“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
202
hisoblanadi. Suv sog`likning eng asosiy yo`ldoshi hamdir. Suvning qadim zamonlardan turli xil dardlarga davo
ekanligi ma`lum.
Suvning issiqlik yutish hajmi havoga qaraganda 28 barobar ko`p bo`lib, suvning ta`sir etish natijasi
inson uchun juda yuqori. Suv harorati 13°Cda organizmga u ancha sovuqdek seziladi. Shunday bir xil
haroratda, organizm havoga nisbatan suvda 30 barobar yuqori issiqlik yo`qotadi
va shu sababli suv
organizmning tabiiy chiniqtirish vositasi hisoblanadi.
Qadim zamonlardanoq organizmlarni chiniqtirish bo`yicha turli xil ma`lumotlar saqlanib qolgan.
Jumladan, qadimgi Mirda organizmni kasalliklarga qarshi chiniqtirish maqsadida toza havo va suvdan va suvli
muolajalardan foydalanilgan. Qadimgi antik tabobat vakili Gippokrat odamlarni sog`lomlashtirish maqsadida
badanni ho`llab artish, yuvish, sovuq suvli vannalarga tushirish uslubidan keng foydalanganlar. Uning bu
g`oyalarini Abu Ali ibn Sino ham qo`llab quvvatlagan.
Havoga nisbatan suv sportchi organizmiga kuchli mexanik ta`sir ko`rsatadi. Bu unda erigan mineral
tuzlar, gazlar, suyuqliklar hisobiga kuchayadi. Agar suvga 2-3 qoshiq osh tuzi yoki uksus qo`shilsa ta`siri
yanada kuchayadi. Suvning haroratini ko`tarish orqali ta`sir kuchini oshirish mumkin.
Suvli muolajalarda
harorat 40°C dan 20°C va undan past bo`lishi mumkin. Sportchi organizmini chiniqtirishda suvning haroratiga
organizmning chiniqqanlik darajasiga katta ahamiyat qaratish kerak.
Suvli muolajalarning dush, vanna, hovuzda cho`milish va shu kabi bir necha turlari mavjud. Sportchi
suv muolajalarini boshlashida havo harorati 17-20°Cdan kam bo`lmasligi kerak va havo harorati sekin astalik
bilan pasytirib borilishi kerak. Sportchilarga suv muolajalarini ertabki badan tarbiyadan keyin boshlash tavsiya
qilinadi.
Organizmni faollashtirib, kayfiyatni yaxshilaydi, lekin kechqurungi uyqudan oldingi muolajalardan
keyin uyqusizlik va nerv sistemasi qo`zg`aluvchanligini ortishi kuzatilgan.
Yoz va kuzning boshlanish vaqtlarida muolaja olib borish yaxshi natijalar beradi.
Muolajaning
boshlang`ich davrida harorat 33-34°C atrofida bo`lishi kerak. Keyinchalik har 3-4 kunda suv harorati 1°Cga
tushirib boriladi. 2 oy ichida harorat 18-20°C gacha tushiriladi. Agar sportchi organizmi o`zini yaxshi sezsa,
salqinlik sezmasa suv haroratini yana pasaytirish mumkin.
Chiniqtirishning dastlabki bosqichi ho`l sochiq bilan sportchi tanasini artishdan boshlanadi. Bunday
muolajada bir necha kun davomida tana ho`llangan sochiq yoki gubka, hatto qo`l bilan artiladi. Oldin belgacha
keyin esa tananing hammasi qismi artiladi. Doimo terini artishda ma`lum darajadagi ketma-ketlikni saqlash
zarur. Oldin bosh, bo`yin, qo`llar, ko`krak qafasi, orqa artiladi. Artish xuddi massaj qilgandek (uqalagandek)
daqiqa davom ettiriladi.
Ustidan suv quyib chiniqtirishda
past haroratli suv, kichik bosim bilan tana ustidan oqiziladi, suv
tananing hamma yuzasini qoplab oladi. Bosim bilan oqayotgan suv terining tarangligini kuchaytiradi. Sportchi
ustidan suv quyishdan oldin berk xonada (havo harorati 18-29°C) keyinchalik havo harorati 15°C gacha
tushiriladi. Yoz mavsumida bunday muolaja ochiq havoda amalga oshiriladi.
Chiniqtirish kuz oylarining
oxirigacha davom etadi.
Dush, bu – sportchi organizmi uchun o`ta kuchli suv muolajasidir. Dush yordamida suv kuch bilan
tanaga urilib, teridagi nerv tolalarini qitiqlaydi va sportchi organizmida umumiy reaksiyalarni chaqiradi.
Suvning harorati boshida 30 – 35°C bo`lib, 1 daqiqa davom etishi lozim. Keyinchalik suv harorati tushirilib,
muolaja vaqti 2 daqiqaga oshiriladi. Dush olib bo`lgach, sochiq bilan tana qattiqroq, qizarguncha artiladi.
Muolaja natijasida sportchining kayfiyati va modda almashinish jarayonlari yaxshilanadi.
Suv muolajalari sportchi quvvatini tiklabgina qolmay, balki uning sport bilan shug`ullanish qobiliyatini
ham oshirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: