“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
204
AYOLLAR SPORTINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF QILISH
YO’LLARI
Munirov N.A.,
o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti. Buxoro sh.
So’nggi yillar davomida mamlakatimizda ustuvor sport turlaridan voleybol, gimnastika turlari sekin-asta
xalqaro sport maydonlariga kirib bormoqda. Ayollar sportini rivojlantirish eng muhim masalalardan biri bo’lib
turibdi. Ayollarga e’tibo kamligidan sharoitlarning yo’qligidan ayollar sport bilan kam shug’ullanayaptilar.
Sharoit talabga javob bermasligi o’zbek qizlarimizning uy-ro’zg’or ishlari bilan mashg’ul bo’lib qolganliklari
sababli sportdan chetlashib ketganliklari yaqqol ko’rinib turibdi. Mustaqil O’zbekistonimizning rivojlanishida
ayollarham o’zhissalarini qo’shadi degan niyatdamiz. Ko’plab sport zallari, suzish havzasi, trenajyor zallari
qurilsa va o’zlarining ixtiyorlariga topshirilsa, ulardashug’ullanish imkoniyati ko’payadi. Prezidentimiz har-bir
kishi o’zining salomatligi haqida shaxsan g’amxo’rlik qilib borishi madaniyatini yoshlikdan oila, maktab,
mahalla, sog’liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko’magida singdirish kerak deb bejiz
aytmagan. Shundagina, yurtboshimizning “Sog’lom, bilimli va fidoyi farzandlari bo’lgan xalq albatta o’zining
kelajagini barpo etadi”, degan fikri o’z amaliy ifodasini topishi muqarrar.
Yanabir muammo: bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasi o’zining keng qamrovli, global
funktsional imkoniyatlari bilan xalqimiz ehtiyojini to’la-to’kis qondirayapdi deb bo’lmaydi. Jumladan, ona-
bola, uybekalari turli kasb egalari homilador ayollar, bo’lajak ona, keksalar, jismoniy zaif bemor hamda
nogironlarga moslashtirilgan jismoniy tarbiya tiziminii lmiy asos shakllantirish va shu yo’nalishda ishlovchi
kadrlar tayyorlash masalalariham hamon kun tartibidan joy olgan.
Jismoniy tarbiya va sportga doir direktiv hujjatlar tub mazmunida jismoniy tarbiya tizimining
bo’g’inlari, aholini barcha qatlamlarini ommaviy jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishga jalb etish, iqtidorli
yoshlarni sportga hamda anashu vositalar orqali millat kelajagini yanada sog’lomlashtirishdek mas’uliyatli
vazifa ularning mazmunini tashkil etadi. Masalaning yana bir muhim tomonlaridan biri jismoniy tarbiya va
sport yoshlar ma’naviyatin itarbiyalashning samarali vositasi ekanligi ham direktiv hujjat materiallarida
ifodalangan. Ushbu o’rinda prezidentimizning bolalar sportini rivojlantirish homiylik kengash yig’ilishlarining
birida “jismoniy tarbiya va sportazal-azaldan jismoniy barkamollik, ma’naviyetuklik, ruhan
sog’lomlikomilibo’libkelgan. Bolalarni sportga jalbetmayturib, sog’lommillat, sog’lomdavlat, sog’lom jamiyat
haqida gapirish qiyin” deganso’zlarni keltirishni o’rinli deb bildik.
Jismoniy tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari uchun qabul qilingan davlat ta’lim standartlari jumladan,
oliy o’quv yurti talabalari dasturda bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya inson organizmini rivojlanishi,
sog’liqni saqlash va mustahkamlash ruhiy jismoniy rivojlantirishni takomillashtirishdagi xizmatlari uqtirish,
kasbiyfaoliyatida ruhiy jismoniy uslublarni qo’llashga doir nazariy bilim, amaliy ko’nikmalarga ega
bo’lishlariga doir talablar qo’yilgan. Oliy o’quv yurti talabalarini ayniqsa, qizlarni kundalik turmush tarziga
jismoniy tarbiya va sportni singdirishni o’ta dolzarb uzluksiz davom ettirish kerak bo’lgan masaladir.
Pedagogika institutlarida uni to’g’ri yo’lga qo’yish respublikamizni shahar, qishloq umumta’lim maktablarida
xotin-qizlar uchun jismoniy tarbiya targ’ibotchilarini tayyorlash demakdir.
Mazkur masalani ijobiy samarali hal etish yo’lida tadqiqo timizga qo’yidagi vazifalarni qo’ydik:
1.
1-kursga qabul qilingan qizlar ularni ota-onalarini jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan
munosabatlarini aniqlash.
2.
Ularning jismoniy tayyorgarliklarini “Alpomish” va “Barchinoy” test me’yorlari asosida o’rganish.
3.
Pedagogik tadqiqot olibboriladigan jismoniy tayyorgarliklarni o’qish davomidagi o’zgarish
dinamikasini matematik –statistika metodi orqalihi soblab chiqish.
Talaba-qizlarni ommaviy jismoniy tarbiyaga jalb etishda ularni nazariy tayyorgarliklari, o’zlari qiziqqan
sport turidan orttirgan ko’nikma malakalarini hisobga olish, darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish vaqtini
qizlar sharoitiga moslash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: