“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР”
124
o'yinlarning eng asosiy mazmuni o'ynovchilarning harakatlanishi va turli-tuman harakati hisoblanadi. Uni
to'g'ri boshqarib borilganda o`quvchilar organizmni boshqa sistemalari va nafas olish, mushak, yurak-qon
tomirlariga samarali ta'sir ko'rsatadi. Harakatli o'yinlar funksional faoliyatini oshiradi, tanadagi har xil yirik va
mayda mushaklarga xilma-xil dinamik ishlarni jalb qiladi, bo'g'inlardagi harakatchanlikni oshiradi. O'yinda
qo'llaniladigan jismoniy mashqlar ta'siri ostida moddalar almashuvi har tomonlama faollashadi. Mushak ishi
ichki sekretsiya bezlarining vazifalarini kuchaytiradi. Shug'ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va yosh
xususiyatlarini hisobga olish bilan faqatgina mashg'ulot to'g'ri tashkil qilingandagina, harakatli o'yinlar yordam
beradigan gigiyenik va sog'lomlashtirish ahamiyatiga ega bo'lishi mumkin. Harakatli o'yinlarda yuklamani
aniq taqsimlash imkoniyati chegaralangan, chunki har bir o'yin qatnashchisining tayyorgarligini oldindan bilish
imkoniyati yo'q. O'yinda doimiy ravishda o'zgarib turuvchi holat, yuqori jo'shqinlikdagi o'zaro harakatning
ayrim o'yin qatnashchilaridan mashqning mazmuni dasturga kiritilmasa, yuklamaning o'lchami hamda
yo'nalishini aniq tartibga solishga imkon bermaydi. Shug'ullanuvchilarning asab sistemasiga o'yin samarali
ta'sir ko'rsatib borishida, optimal yuklama berish yo'li orqali erishiladi, shuningdek o'yin shunday tashkil
qilinishi o'ynovchilarda ijobiy, ruhiy kechinmalarni keltirib chiqaradi o'yinni yomon tashkil qilinishi, salbiy
ruhiy kechinmalarga olib keladi, asab jarayonlarining normal ishlashi buziladi, stresslar (qattiq hayajonlanish)
paydo bo'ladi, bu esa salomatlikka zarar yetkazadi. O’yin faoliyati bolani quvontiradi, harakatli o’yin
favqulotda hursandchilikning xilma-xil vaziyatlari ayniqsa ijobiy hislar uyg`otishda xizmat qiladi. Ulkan
tarbiyaviy kuch ana shu quvonchli emotsiyalar manbaidadir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun
o’yin katta ahamiyatga ega, o’yin ular uchun mehnat, o’yin ular uchun tarbiyaning muhim omillaridan biridir.
Harakatli o’yinlar rolining muhimliligi ular tuzilishi, mazmunini sinchiklab, taxlil qilish va shunga muvofiq
turli yoshdagi bolalar uchun tanlashni talab etadi. Har qanday o’yin xoh u ijodiy, didaktik, musiqali,
shuningdek, harakatli bo’lmasin bolalarning atrof-muhitini bilishida o’ziga xos vosita hisoblanadi. Yuqоridagi
fikrlarga хulоsa qilgan hоlda; Bolalar tarbiyasini xalq milliy o’yinlari bilan hamohanglikda olib borish, o’sib
kelayotgan yosh avlodni nafaqat jismoniy chaqqonlik, tezkorlik sifatlarini, milliy o’yinlarimiz,
qadriyatlarimizni shakillanishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |