Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
126 
O’QUVCHI - QIZLAR SPORTIDA UZLUKSIZ TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI 
Kurbanov K.X., katta o’qituvchi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro sh. 
Mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportga bo’lgan e’tibor davlat darajasiga ko’tarilishi kundalik 
hayotimizda o’z-o’rnini topmoqda. 
2014-yilni “Sog’lom bola yili” deb e’lon qilinishi va uning dasturida keng qamrovli ishlarni 
rejalashtirilganligi jamiyatda insonlar salomatligi va kamoliga e’tiborning bir namunasidir.
Sportchilar barkamol avlod tarkibidagi nufuzli shaxslar desa mubolag’a bo’lmaydi. Chunki ular ichida 
Respublika shuhratini olamga keng tarqatayotgan yosh sportchi bolalardan va jahon hamda olimpiya 
o’yinlarining ishtirokchilari, hatto sovrindorlari ham kam emas. 
Qiz bolalar sporti qamrovi keng bo’lgan ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida bir qator muhim 
muammolar bilan chambarchas bog’liqdir. 
Shu sababdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoni asosida (24.10.02) Respublika 
hukumatining “O’zbekiston Bolalar sporti jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” (30.10.02) qaror 
qabul qildi. Bu qarorning amalga oshirilishi yuzasidan Prezident I.A.Karimov har yili nazarot va tekshirish 
ishlarini o’z zimmasiga olganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qiz bolalar sporti negizi va tub ma’nosida keng qirrali ijtimoiy-pedagogik texnologiyalar mavjuddir. 
Ularning asosiy yo’nalishlarini quyidagicha ifoda etish mumkin, ya’ni: 
1. Jismoniy barkamollikka erishishda salomatlikni yaxshilash, jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash va 
sportga havasni uyg’otish; 
2. Iqtidorli qiz bolalarni tanlash va sinov-tajribalar asosida ularni sportga jalb etish. 
3. Qiz bolalarning xohishi va murabbiyning taklifi asosida tanlangan sporti bilan astoydil 
shug’ullantirish. 
4. Vatan, el-yurt oldidagi burch va vazifalarni sezish, ularga amal qilish his-tuyg’ulari hamda amaliy 
faoliyatlarni tarbiyalash. 
5. Ijobiy jihatdan shaxsiy xususiyatlarni o’stirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy madaniyatga yo’naltirish; 
6. Shaxsiy va jamoa (komanda) shuhratini oshirish yo’lida ijodkorlik va tashabbuskorlik bilan maqsadli 
mehnat (mashq-trenirovka) qilishga odatlanish; 
7. Respublika va Xalqaro sport musobaqalarida g’oliblikka erishish yo’llarida tartib-qoida va qonunlar 
doirasida ish tutish, o’zboshimchalik, manmanlikka yo’l qo’ymaslik; 
Shu sababdan ham qiz bolalar sportini tashkil qilish, sportchilar tayyorlash jarayonida quyidagi asosiy 
faoliyatlarga e’tiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir, ya’ni: 
- har bir kasb-hunar mazmunida samarali natijalarga erishish bilan bir qatorda uning vorislarini 
(davomchilar) tarbiyalash muhim o’rin egallaydi. 
Qiz bolalar sporti, umuman sport olamida yuqori malaka va mahoratga erishish asosiy maqsad qilib 
qo’yiladi. Shu bilan birga murabbiylik faoliyatlar sportchilarga singib boradi.
Pedagogik kuzatishlar, sportchi yoshlar, o’qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar bilan o’tkazilgan 
suhbatlar, savol-javoblar (anketa), ayniqsa “Umid nihollari” final sport musobaqalariga tayyorgarlik, ularni 
o’tkazish natijalariga asosan ba’zi bir fikr-mulohazalarni bayon etish mumkin bo’ladi. 
1.
Bolalar va o’smirlar sport maktablarida (BO’SM) shug’ullanganligi uchun sportga astoydil 
qiziqadi (70-80%). 
2.
Yaxshi natijalarga erishish va g’olib chiqish uchun sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok 
etadi (65-70%) 
3.
O’qituvchi va murabbiylarning da’vati tufayli maktab va tuman sport musobaqalarida qatnashadi 
(60-65%) 
4.
Boks, kurash, futbol, sharqona yakka kurashlar va boshqa sport turlari bo’yicha taniqli 
sportchilarga o’xshash sportchi bo’lishga intiladi (45-50%). 
5.
O’zining o’qituvchisi va murabbiyiga o’xshash mutaxassis, kasb egasi bo’lishni istaydi (35-40%). 
6.
Pedagogika, sport kollejlarida ta’lim olishga qiziqadi va tayyorgarlik ko’radi (25-30%). 
7.
Kollejlarni a’lo diplom bilan tugatib, oliy ma’lumot olishga intiladi (20-25%). 
8.
Oliy darajadagi kasb-hunar (sport) egasi bo’lsa BO’SMda murabbiy (10-15%), ta’lim 
muassasalarida o’qituvchi (20-25%), sport tashkilotlarida rahbar (5-10%) bo’lish istaklari yo’q emas. 
9.
Maktablarda jihozlar, kerakli asbob-uskunalar yetishmaydi (50-60%). 
10.
Jismoniy madaniyat o’qituvchilari darslarni qiziqarli (futbol, basketbol mustasno) ravishda 
o’tkazmaydi (60-70%). 
11.
Gimnastika, harakatli o’yinlar, suzish, kurash, badiiy gimnastika va boshqa turlar bo’yicha darslar 
tashkil etilmaydi, sayohatlar (turizm) o’tkazilmaydi (55-60%) 



Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish