Mavzu: futbolda darvozabonning texnik


VI. Ximoyadagi o‘yinchilar vazifasi



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana19.02.2022
Hajmi1,05 Mb.
#459065
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
FUTBOLDA DARVOZABONNING TEXNIK TAYYORGARLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

VI. Ximoyadagi o‘yinchilar vazifasi 
Markaziy himoyachilar 
Markaziy himoyachilardan ayni paytda raqibini qo‘riqlamayotganigina atakaga qo‘shilishi 
mumkin. Bunda uni sheriklaridan biri (yaxshisi — o‘rta qator o‘yinchilaridan biri) straxovka qiladi 
— bu markazda mudofaa mustahkamligi buzilmasligini ta’minlaydi.Markaziy himoyachi hujumda 
mohirlik bilan o‘ynay oladigan va uzoq masofadan yaxshi zarba bera oladigan bo‘lgandagina uning
 
atakaga qo‘shilishi samarali bo‘ladi. Hujumga o‘tgan markaziy himoyachini odatda hech kim 
qo‘riqlamagani uchun u rakib darvozasi to‘g‘risidan bostirib boraverishi kerak. Shuning uchun ham 
markaziy himoyachining atakaga qo‘shilishi hamma vaqt begona darvozani real xavf ostida 
qoldiradi. 
O‘rta qator o‘yinchilari 
Hozirgi futbolda o‘rta qator o‘yinchilarining harakatlariga ko‘p jihatdan jamoaning 
muvaffaqiyat qozonishiga aloqador omillardan biri, deb qaraladi. Bu ixtisosdagi futbolchilar butun 
match davomida yuksak ishchanlikni ta’minlaydigan a’lo darajada har tomonlama tayyorgarlik 
ko‘rgan bo‘lishlari kerak. Ular hujum va mudofaa harakatlarida faol bo‘lishlari, o‘yinni yuksak 
sur’atli o‘tkazishlari va birdam ham susaytirmasliklari darkor. Taktik tayyorlik yuzasidan, jamoa 
bo‘lib o‘ynash vositalari va metodlarini tanlashda epchil va ixtirochi bo‘lish yuzasidan o‘rta qator 


34 
o‘yinchilari oldiga oshirilgan talablar qo‘yilmoqda. Ular hujumda ham, himoyada ham hamma 
sheriklarining hamkorligini uyushtirib turadilar. O‘rta qator o‘yinchilari mudofaada ham, hujumda 
ham bir xilda-yaxshi o‘ynashlari, butun jamoa o‘yinini tashkil eta bilishlari kerak. Ularning 
harakatlari yuksak darajadagi ijrochilik mahoratira asoslangan va doimo mustahkam, yaxshi 
bo‘lishi lozim. Ular nihoyatda xilma-xil uzatishlardan, aylanib o‘tish va hokazolardan 
foydalanadilar. Odatda o‘rta qatordagi yuksak mahoratli o‘yinchilar juda qattiq, a’lo darajada, zarba 
bera oladigan bo‘lishi kerak. 
H u j u m d a o‘rta qator o‘yinchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar: 
a) mudofaadan hujumga o‘tishni tashkil etish va hujum rivojini davom ettirish; 
b) maydon o‘rtasini nazorat qilish va jamoa uzok vaqt to‘nni boshqarib turishini, binobarin, 
tashabbusni qo‘ldan bermay turishini ta’minlash; 
v) hujumni yakunlashda qatnashish; 
g) ham yaqinda turgan, ham uzoqdagi sheriklar bilan hamkorlik qilish; 
d) hujum rivojlanishida to‘pni qanotdan tez oshirish va bo‘shagan zonaga tez ochilib chiqish 
yordamida tasodifiylikni yuzaga keltirish. 
Mudofaada o‘rta qator o‘yinchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar: 
a) maydonning butun bo‘yi va eni bo‘ylab to‘g‘ri taqsimlanib turish, joylashish hisobiga 
raqibning javob atakasi tez rivoj topishiga to‘sqinlik qilish; 
b) o‘zi turgan zonadagi eng yaqin raqib o‘yinchisini yoki shaxsan birkitib qo‘yilgan raqibni 
kuzatib borish; 
v) to‘p uzatilishi va darvozaga to‘p tepilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
g) sheriklarni straxovka qilish va ular bilan hamkorlik qilish:
Jamoaning o‘rta qatori ko‘pincha turli taktik rejada harakat qiluvchi futbolchilardan tuzilib, 
yarim hujumchi, dispetcher va yarim himoyachidan iborat bo‘ladi. 
Yarim hujumchi
 
