‘yinni bunday usulda olib borish kamdan-kam qo‘llaniladi yoki qulay holatlarda-ya’ni to‘p
raqib tomonidan sekin o‘tganda yoki raqib oddiy-sekin to‘p kiritganda qo‘llanilishi mumkin.
Orqa chiziq o‘yinchisi oldingi zonaga chiqib, ikkinchi to‘p uzatish o‘yin tizimi
qo‘llanganda, maydonda dastlabki joylashish va xujumni uyushtirish varianti bog‘lovchi
o‘yinchi qaysi zonaga chiqishi va unga qaysi zonadan ikkinchi to‘pni uzatishi uchun to‘p
Do'stlaringiz bilan baham: |