asosan hujum qiluvchi o‘yinchi vazifasini bajaradi. Goho u hujumning 
boshida harakat qiladi va harakatni faol 
yakunlayt.Dispetcher
 
hujumda gurux va jamoa harakatlarini 
uyushtiradi Hamda ularni ikkinchi eshelondagi harakatlar bilan birga qo‘shib olib boradi. 
Yarim 
himoyachi 
birinchi galda o‘z darvozasi mudofaasini tashkil etishga yordam berib, ba’zi-ba’zidagina 
jamoasining hujum qatorlariga yorib kirib boradi. O‘rta qatorni tuzayotganda o‘yinchilar bir-birini 
to‘ldirib, umuman shu o‘yin ixtisosi uchun nazarda tutilgan vazifalarning hammasini bajarilishini 
to‘liq va ishonchli ta’minlaydigan qilib tanlanadi. Biroq yarim himoyachilar o‘yin taktikasi 
rivojlanishidagi asosiy tendenstiya ular jamoaning yakunlovchi hujum harakatlarida bevosita 
ishtirok etishlaridan iborat, 
Hujumga moyil bo‘lgan o‘yinchi (uni yarim hujumchi desa ham bo‘ladi) oldingi marraga 
o‘tadi va zarba berish joyiga chiqish
 
imkoniyatini oladi, chunki uning manevri maydonning 


35 
ichkarisidan yuqori tezlikda boshlanadida, uni qo‘riqlashni nihoyatda qiyinlashtirib yuboradi. O‘rta 
qator o‘yinchilari hujumning oldingi safiga muntazam ravishda qo‘shilib turadilar. Bunda
 
ular 
raqibini chalkashtirib yuborish maqsadida manevrlari yo‘nalishini o‘zgartirib turishga harakat 
qiladilar. Bu esa jamoadagi sheriklari o‘rta qator o‘yinchisining yaxshi ko‘rgan harakat zonalarini 
yaxshi bilishlari va u qulay joyga chiqqani zahoti unga darhol to‘p oshirib berishlari kerak degan 
so‘z. Bunday futbolchi raqiblardan kimgadir yoki konkret zonaga bevosita javobgar bo‘lmasa ham, 
hujum bo‘g‘ilib qolgan paytlarda mudofaada ishtirok etish kerak. Bunday hollarda u vaziyatga 
qarab ish tutadi.Asosiy vazifasi jamoaning hujum harakatlarini uyushtirishdan iborat bo‘lgan 
o‘yinchini dispetcher deb atashadi. To‘p jamoaga o‘tgani zahoti dispetcher maydon o‘rtasidagi 
uchastkalaridan biriga ochilib chiqadi. To‘pni olganidan keyin u darhol hujumni qanday usulda (tez 
yoki tadrijiy) uyushtirish haqida karorga keladi. U hujumni boshlab, o‘zi odatda ikkinchi eshelonda 
xarakat qiladi va epizodik tarzdagina hujumning old qismiga yorib chiqib turadi. Hujumni 
muvaffaqiyatli yakunlash uchun dispetcher qattiq va yaxshigina tepa oladigan bo‘lishi kerak, 
chunki u ko‘pincha 18—25 m masofadan tup tepishi kerak bo‘ladi. Asosiy vazifasi mudofaa 
harakatlarida qatnashishdan iborat bo‘lgan (ko‘pincha ma’lum raqib o‘yinchisiga o‘yin bermaslik 
— uni neytrallashdek shaxsiy vazifasi bo‘ladigan) maydon o‘rtasi o‘yinchisining atakada ishtirok 
etishi odatda ikkinchi eshelonda harakat qilish bilan cheklanadi. Bu hujumning oldingi saflariga 
o‘tish uning uchun mumkin emas degan ma’noni anglatmaydi, albatta. O‘yin sharoiti tavsiya etgan 
ayrim epizodlarda bunday uyinchi hujumning oldingi marrasida to‘satdan paydo bo‘lishi va 
yakunlovchi zarba berish uchun to‘p olishi mumkin. Maydon o‘rtasi o‘yinchilarining umumiy 
vazifalari to‘p jamoada bo‘lganida tashabbusni uzoq vaqt saqlab turishga yordamlashish, maydon 
o‘rtasini nazorat qilish, hujum oldingi qatorlariga qo‘shilish, ya’ni tadrijiy hujum qilayotganda ko‘p 
o‘yinchilarni qatnashtirib eshelonlarga (tabaqalangan) hujum uyushtirishni yoki tez hujum 
qilayotganda o‘yinni keskinlashtiradigan qilib to‘p uzatib berishni ta’minlashdan iborat. Hujumni 
jamoa bo‘lib uyushtirish birinchi galda jamoa o‘rta qatorining turli ixtisosdagi o‘yinchilarya 
qanchalik to‘g‘ri tanlangani va ularning mahoratiga bog‘liq. 
Qanot hujumchilari 
Qanotdagi harakatlar yo to‘pni bbshqarayotgan qanot himoyachisi yoki maydon o‘rtasi 
o‘yinchisi bilan hamkorlik qilish uchun orqaga qaytib, yoki olg‘a tomon faol ilgarilab (sherigining 
himoyachilar ortidagi bo‘sh joyga uzoqdan to‘p uzatib berishiga sharoit yaratish maqsadida 
«o‘yindan chiqqan» holat chegarasiga yaqin borib) bajarilishi mumkin. Maydonning eni bo‘ylab 
harakatlanishlar to‘pni boshqarayotgan maydon o‘rtasi o‘yinchisi bilan hamkorlik qilish uchun 
orqaga qaytish bilan yoki hujumning oldingi marrasiga tez ilgarilab chiqish bilan birga qo‘shib 
bajarilishi mumkin. Qanot hujumchisi to‘p olgandan keyin o‘zini yakka yoki sherigi bilan 
birgalikda qo‘riqlayotgan o‘yinchidan o‘tib ketishga qariyib raqib darvozasi chizig‘igacha etib 


36 
borish va to‘pni jarima maydonidagi sheriklariga g‘izillatib yoki uzatib berishga harakat qiladi. 
Sheriklaridan birontasi to‘p olish uchun ochiq turgan bo‘lsa yoki hujumchilar himoyachilarga qarshi 
havoda muvaffaqiyat bilan kurashayotgan bo‘lsa, bunday hollarda to‘pni yuqorilatib uzatgan 
samaralidir. G‘izillatib uzatishlar esa hamma hollarda ham maqsadga muvofiqdir. Bunda g‘izillab 
kelayotgan o‘nga hujumchilardan birontasi chiqib kelishi mumkin bo‘lgan uchungina emas, balki 
vaqt nihoyatda ziq sharoitda qolganidan, buning ustiga goho o‘z vazifasini ko‘ngildagiday 
bajarolmay koladigan himoyachilarning oyog‘idan «rikoshet» bo‘lishi mumkinligidan ham 
mudofaadagilarning harakati murakkablashib ketadi. Bunday holda qarshi tomon qanot 
hujumchisi darvozaning uzoqdagi ustuni yaqinigacha etib boradi. 
Qanot hujumchisi raqib himoyachilari orasini maksimal darajada uzaytirib ketish uchun yon 
chizig‘iga yaqin joyda o‘ynaydi. Markaziy hujumchi yon chiziq yaqiniga o‘tib, maydon markazi 
bo‘shab qolgan hollarda esa qanot hujumchisi bo‘shab qolgan zonaga katta tezlikda yorib kiradi. 
Ayrim o‘yin epizodlarida qanot hujumchilari o‘rin almashadilar. Maydonning eni bo‘ylab bunday 
manevr qilish mudofaa uyushtirishni qiyinlashtiradi va qanot himoyachilarining biror xujumchi 
harakat xususiyatlariga moslashib olishiga halaqit beradi. Goh u, goh bu qanotda uzoq vaqt qolib 
ketish muvaffaqiyat qozonishga yordam bersa ham, lekin hujum rivojlanishi mobaynida o‘rin 
almashish ayniqsa samarali chiqadi. Qanot hujumchisi doimo tezkor manevr qilishga tayyor turishi 
va shuning bilan birga yakkama-yakka kurashning hamda zarba berishning xilma-xil usullarini a’lo 
darajada bilishi kerak. 

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish